Hakimov Akmaljon Mirzag‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat taraqqiyotini tadqiq etishning nazariy va amaliy muammolari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fal1684
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02
Ilmiy rahbar: Xolmirzaev Nodirjon Nizomjonovich falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Baymurzaev Azamat Dosmurzaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jamiyat taraqqiyotining nazariy asoslari, xususiyatlari, sivilizatsion taraqqiyot dinamikasi hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining sivilizatsiyaviy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat taraqqiyotini sivilizatsion yondashuv asosida o‘rganishda sifat jihatidan bir-biridan farq qiladigan madaniyat va sivilizatsiyalarning mavjud bo‘lib qolishi, ularning madaniy vorisiyligi, ijtimoiy institutlarining moslashuvchanligi, qadriyatlar tizimining barqarorligi kabi rivojlanish xususiyatlari, inson kapitali sifati, ijtimoiy birdamlik darajasi, innovatsion salohiyat va ma’naviy xavfsizlik kabi taraqqiyot mezonlari asoslab berilgan;
jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda tarixiy xotiraga tayanuvchan, madaniy xilma-xillikni qamrab oluvchi, tizimli, moslashuvchan, inson omiliga yo‘naltirilgan va barqarorlikni ta’minlovchi universal nazariyani yaratish, ma’rifat, ijtimoiy birdamlik, innovatsion tafakkur, adolat, fuqarolik faolligi va ma’naviy yuksalish tamoyillarini ishlab chiqishda sivilizatsion yondashuvning vorisiylik, inklyuzivlik, muvozanatlilik, ochiqlik va evolyusionlik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
globallashuv jarayonlarining in’ikosi sifatida jamiyat taraqqiyotiga xos makro darajadagi (universallashuv va sivilizatsiyalararo integratsiya, raqamli makonning ekspansiyasi, transmilliy ijtimoiy-iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi), mikro darajadagi (shaxsning o‘zini anglash modelining o‘zgarishi, iste’molchilik kayfiyatining tus olishi, qadriyatlar tizimining transformatsiyasi) tendensiyalarning nochiziqli rivojlanish, aksiologik ambivalentlik va ijtimoiy-madaniy asimmetriya shakllarida namoyon bo‘lish xususiyatlari ochib berilgan;
transformatsiya va raqamlashuv sharoitida O‘zbekiston taraqqiyoti inson kapitali, innovatsiya va ma’naviy barqarorlik uyg‘unligiga asoslanishi, funksional-institutsional ochiqlik va inklyuziv modernizatsiya jarayonlarining sivilizatsion ta’siri ijtimoiy taraqqiyotning yangi paradigmasini (texnologik yangilanishning milliy qadriyatlar tizimi bilan muvofiqlashuvi, inson salohiyatining ustuvor omilga aylanishi, milliy o‘zlikning saqlanishi) shakllantirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy taraqqiyotni anglash va tadqiq etishda formatsion hamda sivilizatsion yondashuvlarning metodologik asoslarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
jamiyat taraqqiyotini sivilizatsion yondashuv asosida o‘rganishda sifat jihatidan bir-biridan farq qiladigan madaniyat va sivilizatsiyalarning mavjud bo‘lib qolishi, ularning madaniy vorisiyligi, ijtimoiy institutlarining moslashuvchanligi, qadriyatlar tizimining barqarorligi kabi rivojlanish xususiyatlari, inson kapitali sifati, ijtimoiy birdamlik darajasi, innovatsion salohiyat va ma’naviy xavfsizlik kabi taraqqiyot mezonlariga oid xulosalar va takliflardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylov oldi dasturi 2.1-bandi milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni saqlash va boyitish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 8-apreldagi 02/06-33-son ma’lumotnomasi) Natijada, taraqqiyotning yangi bosqichida ilgari surilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor shiorni xalqimiz hayotidagi o‘rni ortishi hamda davlat va jamiyat boshqaruvida demokratiya tamoyillarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda tarixiy xotiraga tayanuvchan, madaniy xilma-xillikni qamrab oluvchi, tizimli, moslashuvchan, inson omiliga yo‘naltirilgan va barqarorlikni ta’minlovchi universal nazariyani yaratish, ma’rifat, ijtimoiy birdamlik, innovatsion tafakkur, adolat, fuqarolik faolligi va ma’naviy yuksalish tamoyillarini ishlab chiqishda sivilizatsion yondashuvning vorisiylik, inklyuzivlik, muvozanatlilik, ochiqlik va evolyusionlik imkoniyatlariga doir umumlashma va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 23-sentyabrdagi 04/11-19161-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi yangilanishlar jarayonida jamiyat taraqqiyotini tadqiq etishdagi muammolar va ularning asosiy omillari aniqlanib, tahlil qilingan va ijtimoiy-falsafiy jihatlariga oid nazariy ma’lumotlarning tizimlashtirishiga xizmat qilgan;
globallashuv jarayonlarining in’ikosi sifatida jamiyat taraqqiyotiga xos makro darajadagi (universallashuv va sivilizatsiyalararo integratsiya, raqamli makonning ekspansiyasi, transmilliy ijtimoiy-iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi), mikro darajadagi (shaxsning o‘zini anglash modelining o‘zgarishi, iste’molchilik kayfiyatining tus olishi, qadriyatlar tizimining transformatsiyasi) tendensiyalarning nochiziqli rivojlanish, aksiologik ambivalentlik va ijtimoiy-madaniy asimmetriya shakllarida namoyon bo‘lish xususiyatlariga oid ilmiy natijalar va takliflardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi “Farg‘ona viloyati teleradiokanali” “Xayrli kun”, “Jarayon” ko‘rsatuvlari, “Kun mavzusi” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 12-martdagi 12-03-2025-son ma’lumotnomasi) Natijada, teletomoshabinlarning turmush tarzi o‘zgarishi va madaniyatini yuksaltirishga, ularning mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishi haqidagi ilmiy tasavvur va tushunchalarining boyishiga hamda ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan;
transformatsiya va raqamlashuv sharoitida O‘zbekiston taraqqiyoti inson kapitali, innovatsiya va ma’naviy barqarorlik uyg‘unligiga asoslanishi, funksional-institutsional ochiqlik va inklyuziv modernizatsiya jarayonlarining sivilizatsion ta’siri ijtimoiy taraqqiyotning yangi paradigmasini (texnologik yangilanishning milliy qadriyatlar tizimi bilan muvofiqlashuvi, inson salohiyatining ustuvor omilga aylanishi, milliy o‘zlikning saqlanishi) shakllantirishiga oid tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan, 2024-yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar”ning 18-bandi – “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 10-apreldagi 10/247-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat taraqqiyotini ilmiy asosda tahlil qilish, g‘oyaviy mafkuraviy tahdidlarning oldini olish, zamonaviy targ‘ibot texnologiyalarini joriy etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy manba sifatida xizmat qilgan.