Doniyorov Nosirjon Abduxoliq o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “1917 – 1941-yillarda sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRda madaniyat siyosati”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2026.3.PhD/Tar.1542 
Ilmiy rahbar: Qahramon Kenjaevich Rajabov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.05/2025.27.12.Tar.05.01. 
Rasmiy opponentlar: Baxtiyor Ergashevich Ergashev, tarix fanlari doktori, professor; 
Abduvali Abdumutalibovich Yo‘ldoshev, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1917–1941-yillarda Sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRda madaniyat siyosati mohiyati va uning oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sovet hokimiyatining O‘zbekistonda madaniyat siyosati mazmuniy-vazifaviy xususiyatlariga ko‘ra uch davrga: a) nazariy asoslar yaratilishi hamda milliy taraqqiyparvarlarning jarayonda muayyan darajada ishtirok etishi bilan tavsiflanuvchi “g‘oyaviy asoslanish va moslashuv davri” (1917 – 1924/25-yillar); b) madaniy boshqaruvning markazlashuvi va ijodkorlar ustidan nazoratning kuchayishi bilan belgilanuvchi “markazlashuv va mafkuraviy qat’iylashuv bosqichi” (1926 – 1932-yillar); c) sotsialistik realizm majburiy me’yor bo‘lib, madaniyatning to‘liq targ‘ibotga yo‘naltirilishi bilan tavsiflanuvchi “idoraviy ixtisoslashuv davri” (1933 – 1940-yillar)ga bo‘linishi asoslangan;
Adabiyot va nashriyot bosh boshqarmasi hamda Bosh repertuar qo‘mitasi tomonidan to‘rt shaklda (sovet hokimiyatiga qarshi tashviqot olib borish, respublikaning harbiy va iqtisodiy sirlarini oshkor etish, yolg‘on ma’lumotlar orqali jamoatchilik fikrini qo‘zg‘atish hamda millatchilik va diniy haddan oshishni targ‘ib etishni oldini olish) amalga oshirigan senzuradan ko‘zlangan asl maqsad o‘zbek xalqining milliy ongini yuksaltirishga xizmat qiluvchi asarlarning yo‘q qilishi va o‘zlikni san’atdan siqib chiqarilishga qaratilagani dalillangan; 
sohada olib borilgan qatag‘on siyosati ikki yo‘nalishda: a) asar aybi bilan (agar yaratilgan asar mazmuni kommunizm g‘oyalariga zid deb baholansa, muallif o‘sha asar uchun qatag‘on qilingan); b) muallifning sinfiy kelib chiqishi sabab (asar davr ruhiga javob bersa-yu muallifning o‘zi davr tuzumiga sinfiy jihatdan to‘g‘ri kelmasa ham qatag‘on qilingan) amalga oshirilgan bo‘lib, u milliy ruh, milliy madaniyat ustunligini targ‘ib qiluvchi (xususan jadidchilik, milliy uyg‘onish hamda mustamlakachilikka qarshi ruhdagi qarashlarni ilgari suruvchi), sostialistik realizmdan og‘ayotgan san’at vakillariga qaratilgani aniqlangan; 
sovet hokimiyati tomonidan o‘zbek adabiy tili va imlo loyihasini belgilashda sinfiy-siyosiy qarama-qarshiliklar asos qilinib, o‘zbek tilining “qishloq tili” (jo‘qchilar) va “shahar tili” (yo‘qchilar)ga ajratilgan hamda til-imlo siyosatida ham adabiy til asosini belgilashda aholini katta qismi(2 milliondan ortiq) so‘zlashadigan qipchoq shevasi emas balki, ishchilar sinfiga xos deb qaralgan Toshkent (qarluq) shevasi mezon qilib olingani va natijada nafaqat qipochoq shevasida gaplashuvchi o‘zbeklar, balki bu shevada muloqot qiluvchi qo‘shini qardosh xalqlar bilan ham  (qozoq, qirg‘iz, boshqird) an’anaviy lisoniy yaqinlik ma’lum darajada zaiflashganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda madaniyat siyosatini mazmuniy-vazifaviy xususiyatlariga ko‘ra uchga: 1) 1917 – 1924/25-yillar – “g‘oyaviy asoslanish va moslashuv davri”; 2) 1926 – 1932-yillar – “markazlashuv va mafkuraviy qat’iylashuv bosqichi”; 3) 1933 – 1940-yillar – “idoraviy ixtisoslashuv davri”ga tasniflash to‘g‘risidagi ma’lumotlardan 2022 – 2024-yillari O‘zbekiston FA Tarix instituti tomonidan bajarilgan “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi manbalari (eng qadimgi davrlardan 1991-yilgacha) elektron “Aqlli kutubxona” platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 17-iyuldagi 3/1255-1768-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar elektron platformani ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Adabiyot va nashriyot bosh boshqarmasi va Bosh repertuar qo‘mitasi tomonidan tomonidan senzuraning to‘rtta shart (sovet hokimiyatiga qarshi tashviqot olib borish, respublikaning harbiy va iqtisodiy sirlarini oshkor etish, yolg‘on ma’lumotlar orqali jamoatchilik fikrini qo‘zg‘atish hamda millatchilik va diniy haddan oshishni targ‘ib etishni oldini olish) asosida joriy etilishi natijasida xalqning milliy ongini yuksaltirishga xizmat qiluvchi asarlarning yo‘q qilinishi va milliy o‘zlikning san’atdan siqib chiqarilishiga olib kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston FA Tarix institutida 2022 – 2024-yillarda “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi manbalari (eng qadimgi davrlardan 1991-yilgacha) elektron “Aqlli kutubxona” platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 17-iyuldagi 3/1255-1768-son ma’lumotnomasi). Aniqlangan arxiv hujjatlari mavzuning kam o‘rganilgan qismini ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Bolsheviklarning madaniyat sohasida qatag‘on siyosati ikki yo‘nalishda: agar yaratilgan asar mazmuni kommunizm g‘oyalariga qarshi bo‘lsa, muallif asar ortidan qatag‘on qilinganligi, yoki asar davr ruhiga javob bersa-yu muallif davr tuzumiga sinfiy jihatdan to‘g‘ri kelmasa ham qatag‘on qilinganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston FA Tarix institutida 2022 – 2024-yillarda “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi manbalari (eng qadimgi davrlardan 1991-yilgacha) elektron “Aqlli kutubxona” platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 17-iyuldagi 3/1255-1768-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan arxiv hujjatlari elektron platformani ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.  
Sovet hokimiyati tomonidan o‘zbek adabiy tili va imlo loyihasini belgilashda sinfiy-siyosiy qarama-qarshiliklar asos qilinib, o‘zbek tilini “qishloq tili” (jo‘qchilar) va “shahar tili” (yo‘qchilar)ga ajratilganligi, bolsheviklar mafkurasi nuqtayi nazaridan shahar ishchilar sinfini ustun va ilg‘or qatlam sifatida targ‘ib etilganligi hamda buning natijasida singarmonizm hodisasi deyarli uchramaydigan, eroniylashgan Toshkent (qarluq) shevasini adabiy tilning asosi sifatida qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Tarix bilan tanishuv” ko‘rsatuvini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 30-maydagi 15-33/384-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar mazkur davrning sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRda yuritgan til-imlo siyosatining ayrim bahsli masalalariga oydinlik kiritishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish