Paziljanova Zulfiya Sabirjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “ “Zamonaviy didaktik ta’minot vositasida nemis tili darsliklari yaratish texnologiyalarini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.DSc/Ped896
Ilmiy maslahatchi: Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.34.01
Rasmiy opponentlar:
Kadirova Munira Rasulovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yakubbaev Murodilla Marufovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yaxshiboeva Gulbahor Oybek qizi pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
II.Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy didaktik ta’minot vositalari asosida nemis tili darsliklarini yaratish texnologiyalarini takomillashtirishga doir ilmiy-nazariy xulosalar hamda amaliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
Zamonaviy didaktik ta’minot vositalari, xususan, Learning apps, Kahoot, online testlar, drag&drop, Zuordnung mashqlarini til o‘rganish jarayoniga integratsiya qilish, mavzular kontentini o‘quv moduliga muvofiqlashtirish asosida nemis tili darsliklarini yaratishning lingvodidaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
nemis tili darsliklarini ishlab chiqishda madaniyatlararo-kommunikativ yondashuv asosida taklif qilingan innovatsion model lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlari yordamida takomillashtirilgan;
talabalarda darsliklar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish lingvistik, ekstralingvistik, ijtimoiy-kommunikativ, madaniyatlararo muloqot va reflektiv komponentlarning o‘zaro ta’siriga asoslanishi ilmiy jihatdan dalillangan;
O‘zbekiston sharoitida nemis tili darsliklarini yaratishda sun’iy intellekt, jumladan, ChatGPT texnologiyasidan foydalanish tajribasining afzalliklari hamda ehtimoliy xavflari ilmiy jihatdan tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan metodik tavsiyalar takomillashtirilgan;
interaktiv texnologiyalar asosida darsliklarning yangi avlodini yaratishga xizmat qiluvchi online platformalari, nutqiy kompetensiyani takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy didaktik resurslar: Kahoot-test, learningApps, online testlar, topshiriqlar va mashqlarni darslik mavzulariga integratsiya qilish hamda madaniyatlararo va kommunikativ yondashuvga asoslangan darslik yaratish zarurati nazariy va amaliy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy didaktik ta’minot vositasida nemis tili darsliklari yaratish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quydagilarga tatbiq etilgan:
Zamonaviy didaktik ta’minot vositalari (Learning apps, Kahoot, online testlar, drag&drop, Zuordnung mashqlari)ni til o‘rganish jarayoniga integratsiya qilish, mavzular kontentini o‘quv moduliga muvofiqlashtirish asosida nemis tili darsliklarini yaratishning lingvodidaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga doir takliflaridan “Erasmus+International KA107 Credit mobility Key action 1-Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 30-yanvardagi 04/1-513-son ma’lumotnomasi) Natijada zamonaviy didaktik ta’minot vositalari til o‘rganish jarayoniga integratsiya qilinib, nemis tili darsliklarini yaratishning lingvodidaktik imkoniyatlari sezilarli darajada ortdi.
nemis tili darsliklarini ishlab chiqishda madaniyatlararo-kommunikativ yondashuv asosida taklif qilingan innovatsion model lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlari yordamida takomillashtirishga oid takliflari “Erasmus+International KA107 Credit mobility Key action 1-Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 30-yanvardagi 04/1-513-son ma’lumotnomasi) Natijada dars jarayoni interaktiv va samarali formatga o‘tdi, metodik jihatdan darsliklarning amaliy samaradorligi ortishiga erishildi.
talabalarda darsliklar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish lingvistik, ekstralingvistik, ijtimoiy-kommunikativ, madaniyatlararo muloqot va reflektiv komponentlarning o‘zaro ta’siriga asoslanishiga doir takliflaridan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” kabi dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-noyabrdagi, 05-09-1921-son ma’lumotnomasi) Natijada mazkur ssenariylarning mazmuni kengayishiga, ilmiylashishiga, xorijy til o‘qituvchilari va talabalarining zamonaviy didaktik ta’minot vositasida nemis tili darsliklari yaratilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlarida sezilarli natijalarga erishilgan.
O‘zbekiston sharoitida nemis tili darsliklarini yaratishda sun’iy intellekt (ChatGPT) texnologiyasidan foydalanish tajribasining afzalliklari hamda ehtimoliy xavflari ilmiy jihatdan tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan metodik tavsiyalar “Landeskunde” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 29-yanvardagi № 8107-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada sun’iy intellekt yordamida didaktik materiallarni avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyati taqdim etilib, ta’lim jarayoni yanada samarali tashkil qilish imkoniyati ortdi.
interaktiv texnologiyalar asosida darsliklarning yangi avlodini yaratishga xizmat qiluvchi online platformalari, nutqiy kompetensiyani takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy didaktik resurslar: Kahoot-test, learningApps, online testlar, topshiriqlar va mashqlarni darslik mavzulariga integratsiya qilish hamda madaniyatlararo va kommunikativ yondashuvga asoslangan darslik yaratish zaruratiga oid taklif va tavsiyalari “Landeskunde” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 29-yanvardagi № 8107-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning nemis tili bo‘yicha bilimlarini tizimli va interaktiv shaklda rivojlantirish imkoniyati ortdi.