Muxtoraliev Baxromjon Ilyosjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Anvar Obidjonning prozaik mahorati” 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Fil2504
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar Gofurovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Qobilova Zebo Bakirovna, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari nomzodi, professor Rahmatillo Barakaev.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari o‘zbek adabiyotida Anvar Obidjon nasriy asarlarining o‘rni, ahamiyatini, uslubidagi o‘ziga xoslikni, ta’sir manbalarini, qahramon va xarakterlar talqinidagi badiiy mahoratni yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yangi o‘zbek nasrida bolalar va katta yoshdagi kitobxonlar uchun qiziqarli bo‘lgan asarlar yaratgan Anvar Obidjonning o‘ziga xos uslubi, badiiy mahorati o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, sharq mumtoz adabiyoti, rus va g‘arb adabiyoti an’analaridan ijodiy ta’sirlanishning natijasi ekanligi ilk bor yozuvchi ijodiy laboratoriyasini o‘rganish orqali aniqlangan;
o‘zbek nasrining janr jihatdan takomillashtirish, yangi bosqichga olib chiqish, tasvirdagi hayotiylik va ta’sirchanlik, haqqoniylik va jozibadorlik ifoda uslubidagi hayot haqiqati bilan badiiy to‘qimaning, engil yumor va chuqur falsafaning uyg‘un aks ettirilishida yozuvchi biografiyasi, fikrlash tarzi, bilim darajasi, yondashuvi, asarga nom topishdan tortib, unga qahramon hamda voqelikni tanlay bilish mahoratigacha bo‘lgan jarayon bilan bog‘liqligi isbotlangan;
XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari o‘zbek nasrini Anvar Obidjon tilimizning boy imkoniyatlarini namoyon etuvchi, badiiyati yuksak, milliy ruh singgan qahramon va xarakterlarni o‘zida jamlagan roman, qissa, hikoyalar bilan boyitganligi ijodkorning o‘z uslubini topish borasidagi izlanishlari hamda mehnati natijasi ekanligi asarlari tahlili orqali dalillangan;
asar syujetidagi hayotiy hodisalar bilan fantastik, g‘ayritabiiy voqealarning uyg‘unlashib ketishi, ba’zan qahramonlar portreti, odat-qiliqlari talqinidagi g‘ayriodatiylik, ifodada kesatiq, kinoya, yumor va turli intigralardan samarali foydalanib kompozision o‘zgachalikni ta’minlash, badiiy matnga turli til qatlamlari, lug‘at boyliklarini singdirish orqali badiiy-estetik hamda jozibador bayon uslubni yuzaga chiqarish Anvar Obidjon badiiy mahoratiga xos muhim jihat ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anvar Obidjonning prozaik mahorati mavzusida olib borilgan mazkur tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek nasrining janr jihatdan takomillashtirish, yangi bosqichga olib chiqish, tasvirdagi hayotiylik va ta’sirchanlik, haqqoniylik va jozibadorlik ifoda uslubidagi hayot haqiqati bilan badiiy to‘qimaning, engil yumor va chuqur falsafaning uyg‘un aks ettirilishida yozuvchi biografiyasi, fikrlash tarzi, bilim darajasi, yondashuvi, asarga nom topishdan toki unga qahramon hamda voqelikni tanlay bilish mahoratigacha bo‘lgan jarayon bilan bog‘liqligini yoritishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda mazkur dissertatsiya ilmiy natijalari va xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 14-dekabrdagi 534/2-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan.
XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari o‘zbek nasrini Anvar Obidjon tilimizning boy imkoniyatlarini namoyon etuvchi, badiiyati yuksak, milliy ruh singgan qahramon va xarakterlarni o‘zida jamlagan roman, qissa, hikoyalar bilan boyitganligi ijodkorning o‘z uslubini topish borasidagi izlanishlari hamda mehnati natijasi ekanligi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 21-noyabrdagi 547-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishning ilmiy xulosalari loyihaning ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy ahamiyatining ortishiga xizmat qilgan.
yangi o‘zbek nasrida ham bolalar, ham katta yoshdagi kitobxonlar uchun qiziqarli bo‘lgan asarlar yaratgan Anvar Obidjonning o‘ziga xos uslubi, badiiy mahorati o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, sharq mumtoz adabiyoti, rus va g‘arb adabiyoti an’analaridan ijodiy ta’sirlanishning natijasi ekanligi ilk bor yozuvchi ijodiy laboratoriyasini o‘rganish orqali aniqlanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-2024-yillarda efirga uzatilgan “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-noyabrdagi 26-36-1050-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar asosida eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan.