Norinov Faxriyor Kurbonovich
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida talabalar naturalistik intellektini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11264
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04
Ilmiy rahbar: Yozeva Umida Lutfullaevna. pedagogika fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Chorshanbiev Zafar Esanpulatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Jo‘raev Husniddin Oltiboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida talabalarda naturalistik intellektni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini nazariy-amaliy jihatdan asoslash va ularning samaradorligini dalillashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
globallashuv sharoitida talabalar naturalistik intellektini rivojlantirishning nazariy-pedagogik poydevori tarixiy-qiyosiy tahlil asosida shakllantirilib, uning zamonaviy ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari aniqlab berilgan;
oliy ta’lim tizimida naturalistik intellektni rivojlantirishga qo‘yiladigan dolzarb talablar va rivojlanish yo‘nalishlari belgilangan, ular bilan bog‘liq pedagogik bilimlar mazmuni boyitilgan;
talabalarda naturalistik intellektni rivojlantirishning metodologik asoslari taqdim etilib, unga xos pedagogik mexanizmlar ilmiy-amaliy jihatdan dalillangan;
naturalistik intellekt rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tizimi ishlab chiqilgan, rivojlantirish metodlari tavsiflangan hamda o‘qitish jarayonining funksional modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkiblashtirilgan o‘quv materiallaridan foydalangan holda talabalar naturalistik intellektini rivojlantirish texnologisini ishlab chiqishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
globallashuv sharoitida talabalar naturalistik intellektini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rganilib, uni rivojlantirishning zamonaviy ijtimoiy-pedagogik shartlari tizimli tahlil asosida aniqlashtirilgan xulosalardan “Umumiy va tarixiy geologiya” fanidan o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbeiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi “166”-sonli buyrug‘iga buyrug‘iga muvofiq, nashr etishga ruxsat berilgan). Natijada, pedagogik ta’lim nazariyasi o‘quv materiallarini tarkiblashtirishga tizimli yondashuv tamoyillari asosida boyitilishiga xizmat qilgan;
naturalistik intellektini tarkiblashtirish mazmuni asosida an’anaviy va elektron resurslarning mobil-didaktik kontentini intensivlashtirish, shuningdek, asosiy tushunchalarni tezaurus ko‘rinishida (alfavit, hajm va mantiqiy izchillik tartibida) tizimlashtirish orqali takomillashtirilganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli "Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida pedagogik ta’limni tashkil etish jarayoni tarkiblashtirilgan o‘quv materiallaridan foydalanishga doir metodika asosida takomillashtirilishiga muvaffaq bo‘lingan;
zamonaviy sharoitda talabalarda naturalistik intellektni rivojlantirishning funksional modeli taklif etilib, mazmun blokining mexanizmlari talabalarning ilmiy tushunchalarni hayotga tadbiq etishning motivatsion, intuitiv, faoliyatli-jarayonli, konstruktiv-amaliy bosqichlarini ta’lim muhitiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan xulosalardan “Umumiy va tarixiy geologiya” fanidan o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbeiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi “166”-sonli buyrug‘iga buyrug‘iga muvofiq, nashr etishga ruxsat berilgan). Natijada, pedagogik ta’lim jarayonida talabalar naturalistik intellektini rivojlantirish jarayoni innovatsion yondashuvlar bilan boyitilishiga erishilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida naturalistik intellektni rivojlantirishning amaldagi o‘quv usullari naturalistik intellektni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va muammoni hal etishga qaratilgan disseplinar metodlarni O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli "Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida talabalar naturalistik intellektini rivojlantirish asosida pedagogik tayyorgarlik jarayoni mazmunan boyitilgan.