Ozodova Madina Hamza qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kreativ yondashuv asosida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”.  
13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang‘ich ta’lim)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4529 
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti,       PhD. 03/2025.27.12.Ped.08.04 
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qurbonova Gulnoz Negmatovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor 
Yetakchi  tashkilot. Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kreativ yondashuv asosida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kreativ yondashuv asosida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik jihatlari nutqiy va lingvistik (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubiyat) ko‘nikmalarni o‘zaro integratsiyalash hamda badiiy va axborot matnini o‘qib tushunish bilan bog‘liq o‘qish jarayoni komponentlari perseptiv va semantik asosida amalga oshirilishi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
kreativ yondashuv asosida ona tili  va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik modeli maqsadli, metodik, tashkiliy texnologik, natijadorlikni baholash mazmunida, nutqiy va lingvistik kompetensiyalar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik komponentlari matn tanlash mezonlari (matn mazmuni badiiy yoki axborot), shakli (hikoya, maqola, infografika, yoʻriqnoma va boshqalar) o‘quvchining yosh xususiyatlari inobatga olingani, matnning autentligi, shakl va mazmun jihatdan o‘zaro o‘xshash ma’lumotlarni farqlash va aloqadorlikni aniqlash malakalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minoti “Assotsiatsiyalar to‘ri”, “Nuqtayi nazaring bo‘lsin”, To‘xtamlar yordamida o‘qish”, “Qaydlar yordamida o‘qish”, “Kalit so‘zlar”, “Hikoyani tartibga keltiring”, “Blum kubigi”, “G‘oyalar va ijodiy fikrlar savatchasi”, “To‘g‘ri va noto‘g‘ri xulosalar”, “Faktlar piramidasi” kabi innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Kreativ yondashuv asosida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kreativ yondashuv asosida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik jihatlari nutqiy va lingvistik (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubiyat) ko‘nikmalarni o‘zaro integratsiyalash hamda badiiy va axborot matnini o‘qib tushunish bilan bog‘liq o‘qish jarayoni komponentlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Ona tilida kreativlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, 218-680 -raqamli guvohnoma). Natijada  boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.
kreativ yondashuv asosida ona tili  va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik modeli maqsadli, metodik, tashkiliy texnologik, natijadorlikni baholash mazmunida, nutqiy va lingvistik kompetensiyalar integratsiyasiga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 18-avgust 01/11-6-534-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklari mazmuni axborot va badiiy matnlar asosida tuzilgan o‘quv topshiriqlari bilan boyitilgan.
o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minoti “Assotsiatsiyalar to‘ri”, “Nuqtayi nazaring bo‘lsin”, To‘xtamlar yordamida o‘qish”, “Qaydlar yordamida o‘qish”, “Kalit so‘zlar”, “Hikoyani tartibga keltiring”, “Blum kubigi”, “G‘oyalar va ijodiy fikrlar savatchasi”, “To‘g‘ri va noto‘g‘ri xulosalar”, “Faktlar piramidasi” kabi innovatsion texnologiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan “AM-FZ-201908172–“O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihaning “O‘quvchilarning o‘qib tushunish malakasini shakllantirishga oid ta’lim mazmuni, mezonlari, malakalarini takomillashtirish” qismini bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 16-iyuldagi 01-04-3148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish