Murodova Nilufar Karomatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoatchilik fikrini shakllantirishda blogerlikning o‘rni, maqomi va faoliyat mezonlari”, 10.00.09 Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3640.
lmiy rahbar: Nurmatov Akbar Normatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12. Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Muratova Nozima Faxriddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Esemuratova Saxibjamal Abdimurat qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Internet-bloglarning ommaviy axborot vositalari tizimidagi o‘rni, jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi ahamiyati hamda blogerlik faoliyati mezonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
– jamoatchilik tafakkurini shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa sifatidagi mazmun-mohiyati hamda kommunikativ imkoniyatlarini ochib berish natijasida blogerlik fenomenining milliy medialandshaftdagi institutsional maqomi aniqlangan va o‘zbek blogosferasining ’’axborot xaritasi” shakllantirilgan;
– blogerlikning auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari aniqlangan hamda ijtimoiy-siyosiy muammolami yoritish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, axboriy shaffoflikni ta’minlash, hokimiyat faoliyati ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish funksiyalari dalillangan;
– jurnalistika va blogerlik faoliyati konvergensiyasining tizimli tahlili orqali an’anaviy hamda yangi media amaliyoti o‘rtasidagi institutsional va funksional integratsiyasiga tayanadigan “gibrid axborot modeli” yuzaga kelgani aniqlangan;
– blogerlik faoliyatini tartibga solish tizimining konseptual bo‘g‘ini sifatida huquqiy me’yorlarni ijtimoiy mas’uliyat, mediasavodxonlik va jamoatchilik ishonchi prinsiplari bilan uyg‘unlashtiruvchi milliy etika kodeksini ishlab chiqish zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Jamoatchilik fikrini shakllantirishda blogerning o‘rni, maqomi va faoliyat mezonlarini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
blogerlarning matn bilan ishlash mahorati, blogerlik faoliyatida axborot tarqatish erkinligi va prinsiplari, blogerlik fenomeni jamoatchilik tafakkurini shakllantiruvchi ijtimoiy-kommunikativ hodisa sifatida ilmiy xulosalardan tashkilot faoliyatining shaffofligini ta’minlash uchun jamoat nazoratini o‘rnatishda blogerlar bilan hamkorlik qilish, sohaga oid yangiliklarni birinchilardan va sifatli etkazishda o‘z fikri va auditoriyasiga ega blogerlar xizmatidan foydalanish kabi bir qator tashkiliy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 10-iyuldagi 14/05-25-0015 1-son ma’lumotnoma). Natijada Qo‘mita xodimlarining blogerlar bilan samarali hamkorlik olib borish ko‘nikmasi shakllantirilgan;
auditoriyaga ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyat turi sifatida blogerlikning ijtimoiy-siyosiy muammolarini yoritish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, axboriy shaffoflikni ta’minlash, hokimiyat faoliyati ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish funksiyalari Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk allomalar hayoti va merosiga oid qisqa, vizual hamda hikoyaviy shakldagi kontentlarni tayyorlash, shuningdek, videoroliklar, qisqa (rels) formatidagi materiallar, podkast loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2025-yil 8-iyuldagi 05-14/285-son ma’lumotnoma). Natijada Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy g‘oyalari aks ettirilgan postlar, Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk allomalar hayoti va merosiga oid qisqa, vizual hamda hikoyaviy shakldagi kontentlarni tayyorlash va videoroliklar yaratishda qo‘llanilgan;
jurnalistika va blogerlik faoliyatining konvergensiya jarayonlari tahlili orqali an’anaviy hamda yangi media amaliyoti o‘rtasida institutsional va funksional integratsiyasiga tayanadigan “gibrid axborot modeli” kommunikatsion tizimi yuzaga kelgani aniqlangan. Olingan natijalar tahlil qilinib, muvaffaqiyatli va ko‘rishlar soni ko‘p bo‘lgan ko‘rsatuvlarning pasporti ishlab chiqishda foydalanilgan (“Master media production and broadcast” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2025-yil 30-iyuldagi 309-son ma’lumotnoma). Natijada ko‘rsatuv natijalari tahlil qilinib, muvaffaqiyatli va ko‘rishlar soni ko‘p bo‘lgan ko‘rsatuvlarning pasporti ishlab chiqishda yordam bergan;
blogerlik faoliyatini tartibga solish maqsadida huquqiy me’yorlarni ijtimoiy mas’uliyat, mediasavodxonlik va jamoatchilik ishonchi mexanizmlarini o‘qituvchilar va ota-onalar auditoriyasini keng qamrovli hamda xolis blogerlik sharhlari orqali axborot maydoniga jalb etish borasidagi amaliy tavsiyalar “Ma’rifat” gazetasi tahririyati faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025- yil 1-martdagi 04-27-122-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan blogerlarning axborot taqdimoti va pozisiya bildirish mezonlari tahlil qilinib, ushbu yondashuvda zamonaviy, interaktiv va dolzarb uslublarni qo‘llash zarurati tahririyat xodimlarining malakasini oshirishga xizmat qilgan.