Urinboeva Feruza Zokir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5169
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.20.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)dotsent, Qalandarova Safiya Toxirovna.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, didaktik shart-sharoitlarni aniqlashtirish orqali xorijiy til, ixtisoslik, qo‘shimcha ixtisoslik fanlarini integrativ o‘qitishni mazmunan rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalar ustuvorligida individual, adaptive yo‘nalishlarini tizimlashtirish asosida ta’minlangan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishgning integrativ metodik modeli natijalarni bashorat qilish imkonini beruvchi maqsadli, mazmunli-metodologik, texnologik-jarayonli, diagnostik-natijaviy komponentlarning algoritmik ketma-ketligi va o‘zaro integratsiyasi asosida hamda metodologiyaning funksional uyg‘nligida ishlab chiqilgan;
talabalarda kasbiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasi tashkiliy-motivatsion, konseptual-lingvistik-transformatsion, kommunikativ-amaliy-faoliyatiy, integrativ-diagnostik bosqichlar izchilligida ishlab chiqilgan integrativ maxsus kursni kompleks joriy qilish hamda energetik ta’limni raqamli tranformatsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlanganligining reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini kognitiv, funksional va shaxsiy-axloqiy baholash mezonlari suniy intellektga asoslangan adaptiv testlash, avtomatlashtirilgan tahlil, elektron portfolio asosida individuallashtirilgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, didaktik shart-sharoitlarni aniqlashtirish orqali xorijiy til, ixtisoslik, qo‘shimcha ixtisoslik fanlarini integrativ o‘qitishni mazmunan rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalar ustuvorligida individual, adaptiv yo‘nalishlarini tizimlashtirish asosida ta’minlashga doir takliflar “Practical Academic Reading and Writing in Use” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 12 noyabrdagi 02/01-01-492 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’minlangan pedagogik imkoniyatlar talabalarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishgning integrativ metodik modeli natijalarni bashorat qilish imkonini beruvchi maqsadli, mazmunli-metodologik, texnologik-jarayonli, diagnostik-natijaviy komponentlarning algoritmik ketma-ketligi va o‘zaro integratsiyasi asosida hamda metodologiyaning funksional uyg‘nligida ishlab chiqishga doir takliflar Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 12 noyabrdagi 02/01-01-492 sonli ma’lumotnomasi) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. Natijada, mazkur ishlab chiqilgan model bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda kasbiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasi tashkiliy-motivatsion, konseptual-lingvistik-transformatsion, kommunikativ-amaliy-faoliyatiy, integrativ-diagnostik bosqichlar izchilligida ishlab chiqilgan integrativ maxsus kursni kompleks joriy qilish hamda energetik ta’limni raqamli tranformatsiyalash asosida takomillashtirish, texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlanganligining reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini kognitiv, funksional va shaxsiy-axloqiy baholash mezonlari suniy intellektga asoslangan adaptiv testlash, avtomatlashtirilgan tahlil, elektron portfolio asosida individuallashtirilgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir takliflar Elektr energetikasi yo‘nalishi talabalari uchun “Muhandislik terminologiyasi” nomli Maxsus kurs dasturi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 12 noyabrdagi 02/01-01-492 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan metodika va baholash mezonlari pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini va ingliz ta’limi sifatini oshishiga xizmat qilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish