G‘ofurova Aziza Xidirnazar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida bo‘lajak muhandislarga ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10788
Ilmiy rahbar: Abbazov Ilxom Zapirovich texnika fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.20.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Yarmatov Raximboy Baxramovich, texnika fanlar doktori, professor Xamraeva Sanovar Atoevna. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak muhandislarga dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning kiyim dizaynini loyihalash va konstruksiyalash jarayonidagi ijodiy faolligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti 3D Max texnologiyasining maxsus dasturiy imkoniyatlari, vizual-modellashtirish vositalari hamda raqamli loyihalash muhitining afzalliklariga tayangan holda takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarga ixtisoslik fanlarini o‘qitish jarayonini tashkil etishning takomillashtirilgan modeli 3D Max texnologiyasi asosida virtual ta’lim muhitini yaratish, muhandislik ishlanmalarining badiiy-ifodaviy echimlarini namoyish etish, virtual axborotni ko‘rgazmali taqdim etish, shuningdek, talabalarning mustaqil va kichik guruhlarda samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi mazmunli-maqsadli, loyihaviy-tashkiliy va natijaviy bloklar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslik fanlarini o‘qitishda talabalarni 3D Max texnologiyasi vositasida kiyim dizaynini loyihalash va konstruksiyalashga o‘rgatish metodikasi innovatsion yondashuvlar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan loyihalash, modellashtirish, konstruktiv fikrlash, vizual tahlil va amaliy ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
3D Max dasturiy vositalari imkoniyatlariga tayangan holda, talabalar tomonidan turli murakkablik darajasidagi kiyim dizaynini loyihalash va konstruksiyalash amallarini bosqichma-bosqich, izchil va samarali bajarishni ta’minlovchi raqamli ta’lim resurslari hamda metodik ta’minot majmuasi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘tkazilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida:
bo‘lajak muhandislarning kiyim dizaynini loyihalash va konstruksiyalash jarayonidagi ijodiy faolligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti 3D Max texnologiyasining maxsus dasturiy imkoniyatlari, vizual-modellashtirish vositalari hamda raqamli loyihalash muhitining afzalliklariga tayangan holda takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Tikuv buyumlari texnologiyasi” hamda “Kostyum va uning bichim tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 02/01-01-465 Raqamli ma’lumotnomasi). Natijada kiyimlarni dizayn loyihalash hamda konstruksiyalashni o‘rgatish bo‘yicha samaradorlikka erishilgan.;
bo‘lajak muhandislarga ixtisoslik fanlarini o‘qitish jarayonini tashkil etishning takomillashtirilgan modeli 3D Max texnologiyasi asosida virtual ta’lim muhitini yaratish, muhandislik ishlanmalarining badiiy-ifodaviy echimlarini namoyish etish, virtual axborotni ko‘rgazmali taqdim etish, shuningdek, talabalarning mustaqil va kichik guruhlarda samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi mazmunli-maqsadli, loyihaviy-tashkiliy va natijaviy bloklar integratsiyasi asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Engil sanoat mahsulotlarini loyihalash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 02/01-01-465 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslik fanlarining axborot-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
ixtisoslik fanlarini o‘qitishda talabalarni 3D Max texnologiyasi vositasida kiyim dizaynini loyihalash va konstruksiyalashga o‘rgatish metodikasi innovatsion yondashuvlar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan loyihalash, modellashtirish, konstruktiv fikrlash, vizual tahlil va amaliy ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Transformatsiyalanuvchi ayollar ko‘ylagi” sanoat na’munasi uchun patent olingan (O‘zbekiston respublikasi  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 02/01-01-465 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning 3D Max texnologiyasi vositasida kiyimlarni dizayn loyihalash hamda konstruksiyalash ko‘nikmlalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish