Uliqova Mavludaxon Sotvoldievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida qon-qarindoshlik konsepti ifoda vositalarining linvokulturologik va lingvopragmatik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4215.
Ilmiy rahbar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’mur Muhammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shokirov Sherali Ibrohimovich, filologiya fanlari bo‘yicha falasafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o’zbek tillarida “qon-qarindoshlik” konsepti lisoniy manzarasini tashkillovshi birliklarning lingvokognitiv, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlarini oshib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida “qon-qarindoshlik” konseptining nominativ maydonini tashkillovchi leksik-sintaktik yadro va periferiya birliklari aniqlanib, ular o‘rtasidagi struktur, semantik va funksional tizimli munosabatlar ochiqlab berilgan;
“qon-qarindoshlik” konsepti verbalizatorlarining semantik-kognitiv, izomorf va struktur-semantik, pragmatik hamda lingvomadaniy allomorf jihatlari ingliz va o‘zbek tillari materiallari tahlili orqali asoslab berilgan;
“qon-qarindoshlik” semantikali va komponentli frazeologizmlar (run in the family, blood is thicker than water; onasini uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatmoq, ona suti og‘ziga kelmoq) va paremiyalarning milliy o‘ziga xosliklari, stereotiplar ifodasidagi o‘rni tahliliy misollar orqali dalillangan;
madaniy va pragmatik sema tashuvchi “qon-qarindoshlik”ka aloqador birliklarning intensional tiplari, ularning konstekstual perlokutiv jihatlari hamda tildan tilga o‘girishning so‘zma-so‘z, izohli hamda madaniy moslashtirish kabi usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida “qon-qarindoshlik” konseptining lisoniy manzarasini tashkillovchi birliklarning lingvokognitiv, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida "Qon-qarindoshlik" konseptining difterensial belgi-xususiyatlari, uning maydoniy tabiati, yadro va periferiya qismlari a'zolari aniqlanib, "Qon-qarindoshlik" konseptini verballashtiruvchi birliklar va ularning maydon markazi va periferiyasidagi o‘rinlari ko‘rsatib berilishi, ushbu konseptni hosil qiluvchi lisoniy birliklarning lingvomadaniy va lingvopragmatik jihatlari, ikkala tilda "Qon-qarindoshlik" komponentli frazeologik birliklar va paremiyalarning ingliz va o‘zbek xalqlari milliy ongida mavjud arxetip tasavvurlar umuminsoniy va milliy, ijobiy, salbiy va betaraf ekanligi, ularda xalqning intellektual va hayotiy tajribasi, donishmandligi, ma'naviy dunyosi, ahloq-odob stereotiplari o‘z ifodasini topishiga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-martda berilgan 01/4-1016-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida talabalar uchun ingliz va o‘zbek tillarida tuzilgan dastur va o‘quv qo‘llanmalarning mazmuni boyitilgan;
"qon-qarindosh" komponentli frazeologik birliklar va paremiyalarning ingliz va o‘zbek xalqlari milliy ongida mavjud arxetip tasavvurlar umuminsoniy va milliy, ijobiy, salbiy va betaraf ekanligi, ularda xalqning intellektual va hayotiy tajribasi, donishmandligi, ma'naviy dunyosi, axloq-odob stereotiplari o‘z ifodasini topishi va boshqa mavzuiy guruhlarni tasvirlagan frazeologik va paremiologik birliklarning o‘ziga xosligiga oid qarashlaridan milliy muloqot madaniyatiga doir fikrlar shakllanishida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 27-dekabrda berilgan 39-01-2839-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muloqotda linguokulturologik va linguopargmatik jihatlar tavsifi ilmiy jihatdan boyitilgan;
dissertasiyadagi qon, qarindosh va tarkibida qon-qarindoshlikka oid ma'lumotli birliklar nafaqat madaniy ma'no, balki pragmatik ma'no ifodalash xususiyatiga ega ekanligi, uning kontekstual va perlokutiv ta'sir samaradorligi, asosan, kommunikativ maqsad-muddaoning konstativ guruhiga mansubligi, unda nutqiy aktni ifodalovchi maslahat, buyruq, kesatiq, ogohlantirish kabi intensional ottenkalar namoyon bo‘lishiga doir qarashlardan muayyan atamalar - pragmatika, kontekst, turg‘un o‘xshatishlar, metaforalar hamda nutqiy etiketlar - tavsifida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 27-dekabrda berilgan 39-01-2838-sonli ma’lumotnomasi). Natijada atamalarda linguokulturologik va linguopargmatik jihatlar tavsifi o‘zbek va ingliz tillaridagi materiallar tahlili asosida boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “qon-qarindoshlik” konseptining lingvomadaniy xususiyatlariga doir taklif va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy- ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-dekabrda berilgan 04-36-1936-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” radio eshittirishlari mazmunining ilmiy jihatdan boyitilishiga erishilgan.