Dushanova Nargiza Mamatkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining yuqori darajadagi kognitiv kompetensiyalarini “PhenoBL” ta’lim yondashuvi asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped8171 
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Normatova Nurjamol Normatovna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qashqadaryo davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotlarida fenomenga asoslangan ta’lim (PhenoBL) yondashuvini qo‘llash asosida bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining yuqori darajadagi kognitiv kompetensiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining yuqori darajadagi kognitiv kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi, konstruktivizm, ijtimoiy konstruktivism, emergent learning va situated cognition nazariy konsepsiyalari integrallashuvi asosida yaratilgan EED (Engage, Explore and Discover) uch fazali pedagogik texnologiyasining analitik, evaluative, kreativ, metakognitiv komponentlarining samaradorligi ilmiy asosda isbotlangan;
“Uzbek PhenoBL” ta’lim modelining “Loyihalar asosida o‘qitish”, “Muammoli vaziyatlarda o‘qitish”, “Tadqiqot va izlanishga oid o‘qitish”, Fanlararo o‘qitish”, “Metakognitiv” “Hamkorlik va jamoaviy”, “Raqamli va aralash”, “Baholashning shakllantiruvchi va xulosalovchi” usullariga tayanuvchi didaktik mexanizmining integratsiya qilinishi talabalarning analitik fikrlash, tanqidiy tahlil, fanlararo izlanish, hamkorlikda ishlash, o‘z-o‘zini baholash orqali o‘quv jarayonini didaktik jihatdan rivojlantirishning samarali vositasi ekanligi amaliy jihatdan dalillangan;
talabalarning mustaqil ta’limini nazorat qiluvchi, EED (Engage, Explore and Discover) pedagogik texnologiyasi asosida yaratilgan phenobl.uz elektron sayti tarkibidagi e-HOCC journali talabalarning kognitiv rivojlanish traektoriyasini belgilab beruvchi Universitet 4.0 modeli talabidagi transversal-kognitiv, metakognitiv, ijtimoiy, kommunikativ, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishi empirik jihatdan isbotlangan;
“PhenoBL” ta’lim yondashuvi tamoyillari, Cambridge AS va A level Thinking skills dasturi maqsadlari asosida shakllantirilgan “Uzbek PhenoBL” modeli talabalarning mustaqil tadqiqot olib borish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi interdisiplinar komponenti “talabaga yo‘naltirilgan”, “amaliyotga asoslangan ta’lim” va “uzlyuksiz ta’lim” konsepsiyalarini rivojlantirishi ilmiy asosda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. PhenoBL yondashuvi orqali yuqori darajadagi kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
Bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining yuqori darajadagi kognitiv kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi, konstruktivizm, ijtimoiy konstruktivism, emergent learning va situated cognition nazariy konsepsiyalari integrallashuvi asosida yaratilgan EED (Engage, Explore and Discover) uch fazali pedagogik texnologyasining analitik, evaluative, kreativ, metakognitiv komponentlarining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Akademik E.A. Buketov nomidagi Karaganda universiteti Xorijiy tillar fakulteti Xorijiy filologiya kafedrasining ta’lim jarayoniga joriy etildi. Mazkur texnikadan 2025-yil 29-apreldan boshlab “English for IELS” fanini o‘qitish jarayonida tizimli ravishda joriy etish natijasida PhenoBL yondashuvi integratsiyalashgan, yuqori darajadagi kognitiv kompetensiyalarni izchil va tizimli rivojlantirishga yo‘naltirilgan IELS o‘quv materiallari  ishlab chiqildi hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etildi;
“Uzbek PhenoBL” ta’lim modelining “Loyihalar asosida o‘qitish”, “Muammoli vaziyatlarda o‘qitish”, “tadqiqot va izlanishga oid o‘qitish”, fanlar aro o‘qitish”, “metakognitiv” “hamkorlik va jamoaviy”, “raqamli va aralash”, “baholashning shakllantiruvchi va xulosalovchi” usullariga tayanuvchi didaktik mexanizmining integratsiya qilinishi talabalarning analitik fikrlash, tanqidiy tahlil, fanlararo izlanish, hamkorlikda ishlash, o‘z-o‘zini baholash orqali o‘quv jarayonini didaktik jihatdan rivojlantirishning samarali vositasi ekanligi amaliy jihatdan isbotlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (2024-yil 20-dekabrdagi 2829-02-sonli ma’lumotnoma, Samarkand Davlat Chet Tillar Instituti). Natijada, talabalarning analitik fikrlashi, tanqidiy tahlil qilish, fanlararo izlanish olib borish, jamoada hamkorlikda ishlash va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalari rivojlanib, o‘quv jarayonining samaradorligi oshgani amaliy jihatdan tasdiqlandi.; 
talabalarning mustaqil ta’limini nazorat qiluvchi, EED (Engage, Explore and Discover) pedagogik texnologiyasi asosida yaratilgan phenobl elektron sayti tarkibidagi e-HOCC journali talabalarning kognitiv rivojlanish traektoriyasini belgilab beruvchi Universitet 4.0 modeli talabidagi transversal-kognitiv, metakognitiv, ijtimoiy, kommunikativ, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishi empirik jihatdan isbotlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan  2024-yilda Toshkentdagi AQSh elchixonasi tomonidan rejalashtirilgan “O‘zbekistonda Ingliz tilini maxsus maqsadlar uchun o‘rgatish” loyihasida tatbiq etildi (2025-yil 07 martdagi 661-02-sonli ma’lumotnoma, Samarkand Davlat Chet Tillar Instituti). Natijada, talabalarning kognitiv rivojlanish traektoriyasini samarali kuzatish imkoniyati yaratildi, shuningdek, Universitet 4.0 modeli talablariga mos ravishda transversal-kognitiv, metakognitiv, ijtimoiy, kommunikativ va raqamli kompetensiyalari rivojlanib, mustaqil ta’lim samaradorligi oshgani amaliy jihatdan tasdiqlandi.
“PhenoBL” ta’lim yondashuvi tamoyillari va Cambridge AS va A level thinking skills dasturi maqsadlari asosida shakllantirilgan “Uzbek PhenoBL” modeli talabalarning mustaqil tadqiqot qilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi interdisiplinar komponenti “talabaga yo‘naltirilgan”, “amaliyotga asoslangan ta’lim” va “uzlyuksiz ta’lim” konsepsiyalarini rivojlantirishi bo‘yicha olingan ilmiy xulosalardan 2024-yil 25-iyunda efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” teleko‘rsatuvi skriptini tayyorlashda foydalanildi (2025-yil 06-martdagi 01-07/-101-sonli ma’lumotnoma, Samarkand Davlat Chet Tillar Instituti). Natijada, teleko‘rsatuv mazmuni talabaga yo‘naltirilgan, amaliyotga asoslangan hamda uzlyuksiz ta’lim g‘oyalarini yoritishga xizmat qilib, talabalarning mustaqil tadqiqot olib borish, tanqidiy va analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati keng jamoatchilikka tushunarli tarzda targ‘ib qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish