Sodikova Gulbaxor G‘ofurjon qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy faoliyatida ko‘p ma’noli so‘zlardan foydalanish kompetentligini shakllantirish metodikasi (Ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4556
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Akbarova Zuxro Akmaljanovna filologiya fanlari doktori (DSc) professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.10.03.
Rasmiy opponentlar: O‘rinova Nilufar Muxammadovna pedagogika fanlari nomzodi, professor; Xo‘jamberdieva Shahnoza Kupaysinovna pedagogika fanlari doktori (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqiy faoliyatida ko‘p ma’noli so‘zlardan foydalanish kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflarda ko‘p ma’noli so‘zlar va omonimiya hodisalarini o‘qitishning lingvodidaktik hamda psixolingvistik jihatdan yaxlit tizim sifatida asoslanib, ko‘p ma’noli so‘zlarni yagona semantik markaz asosida anglatish hamda omonimlarni ma’no mustaqilligi va kontekstual farqlash mezoni orqali o‘rgatishning samarali pedagogik shart- sharoitlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy faoliyatida ko‘p ma’noli so‘zlardan foydalanish kompetentligini shakllantirish metodikasi ko‘p ma’noli so‘zlarning kontekst asosidagi anglanishini ta’minlaydigan interfaol metodlar tizimi (“So‘z ko‘zgusi”, “So‘z bilan sarguzasht” metodlari ishlab chiqilib, “Konnotatsiyani top” “Sehrli so‘zlar”, “Grafik tahlil”)ni samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ko‘p ma’noli so‘zlarni boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning didaktik ta’minoti zamonaviy elektron ta’lim muhiti bilan uyg‘unlashtirilib, ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklaridagi mashq va matnlarida uchraydigan so‘zlar asosida shakllangan “Ko‘p ma’noli so‘zlar lug‘ati” mobil platformasini yaratish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning nutqiy faoliyatida ko‘p ma’noli so‘zlardan foydalanish kompetentligini shakllantirish metodikasining samarodorligi leksik-semantik, kognitiv, kommunikativ, kreativ baholash mezonlari hamda yuqori o‘rta va past darajalari matematik-statistik usullar (o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich, foizli tahlil, Pirson χ² mezoni)ga tayangan holda aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy faoliyatida ko‘p ma’noli so‘zlardan foydalanish kompetentligini shakllantirish metodikasi (Ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari misolida) tadqiqotining natijalari asosida quyidagilarga erishildi:
boshlang‘ich sinflarda ko‘p ma’noli so‘zlar va omonimiya hodisalarini o‘qitishning lingvodidaktik hamda psixolingvistik jihatdan yaxlit tizim sifatida asoslanib, ko‘p ma’noli so‘zlarni yagona semantik markaz asosida anglatish hamda omonimlarni ma’no mustaqilligi va kontekstual farqlash mezoni orqali o‘rgatishning samarali pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga oid takliflar 2021-2023-yillarda bajarilgan RZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish (amaliy olima ayollar granti)” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-avgustdagi 01/4-3433-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishning psixofiziologik va psixolingvistik jihatdagi xususiyatlarini rivojlantirishning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy faoliyatida ko‘p ma’noli so‘zlardan foydalanish kompetentligini shakllantirish metodikasi ko‘p ma’noli so‘zlarning kontekst asosidagi anglanishini ta’minlaydigan interfaol metodlar tizimi (“So‘z ko‘zgusi”, “So‘z bilan sarguzasht” metodlari ishlab chiqilib, “Konnotatsiyani top“ “Sehrli so‘zlar”,”, “Grafik tahlil”)ni samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan. Bu yondashuvlar “Boshlang‘ich talim pedagogikasi” faniga integratsiyalashgan bo‘lib, o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 - yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan №836940 nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqida ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘rgatish metodikasi mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
ko‘p ma’noli so‘zlarni boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning didaktik ta’minoti zamonaviy elektron ta’lim muhiti bilan uyg‘unlashtirilib, ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklaridagi mashq va matnlarida uchraydigan so‘zlar asosida shakllangan “Ko‘p ma’noli so‘zlar lug‘ati” mobil platformasini yaratildi va uning mazmuni “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma tarkibiga integratsiya qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 - yil 21-avgustdagi 316-sonli buyrug‘iga asosan №620801 nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy faoliyatida ko‘p ma’noli so‘zlardan foydalanish kompetentligini shakllantirishning innovatsion metodik tizimni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning nutqiy faoliyatida ko‘p ma’noli so‘zlardan foydalanish kompetentligini shakllantirish metodikasining samarodorligi leksik-semantik, kognitiv, kommunikativ, kreativ baholash mezonlari hamda yuqori o‘rta va past darajalari matematik-statistik usullar (o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich, foizli tahlil, Pirson χ² mezoni)ga tayangan holda aniqlashtirilgan. takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 - yil 21-avgustdagi 316-sonli buyrug‘iga asosan №620801 nashr ruxsatnomasi) Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqiy faoliyatida ko‘p ma’noli so‘zlardan faol foydalanish kompetensiyasini shakllantirish samaradorligining mezon va darajalarini aniqlashga erishilgan.