Begimqulova Dilobar Baxtiyor qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reduplikativlikning funksional-semantik va lingvo-madaniy ifodasi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.3.PhD/Fil2754
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Yo‘ldosheva Xolida Qo‘zievna va filologiya fanlari doktori, dotsent Narmuratov Zayniddin Radjabovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va oʻzbek tillarida reduplikativ birliklarning fonomorfologik shakllanish xususiyatlarini tahlil etish orqali ularning funksional-semantik va lingvo-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida mavjud bo‘lgan reduplikatsiya lisoniy hodisasi tarkibiy ko‘rsatkichlarining farqlanish jihatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida uchraydigan reduplikativ shakllarning modellariga asoslangan holda reduplikatsiyaning umumiy tasnifi ishlab chiqilgan;
dunyo tillarining aksariyat qismida reduplikatsiya orqali ifodalanadigan turli semantik vazifalardan ingliz tilida 6 tasi, o‘zbek tilida esa 12 tasi ifodalanishi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda reduplikatsiyaning ikki xalq milliy madaniyatiga xos belgilari, kognitiv voqelanish jihatlari, lisoniy tejamkorlik va lisoniy redundensiyani amalga oshirishdagi roli chog‘ishtirma tahlillar orqali ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida reduplikatsiya hodisasining funksional-semantik va lingvo-madaniy ifodalanishiga oid chog‘ishtirma tahlil jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan va Qarshi davlat universitetining AIF-2/17 “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida reduplikatsiyani fonomorfologik, sintaktik va leksik hodisa sifatida hamda lingvo-madaniy jihatdan o‘ziga xos birlik sifatida namoyon bo‘lishi, ularning ingliz va o‘zbek tillarida shakllanishi, tavsifiy va tasnifiy tamoyillari, kognitiv diskursda namoyon bo‘lishiga doir bilimlarni o‘qitishga oid tavsiyalar, ilmiy-nazariy xulosalar, taklif va ilmiy natijalar o‘rin olgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 20-sentyabrdagi 03/3571-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda, mavjud dasturlar va qo‘llanmalarning takomillashuvini ta’minlashga erishilgan;
Tilshunoslikda reduplikativ shakllarning o‘rganilish muammolari, ularning ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanish xususiyatlari hamda tilda lingvo-madaniy birlik sifatida namoyon bo‘lishiga oid muammolarning yoritilishi asoslaridan Qarshi davlat universitetining SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 23-sentyabrdagi 03/3627-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan vazifalarni muayyan darajada amalga oshirishga erishilgan;
Ingliz va o‘zbek tillaridagi reduplikativ birliklarning funksional-semantik hamda lingvo-madaniy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari va ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan “Erasmus+ International KA107 Credit Mobility Key Action 1 – Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility (Gumboldt, Germaniya)” ilmiy loyihasi doirasidagi ilmiy-amaliy faoliyatda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 11-martdagi 04/1-1330-son ma’lumotnomasi). Natijada reduplikativ birliklarning struktur, semantik va funksional xususiyatlarini tizimlashtirish hamda ularning lingvo-madaniy jihatlarini yoritishga doir ilmiy xulosalar asosida tilshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, ilmiy-tadqiqot va ta’lim jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
Ingliz va o‘zbek adabiy tili, ayniqsa uning lug‘at tarkibi to‘xtovsiz taraqqiy etib borishi misolida reduplikativ shakllarning til lug‘at boyligini boyitishda tutgan o‘rni muhokamasidan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Buyuklik bilimda” eshittirishi hamda “Fayzli kun” teleko‘rsatuvini tashkil etishda unumli foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 8-sentyabrdagi 17-15/176-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkil etiladigan namoyish va eshittirishlar uchun tayyorlanadigan materiallar mazmunan yanada mukammallashtirilib, ilmiy dalillar bilan boyitib borilgan.