Gaffarov Laziz Xasanovichning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Raqamli ta’lim muhitida professional ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish” 13.00.07-Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped945
Ilmiy maslahatchi: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.16.06
Rasmiy opponentlar:
1. Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor (ixtisoslik shifri 13.00.05) Ilmiy kengash a’zosi;
2. Ergashev Bobir Baxodirovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor (ixtisoslik shifri 13.00.07);
3. Salaev Jasurbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent (ixtisoslik shifri 08.00.13);
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
raqamli ta’lim muhitida professional ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli ta’lim muhitida ta’lim sifatini boshqarishning tushunchaviy-kategorial apparati maqsadli-strategik (adaptiv va prognostik), diagnostik-analitik (monitoring va kvalimetrik) hamda texnologik-boshqaruv (raqamli va avtomatlashtirilgan) komponentlarini funksional integratsiyalash va ularning sinergetik o‘zaro ta’sir mexanizmlarini tizimli takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Learning Analytics va sun’iy intellekt texnologiyalarini integrativ uyg‘unlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini ma’lumotlarga asoslangan holda optimallashtirish imkonini beruvchi yangi avlod QualiTrack-EduPro raqamli boshqaruv tizimi birinchi marta tizimli-kompleks tarzda ishlab chiqilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini baholash metodikasi uzlyuksiz takomillashtirish (Kaizen), o‘yin-interaktiv motivatsiya (Gamifikatsiya) va ko‘p manbali baholash (360°) texnologiyalarini ta’lim jarayonining tashkiliy, mazmuniy hamda jarayon-didaktik komponentlari bilan integrativ uyg‘unlashtirish asosida an’anaviy yakka-tomonlama baholashdan tubdan farq qiluvchi adaptiv baholash paradigmasi sifatida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarishning raqamli transformatsiyasini ta’minlovchi kognitiv-adaptiv monitoring modeli o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish dinamikasi va kompetensiya bo‘shliqlarini real vaqt rejimida tahlil qilish hamda pedagogik qarorlarni avtomatlashtirilgan tarzda shakllantirish prinsipiga ustuvorlik berish asosida yaratilgan;
o‘quvchilarning kasbiy rivojlanish darajasini baholashga xizmat qiluvchi “kvalimetrik baholash” tizimi motivatsion, innovatsion, kognitiv va adaptiv indikatorlar asosida E-Portfolio texnologiyasi bilan integratsiyalashgan yagona raqamli muhitda an’anaviy summativdan formativ-adaptiv baholash paradigmasiga o‘tkazishning ilmiy-metodologik asosi sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli ta’lim muhitida professional ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli ta’lim muhitida ta’lim sifatini boshqarishning maqsadli-strategik, diagnostik-analitik va texnologik-boshqaruv komponentlarini funksional integratsiyalashga oid taklif va tavsiyalari “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarida “Dasturiy injiniring” yo‘nalishida o‘quv jarayonini tashkil etish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Learning Analytics va sun’iy intellekt texnologiyalarini integrativ uyg‘unlashtirish asosida boshqaruv qarorlarini ma’lumotlarga asoslangan holda optimallashtirishga oid takliflari asosida QualiTrack-EduPro raqamli boshqaruv tizimi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi DGU 54981-raqamli guvohnomasi). Natijada ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida kuzatish va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati amaliyotga joriy etilgan;
Kaizen, Gamifikatsiya va 360° baholash texnologiyalarini ta’lim jarayonining tashkiliy, mazmuniy va didaktik komponentlari bilan integrativ uyg‘unlashtirishga oid takliflaridan Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutining IL–5821081323-raqamli “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023–2025 yy.) innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 02/01-01-412-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faolligi va motivatsiyasini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish dinamikasi va kompetensiya bo‘shliqlarini real vaqt rejimida tahlil qilishga asoslangan kognitiv-adaptiv monitoring modelini ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalari “Intellektual boshqarish nazariyasi” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Natijada o‘quvchilarda mehnat bozori talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
motivatsion, innovatsion, kognitiv va adaptiv indikatorlar asosida “kvalimetrik baholash” tizimini E-Portfolio texnologiyasi bilan integratsiyalashtirishga oid takliflar asosida kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning kasbiy rivojlanish darajasini kompleks baholashning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 16-oktyabrdagi 02/01-01-412-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning individual rivojlanishini kuzatish, kasbiy kompetensiyalarini shaffof va uzlyuksiz baholash hamda o‘z-o‘zini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.