Maxmudov Nazirila Nasimxanovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro-Xiva regionidagi neftgazkondensat konlarini so‘nggi davrlarida razvedka qilish va ishlash metodologik asoslarini yaratish», 04.00.13–Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T268.

Ilmiy maslahatchi: Nazarov Ulug‘bek Sultonovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.

Rasmiy opponentlar: Zakirov A’zamjon Alimjanovich, texnika fanlari doktori; Aliev Bahodir Abdug‘anievich, texnika fanlari doktori, professor; Xolmurodov Abdulxamid Erkinovich, fizika-matematika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva regionidagi konlarda neft` qazib olish sur’atini va neft` chiqarib olish koeffisientini oshirish bo‘yicha tizimli loyihaviy-texnologik va texnik-iqtisodiy echimlarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Buxoro-Xiva regionidagi neftgazkondensat konlarining turli ishlatish tizimlaridagi olinadigan neft` zaxiralari va qatlamlarni neft` bera olishlik koeffisienti aniqlangan;

neftgazkondensat konlarini ishlatish strategiyasini asoslash imkonini beruvchi, qatlamlarni joriy va yakuniy neft` bera olishligiga geologik-kon ko‘rsatkichlarini ta’sir darajasi aniqlangan;

gaz osti hoshiyalaridan turli siqib chiqarish rejimlarida neft` olish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;

geologik zaxiralarni nisbatan ko‘proq chiqarib olishni ta’minlovchi, uyumlarni tabiiy ishlatish rejimlarida va qatlam bosimini ushlab turish rejimlarida qatlamdagi neftni siqib chiqarish bilan qamrab olishni oshirish metodologik asoslari ishlab chiqilgan;

ishlatish quduqlar fondini, ularni butun ishlatish davri mobaynida maksimal samarali foydalanishni ta’minlash imkonini beruvchi, gaz do‘ppisidan nazoratli tabiiy gaz olishda neft` olish ko‘rsatkichlarini tizimli optimizatsiyalash yo‘llari ishlab chiqilgan;

qimmatbaho komponentlardan maksimal foydalanish uchun kompleks qarorlarni ishlab chiqish imkonini beruvchi, neft` hoshiyalarini ishlatishni texnologik loyihalashtirishning prinsiplari aniqlangan;

tubi turli konfiguratsiyali quduqlarni samarali ochish, sinash va o‘zlashtirish uchun kompleks tadbirlarni ta’minlovchi, zaxiralarini chiqarib olish murakkab neftgazkondensat konlarini so‘nggi bosqichlarida razvedka qilish va ishlatishni texnologik strategiya echimlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Buxoro-Xiva regionidagi neftgazkondensat konlarini so‘nggi davrlarida razvedka qilish va ishlatish metodologik asoslarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

mahsuldor qatlamga haydalayotgan suvning hajmini oshirish va konservatsiyadagi quduqlarni qayta ishga tushirish bo‘yicha texnologiyalar “Sho‘rtanneftgaz” MChJning Sharqiy Toshli konida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2019 yil 15 maydagi 02/12-2-99-son ma’lumotnomasi). Natijada 2002-2015 yillar mobaynida 16,4 ming tonna qo‘shimcha neft` qazib olish imkonini bergan;

ekspluatatsion quduqlarni qazish, tugatilgan va konservatsiyalangan quduqlarni qayta tiklash hamda neft` olishni optimal texnologik rejimi sxemalari “Muboraknfetgaz” AJga qarashli Sharqiy Ispanli, Matonat, Rasulquduq, G‘arbiy Sabo, Quyumozor, Arniyoz konlarida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2019 yil 15 maydagi 02/12-2-99-son ma’lumotnomasi). Natijada Quyumozor konida 326 t, Matonatda 9130 t hamda Arniyoz konida 7960 t qo‘shimcha neft` qazib olish imkoniyati yaratilgan;

gaz va gazkondensat olish rejimining optimal texnologik sxemasi “Hissorneftgaz” QKga qarashli Tavakkal gazkondensat konida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2019 yil 15 maydagi 02/12-2-99-son ma’lumotnomasi). Natijada 385,6 mln. m3 gaz va 8937 t kondensat qazib olishni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish