Evstafeev Evgeniy Aleksandrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p komponentli konlardagi flyuidlarning fazaviy o‘zgarishlarini modellashtirish orqali konlarni optimal ishlatish variantini asoslash», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T5613.
Ilmiy rahbar: Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘ZLITINEFTGAZ” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.36/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, professor;  Muhammadiev Hamidullo Murodillaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p komponentli konlardagi flyuidlarning fazaviy o‘zgarishlarini modellashtirish orqali konlarni optimal ishlatish variantini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Whison korrelyasiyasi bo‘yicha yuqori qaynash haroratli C5+ fraksiyasini ratsional darajada guruhlash asoslanib, kompozision modelda qatlam flyuidining fazaviy holatini ishonchli ravishda qayta aks ettirish imkoniyati asoslangan;
kompozision gidrodinamik modelni to‘g‘ri inisializatsiya qilish, jumladan «gaz-neft» kontaktida bosimni hisoblash, kesim bo‘yicha fazaviy muvozanatni tekshirish va komponent tarkibidagi farqlarni hisobga olish termodinamik moslikni ta’minlashi hamda ishlab chiqish prognozi aniqlangan;
gidrodinamik simulyatorda ko‘p komponentli va ko‘p fazali kon qatlam flyuidlari uchun kompozision PVT-modelni qurish algoritmlari ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich ma’lumotlar cheklangan sharoitda tajriba sanoaat ekspluatatsiya bosqichida kompozision PVT-modellashtirish asosida konning gazkondensat tavsifini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p komponentli konlar flyuidlarining fazaviy o‘zgarishlarini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Ko‘p komponentli va ko‘p fazali kon uchun gidrodinamik simulyatorda kompozision PVT-modelini qurish metodikasi” Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZBEKNEFTGAZ» AJning 2026 yil 9 fevraldagi 05/25-4-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Pattalik gaz-kondensat konida kondensat qazib olishni 3,71%-ga oshirish imkoniyatini bergan;
qatlam flyuidining differensial kondensatsiya izotermasini aniqlashtirish uchun ishlab chiqilgan PVT-modeli Pattalik gaz-kondensat koninida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZBEKNEFTGAZ» AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 21 noyabrdagi P08/UT-4542-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bashorat qilinayotgan kondensat qazib olish hajmini 767,97 tonnaga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish