Norboev Zafar Abdumuminovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filologik yo‘nalishdagi OTMlarda CEFR mezonlari orqali yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasi (arab tili misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Arab tili),(pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2569
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Ped.45.02
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mirziyatov Shuxrat Mirgiyazovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi filologik yo‘nalishdagi OTMlarda CEFR mezonlari orqali arab tilida yangi avlod darsliklarini yaratish xususiyatlarini aniqlashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filologiya yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining til o‘rganish ko‘nikmalarini samarali shakllantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyati hamda uning zamonaviy metodika, kommunikativ yondashuv va interfaol texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirganligini inobatga olgan holda talabalar uchun tillarni amaliy va madaniy kontekstda o‘rganishni ta’minlashi va arab tili bo‘yicha CEFR darajalariga mos lug‘atlardan foydalanishning ustuvor vazifalari ochib berilgan;
oliy ta’lim muassasalarida arab tilini o‘qitishda yangi avlod darsliklarining talabalarda fonetika, leksika, grammatika va stilistikaga oid malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishi, shuningdek, kasbiy, lingvistik, kommunikativ, sotsiolingvistik, lingvokulturologik ko‘nikmalarni rivojlantirishda arab tiliga oid mahalliy va xorijiy darsliklar tahlili asosida metodologik sturukturasi ishlab chiqilgan;
arab tilini o‘qitishga oid yangi avlod darsliklarini yaratishda CEFR mezonlariga asoslangan holda o‘quv adabiyotlarni kompleks tahlil qilish, ularni milliy madaniyatimiz va ma’naviyatimizga moslashtirish orqali arab tilini intensiv o‘rganish samaradorligini oshirishning tahliliy asosalari dalillangan;
arab tilida yangi avlod darsliklarini yaratishda CEFR mezonlari asosida o‘quv materiallarining strukturasi, komponenti, til ko‘nikmalarini rivojlantirishi, leksik va grammatik resurslari, vazifalari, interaktivliligi, madaniy komponenti, baholash va nazoratlar kabi yo‘nalishlar konstruksiyasining innovatsion modeli ishlab chiqilgan va model asosida elektron platforma yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
CEFR mezonlari orqali arab tilida yangi avlod darsliklarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
filologik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining til o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyati hamda arab tili bo‘yicha CEFR darajalariga mos lug‘atlardan foydalanishning ustuvor vazifalari ochib berilganligiga oid taklif tavsiyalar va xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2022-yil 6-oktyabrdagi 84-03-3726-sonli xatiga asosan Samarqand davlat chet tillari institutida amalga oshirilgan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan. Filologik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining til o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyati hamda arab tili bo‘yicha CEFR darajalariga mos lug‘atlardan foydalanishning ustuvor vazifalari ochib berilishida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2025-yil 12-iyundagi 1764/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, filologik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining til o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida arab tilini o‘qitishda baholashning CEFR mezonlariga asoslangan xalqaro standart talablari asosida olib borilishi, arab tilini intensiv o‘qitish bilan birga talabalarning til o‘rganish qobiliyatini oshirishi asoslanganligiga oid taklif tavsiyalar va xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 31-maygacha bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 24-maydagi 04-04-1/2504-son ma’lumotnomasi). Natijada, CEFR mezonlarining ingliz va arab tillaridagi qiyosiy tahlili va arab tilini xorijiy til sifatida o‘qitish tizimiga integratsiya qilishga xizmat qilgan;
filologik yo‘nalish talabalari uchun arab tili bo‘yicha yangi avlod darsliklarini yaratishda CEFR mezonlaridan foydalanish arab tilini o‘qitishning kognitiv maqsadlaridan biri ekanligi aniqlanganligiga oid taklif tavsiyalar va xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida 2021-2022 yillarda bajarilgan AL-412104512 raqamli “O‘zbekistonning geografik obektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 23-iyundagi 04-04-1/2808-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarining til o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
arab tili bo‘yicha yangi avlod darsliklarini yaratishda CEFR mezonlaridan foydalanish, talabalarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish amaliyoti bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirib borishiga oid taklif tavsiyalar va xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2020-2022 yillarda bajarilgan Britaniya Kengashi (British Council) hamkorligida amalga oshirilgan 1683580 - “English as a school subject” nomli xalqaro loyihasi doirasida  samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 7-iyuldagi 04-01/3270-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning til o‘rganishda nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishda yangi avlod darsliklarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish