Marufov Elyorjon Uktamovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning ingliz tilida fonetik kompetensiyasini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili),(pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2730
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Ped.45.02
Rasmiy opponentlar: Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamadaliev Abdumajid Mamasolievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston Davlat Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida talabalarning ingliz tilida fonetik kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilining RP va GA milliy talaffuz standartlari o‘rtasidagi segmentar va supersegmentar tafovutlar fonetik birliklarning artikulyasion, akustik va prosodik xususiyatlarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning individual-differensial belgilar bilan o‘zaro post-modulyar birlashtirish asosida fonetik kompetensiyaning variativ rivojlanishini ta’minlash zaruratiga ko‘ra aniqlangan;
fonetik kompetensiyani rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning metodik-integral formulasi D1, D2 va D3 didaktik bloklarni prosodik strategiyalarga ko‘pvektorli moslashtirish asosida MFU (Multimodal Functional Unification) multikomponentli didaktik-konstruktiv tizim sifatida ishlab chiqilgan;
amaliy fonetikani o‘qitishda nostandart testlardan foydalanish samaradorligi kognitiv-progressiv deskriptorlar asosida metodik fazalash va baholovchi-diagnostik regulyasiyani yo‘lga qo‘yish orqali plosiv–frikativ differensiatsiya hamda fonetik materialni qayta ishlash tezligiga ko‘ra dalillangan;
ingliz tilidagi fonetik hodisalarning kommunikativ vazifalarni bajarishdagi meta-fonetik ta’siri MondlyVR platformasining immersiv virtual komponentini supersegmentar fonetik birliklarga multimodal-sensorli sinxronlash asosida kontekstual fonetik signalni idrok etish imkoniyatlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning ingliz tilida fonetik komretensiyasini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
ingliz tilining RP va GA milliy talaffuz standartlari o‘rtasidagi segmentar va supersegmentar tafovutlar fonetikaning nazariy tasniflarini (artikulyasion, akustik, prosodik birliklar) shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvdagi individual-differensial belgilar (eshituv sezgirligi, artikulyasion moslashuv darajasi, prosodik idrok xususiyatlari) bilan o‘zaro post-modulyar birlashtirish asosida aniqlanganligiga oid xulosa va takliflardan Yevrora Ittifoqining TEMRUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Temrus Rroject 544161- TEMRUS-1-2013-1-UK-TEMRUS-JRCR Aston University DeTEL “Develoring the Teaching of Eurorean Languages: Modernizing Language Teaching through the develorment of blended Masters Rrogrammes” loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 6-arrelgi 918/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining nazariy tirologiyasi ishlab chiqilgan;
fonetik kompetensiyasini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning metodik-integral formulasi D1, D2 va D3 didaktik bloklar o‘rtasida ko‘pvektorli moslashtirishni ta’minlovchi hamda artikulyasion tajriba va prosodik strategiyalarni yagona o‘quv mexanizmiga birlashtiruvchi MFU (Multimodal Functional Unification) strategiyasini konstruktiv tizimlashtirish asosida ishlab chiqilganligiga oid xulosa va takliflardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik rredmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 7-arrelgi 927/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilida fonetik komretensiyasini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bosqichlari takomillashtirilgan;
amaliy fonetikani o‘rganishda nostandart testlardan foydalanish samaradorligi fonetik jarayonlarni eslab qolish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, baholash va yaratish bosqichlarini qamrab oluvchi Anderson - Krathwohl taksonomiyasi asosida plosiv - frikativ farqlash, fonetik jarayonlarni qayta ishlash hamda diagnostik aniqlikni oshirish imkoniyatlari orqali dalillanganligiga oid xulosa va takliflardan 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 12-iyuldagi 1413/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
ingliz tilidagi fonetik hodisalarning kommunikativ vazifalarni bajarishdagi meta-fonetik ta’siri MondlyVR platformasining immersiv virtual haqiqat muhiti orqali urg‘u, intonatsiya, ritm, pauza va emotsional ohangning tabiiy nutq jarayonida multimodal sensor sinxronlash va kontekstual fonetik signalni idrok etish imkoniyatlari asosida aniqlanganligiga oid xulosa va takliflardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik rredmetlaridan axborot-kommuniksion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 7-arreldagi 927/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.