Artikova Maxfuza Ravshanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ispan gazeta tili janr xususiyatlarining lingvopragmatik aspekti”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Fil.1053
Ilmiy maslahatchi: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Dalieva Madina Xabibullaevna – filologiya fanlari doktori, dotsent (Kengash a’zosi); Cristina Ruiz Urbon (Ispaniya) – filologiya fanlari doktori, professor; Cecylia Tatoj (Polsha) – filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ispan gazeta janrlarining kommunikativ-funksional xususiyatlarini tasniflash orqali mazkur janrlar doirasida illokutiv va perlokutiv ta’sir mexanizmlarini aniqlash hamda ularni yuzaga chiqaruvchi standartlik va ekspressivlik indikatorlarining lingvopragmatik asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ispaniyaning ko‘pmillatli va ko‘ptilli ijtimoiy-siyosiy muhitiga ko‘ra ispan gazeta-publisistik uslubi davlat tili hisoblangan kastelyano (castellano) bilan bir qatorda euskera (euskera), katalan (catalá) va galego (gallego) tillarining institutsional va diskursiv faolligi negizida shakllangan va rivojlangan ispan matbuot tili “axborot” uzatuvchi vosita emas, balki jamoat ongini shakllantiruvchi kommunikativ tizim ekani ochib berilgan;
media olami lisoniy manzarasini yaratishda ispan millatiga xos qadriyatlar tizimi ochiq va o‘zgaruvchan kommunikativ tizim ekani isbotlanib, unda «makon-mentalitet-jurnalist til mahorati» triadasi milliy auditoriya dunyoqarashini shakllantirishning nafaqat ta’sir etuvchi, balki ma’naviy mezonlarni belgilab beruvchi baholovchi mexanizmi sifatida amal qilishi zamonaviy ispan gazeta tilining leksik qatlami milliy variantliligi asosida aniqlangan;
Ispaniya Qirolligining ijtimoiy-siyosiy modeli bilan uzviy bogʻliq holda axboriy (reportaje informativo) va tahliliy (reportaje interpretativo) reportaj janrlari mediadiskursida «obektiv hujjatli axborot→muallifning subektiv talqini» mexanizmi mafkuraviy (nashr siyosati) va shaxsiy (muallif uslubi) omillar kesishmasida quriladigan murakkab kommunikativ tizim ekani tilning tasviriy vositalari, ritorik so‘roq hamda nolisoniy vositalar orqali dalillangan;
ispan mediamakonida tanqidiy maqola (la crítica) va sharh (la crónica) janrlari voqelik interpretatsiyasida implisit (yashirin) ma’noning mulohazali ishoralar orqali ishonchli ma’lumot, faol harakatga undovchi akt hamda ifodaviy vositalar uygʻunligida adresat ongi va hissiyotiga bir vaqtning o‘zida ta’sir etuvchi nutqiy strategiyalarining lingvopragmatik modeli, fikr janri esa aksiologik baho va normativ yo‘nalish beruvchi strategik diskurs ekani asoslangan;
fikr (género de opinión) janri tarkibiga kiruvchi (bosh muharrir minbari, kolonka, fikriy maqola, bosh muharrirga xat, taqriz) kichik janrlarda “yumshoq xabar” (noticias blandas)ning illokutiv kuchi va perlokutiv samarasi, adresatga yoʻnaltirilgan nutqiy etiket formulalari tarkibiga kiruvchi murojaat mexanizmlari orqali yaqinlik va hamjihatlikni shakllantirishi, feʼlning birinchi shaxsda tuslanishi bilan jurnalist-publisist nutqiy-kommunikativ niyatining ochiq shaklda namoyon bo‘lishi aksiologik jihatdan dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ispan gazeta tilining janr xususiyatlarini o‘rganish va uni lingvopragmatik aspektda tadqiq qilish jarayonida olingan natijalar asosida:
Ispaniyaning ko‘pmillatli va ko‘ptilli ijtimoiy-siyosiy muhitiga ko‘ra ispan gazeta-publisistik uslubi davlat tili hisoblangan kastelyano (castellano) bilan bir qatorda euskera (euskera), katalan (catalá) va galego (gallego) tillarining institutsional va diskursiv faolligi negizida shakllangan va rivojlangan ispan matbuot tili “axborot” uzatuvchi vosita emas, balki jamoat ongini shakllantiruvchi kommunikativ tizim ekani bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 10-martdagi 03-33-1327-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida ishlab chiqilgan dastur va materiallarning mazmunini boyitishga erishilgan;
media olami lisoniy manzarasini yaratishda ispan millatiga xos qadriyatlar tizimi ochiq va o‘zgaruvchan kommunikativ tizim ekani isbotlanib, unda “makon-mentalitet-jurnalist til mahorati” triadasi milliy auditoriya dunyoqarashini shakllantirishning nafaqat ta’sir etuvchi, balki ma’naviy mezonlarni belgilab beruvchi baholovchi mexanizmi sifatida amal qilishi zamonaviy ispan gazeta tilining leksik qatlami milliy variantliligi asosida aniqlanganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy axborot agentligining ispan tilida tayyorlanadigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy matnlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2025-yil 30-martdagi 01-23/329-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, matnlarning milliy-madaniy, aksiologik va pragmatik mazmuni boyigan;
Ispaniya Qirolligining ijtimoiy-siyosiy modeli bilan uzviy bogʻliq holda axboriy (reportaje informativo) va tahliliy (reportaje interpretativo) reportaj janrlari mediadiskursida “obektiv hujjatli axborot→muallifning subektiv talqini” mexanizmi mafkuraviy (nashr siyosati) va shaxsiy (muallif uslubi) omillar kesishmasida quriladigan murakkab kommunikativ tizim ekani tilning tasviriy vositalari, ritorik so‘roq hamda nolisoniy vositalar orqali dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan Polshaning Silesiya universiteti Erasmus+ GRANT AGREEMENT – ACADEMIC STAFF MOBILITY FOR TEAChING 2022/2023/2024, AGREEMENT NO: 2022-1-PL01-KA171-HED-000079665 (2023-1-PL01-KA171-HED-000144066) ilmiy loyihasida foydalanilgan (Polsha Respublikasi Silesiya universitetining 2025-yil 4-iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida ishlab chiqilgan dasturlar va ilmiy tadqiqot ishlarining mazmun-mohiyati takomillashtirilgan;
ispan mediamakonida tanqidiy maqola (la crítica) va sharh (la crónica) janrlari voqelik interpretatsiyasida implisit (yashirin) ma’noning mulohazali ishoralar orqali ishonchli ma’lumot, faol harakatga undovchi akt hamda ifodaviy vositalar uygʻunligida adresat ongi va hissiyotiga bir vaqtning o‘zida ta’sir etuvchi nutqiy strategiyalarining lingvopragmatik modeli, fikr janri esa aksiologik baho va normativ yoʻnalish beruvchi strategik diskurs ekaniga oid ilmiy xulosalardan Polshaning Silesiya universiteti PROM-NAWA (FERS.01.05-IP.08-0218/23/ Krótkookresowa wymiana akademicka sposobem na podniesienie jakości kształcenia w instytucjach szkolnictwa wyższego i nauki) ilmiy loyihasida foydalanilgan (Polsha Respublikasi Silesiya universitetining 2025-yil 4-iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan dasturlar va ilmiy tadqiqot ishlarining mazmuni boyitilgan;
fikr (género de opinión) janri tarkibiga kiruvchi (bosh muharrir minbari, kolonka, fikriy maqola, bosh muharrirga xat, taqriz) kichik janrlarda “yumshoq xabar” (noticias blandas)ning illokutiv kuchi va perlokutiv samarasi, adresatga yoʻnaltirilgan nutqiy etiket formulalari tarkibiga kiruvchi murojaat mexanizmlari orqali yaqinlik va hamjihatlikni shakllantirishi, feʼlning birinchi shaxsda tuslanishi bilan jurnalist-publisist nutqiy-kommunikativ niyatining ochiq shaklda namoyon bo‘lishi aksiologik jihatdan dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan ishlab chiqilgan axborot kodeksi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazining 2026-yil 31-martdagi 01-01-16-223 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kodeks loyihasi zamonaviy mediamakonda janr o‘zgarishiga oid materiallar bilan boyitilgan.