To‘laboev Olim Oltinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rauf Parfi she’riyati poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Fil1052.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor, Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor, Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Rauf Parfining XX asr o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, shoir she’riyatining mavzular ko‘lami, poetik mahorati, badiiy kashfiyotlarini she’rlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rauf Parfining tarjimai holiga oid ma’lumotlar va she’riyatidagi biografik unsurlarni parallel tekshirish natijasida shoir ilmiy biografiyasi yaratilib, uning ijodkor sifatida shakllanishida xizmat qilgan omillar aniqlangan va zamon, ijodkor, she’riyat kesimida uning o‘zi yashagan davrga munosabati dalillangan;
shoir ijodining mavzular ko‘lami aniqlangan va bugunga qadar adabiyotshunoslik e’tiboridan chetda qolib kelayotgan Turkiston birligi g‘oyasi bilan bog‘liq she’rlari hamda o‘z yurtidan quvg‘inga uchragan qirimlilar fojeasi haqidagi “Qirim xayollari” turkumi asarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari ilmiy asoslangan;
Rauf Parfining adabiy-estetik qarashlarini asoslash orqali uning ijodiy konsepsiyasi aniqlangan va ushbu konsepsiyaning shakillanishiga xizmat qilgan jahon hamda milliy adabiyotning ta’siri masalalari isbotlangan;
shoir o‘z ijodiy faoliyati davomida foydalangan she’riy janrlar aniqlangan va Rauf Parfi tomonidan o‘zbek she’riyatiga ilk marotaba olib kirilgan poetik janrlar va she’riy shakllar tekshirilib, ularning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari misollar bilan dalillangan;
sarbast, erkin va nasriy she’r kabi she’riy shakllarning Rauf Parfi ijodidagi o‘rni aniqlangan, ularning poetik nuqtai nazaridan bir-biriga o‘xshash, farqli va o‘ziga xos jihatlari isbotlanib, Rauf Parfi o‘z she’rlarida istifoda etgan vazn turlari va ularning poetik xossalari hamda shoir qo‘llagan badiiy tasvir vositalari yordamida shoirning poetik mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rauf Parfi she’riyati poetikasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Rauf Parfining tarjimai holiga oid ma’lumotlar va she’riyatidagi biografik unsurlarni parallel tadqiq etish natijasida shoir ilmiy biografiyasi yaratilgani, uning ijodkor sifatida shakllanishida xizmat qilgan omillar o‘rganilgani va zamon, ijodkor, she’riyat kesimida uning o‘zi yashagan davrga munosabati belgilanganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 23-yanvardagi № 04/1-354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Rauf Parfining tarjimai holiga oid ma’lumotlar va she’riyatidagi biografik unsurlar tahliliga oid yangi ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
shoir ijodining mavzular ko‘lami aniqlangani va bugunga qadar adabiyotshunoslik e’tiboridan chetda qolib kelayotgan Turkiston birligi g‘oyasi bilan bog‘liq she’rlari hamda o‘z yurtidan quvg‘inga uchragan qirimlilar fojeasi haqidagi “Qirim xayollari” turkumi tadqiq etilganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 raqamli “Bolalar abiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 23-yanvardagi № 04/1-355-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma shoir ijodining mavzular ko‘lami aniqlanganiga oid materiallar va Rauf Parfiining yangi she’rlari bilan boyishiga xizmat qilgan;
Rauf Parfining adabiy-estetik qarashlarini tadqiq etish orqali uning ijodiy konsepsiyasi o‘rganildgani va ushbu konsepsiyaning shakillanishiga xizmat qilgan jahon hamda milliy adabiyotning ta’siri masalalari asoslanganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 23-yanvardagi № 04/1-354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Rauf Parfining adabiy-estetik qarashlarini tadqiq etish orqali uning ijodiy konsepsiyasi o‘rganildgani va ushbu konsepsiyaning shakillanishiga doir yangi ilmiy xulosalar bilan boyishiga erishilgan;
shoir o‘z ijodiy faoliyati davomida foydalangan she’riy janrlar aniqlangani va Rauf Parfi tomonidan o‘zbek she’riyatiga ilk marotaba olib kirilgan poetik janrlar va she’riy shakllar o‘rganilib, ularning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari misollar bilan dalillanganiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” yo‘nalishi doirasidagi 53-band ijrosini bajarishda foydlanilgan (Raspublika ma-naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoy-ma’naviy tadqiqotlar markazining 2026-yil 22-yanvardagi 10/58-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy takliflar, xulosalar va amaliy tavsiyalar Rauf Parfining XX asr o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, uning poetik mahorati, badiiy tafakkuri va adabiy kashfiyotlarini keng jamoatchilikka etkazish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot jarayonlarining mazmunini boyitishga yordam bergan;
sarbast, erkin va nasriy she’r kabi she’riy shakllarning Rauf Parfi ijodidagi o‘rni aniqlangani, ularning poetik nuqtai nazaridan bir-biriga o‘xshash, farqli va o‘ziga xos jihatlari isbotlangani, Rauf Parfi o‘z she’rlarida istifoda etgan vazn turlari va ularning poetik xossalari aniqlangani hamda shoir qo‘llagan badiiy tasvir vositalari yordamida shoirning poetik mahorati, usta san’atkor sifatidagi kashfiyotlari ko‘rsatib berilganiga doir xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2026-yil 21-yanvardagi 15-33/57-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talatomoshabinlarning Rauf Parfining hayoti va ijodi, yangi e’lon qilinmagan she’rlari haqidagi bilimlari yanada boyishiga xizmat qilgan.