Maxkamova Durdona Nematovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasining modernizatsiyalashuvi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2018.3PhD/Fil492
Ilmiy rahbar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulxay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili terminologik tizimlarida modernizatsiyalashuv hodisasining voqelanishi va uni vujudga keltiruvchi omillarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modernizatsiyalashuvning lingvistik hodisa sifatidagi xususiyatlari va uni keltirib chiqaruvchi omillar aniqlanib, tilni modernizatsiyalash masalalari ochib berilgan;
mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, aniq va tabiiy fanlar terminologik tizimlarida modernizatsiyalashuvning voqelanishi terminologik tizimdagi mazmuniy, metodologik, semantik va struktur o‘zgarishlar asosida dalillangan;
hozirgi o‘zbek terminografiyasining o‘ziga xos jihatlari yoritilgan hamda terminografiyani modernizatsiyalash yo‘llari va ularni sohaga joriy qilish usullari ko‘rsatilib, terminologik lug‘atlar misolida isbotlangan;
o‘zbek tili terminologiyasi doirasida modernizatsiyalashuvning aks etishi, uni vujudga keltiruvchi omillar, terminlarda voqelanishi kabi masalalar ilk marotaba nazariy planda asoslangan va hodisa bilan bog‘liq muammoli jihatlar aniqlanib, ularni hal etishga doir nazariy hamda amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasi modernizatsiyalashuvi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
modernizatsiyalashuvning lingvistik hodisa sifatidagi xususiyatlari, tilni modernizatsiyalash unsurlarini aniqlash kabi masalalar tahliliga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2021-yillarda amalga oshirilgan I-OT-2019-42 – “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-sentyabrdagi 01/4-3920-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek terminlarining modernizatsiyalashuvi, hodisaning terminlarda voqelanishi, yangi terminlar va ma’nolari loyihani yanada boyitishga xizmat qilgan;
hozirgi o‘zbek terminografiyasining o‘ziga xos jihatlari hamda terminografiyani modernizatsiyalash tamoyillari va ularni sohaga joriy qilish kabi masalalarni tahlil qilish haqidagi xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 26-avgustdagi 01/4-3759-sonli ma’lumotnomasi). Natijada terminografiyani modernizatsiyalash tamoyillari va ularni sohaga joriy qilish kabi masalalarni tahlil qilishga erishilgan;
mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, aniq va tabiiy fanlar terminologik tizimlarida modernizatsiyalashuvning voqelanishi, terminologik tizimdagi mazmuniy, metodologik, semantik va struktur o‘zgarishlar kabi masalalar tahlil qilinganiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 26-avgustdagi 01/4-3760-sonli ma’lumotnomasi). Natijada neyming tizimidagi mazmuniy, metodologik, semantik va struktur o‘zgarishlar kabi masalalarga oid materiallar bilan boyitilgan;
o‘zbek tili terminologiyasi doirasida modernizatsiyalashuvning aks etishi, uning soha vakillari nutqida voqelanishi, terminologik tizimning til taraqqiyotidagi o‘rni, terminning ilmiy uslubni shakllantirishdagi ahamiyati, terminologik tizim mukammalligi fan yoki soha taraqqiyotini belgilovchi omil ekani haqidagi ilmiy, tahliliy fikrlar, taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning 2023, 2024-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Bedorlik”, “Adabiy jarayon” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DM ning 2024-yil 10-iyuldagi 04-36-829-sonli ma’lumotnomasi) Natijada o‘zbek tili leksikasining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, terminologik tizimlardagi mazmuniy va struktur yangilanishlar, tilning modernizatsiyalashuviga sabab bo‘luvchi omillar, integral sohalar terminologik tizimlaridagi o‘ziga xosliklar, o‘zbek tili terminologik tizimlarini modernizatsiyalash masalalarining keng jamoatchilikka etkazilishiga erishilgan.