Djumamuratova Gulbaxar Jenisbaevnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq va ingliz tillaridagi “Aq/White” va “Qara/Black” konseptlarining qiyosiy-lingvomadaniy tavsifi”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil3146.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najmatdinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus Davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismaylovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ahmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq va ingliz tillarida rang lingvomadaniy kodini aniqlash, kognitiv-semantik maydonini tavsiflash, yozma va folklor matnlardagi “Aq/White” va “Qara/Black” rang birliklarining milliy-mental xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq va ingliz lingvomadaniyatlaridagi “Aq/White” va “Qara/Black” konseplarining kompleks qiyosiy-lingvomadaniy tahlili amalga oshirilib, ularning umumiy, tipologik jihatdan o‘xshash va o‘ziga xosligi aniqlangan;
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi “Aq/White” va “Qara/Black” konseptlari semantik maydoni yadrosini oq va qora rangdan iboratligi hamda ijobiy-salbiy baho semasi, yorug‘lik-qorong‘ulik, hayot-o‘lim, insonning ruhiy his-tuyg‘ularining yaxshi-yomon kabi xususiyatlari, noaniqlikni qabul qilish bilan bog‘liq insoniyat uchun universal bo‘lgan kognitiv assotsiatsiyalarning aks etishi,              antroposentrik-semantik jihatdan ifodalanishi isbotlangan;
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar, naql-maqollar tarkibidagi “Aq/White” va “Qara/Black” konseptlarining qo‘llanish xususiyatlari aniqlangan, ularning qo‘llanilishining barqaror namunalari ochib berilgan;
o‘rganilayotgan rang konseptlarining kognitiv modellari va freym tahlili amalga oshirilgan, taqqoslanayotgan lingvomadaniyatlarda ularning aks etish xususiyatini aniqlovchi madaniy kodlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Aq/White” va “Qara/Black” rangli konseptlarni lingvomadaniy o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar, naql-maqollar tarkibidagi “Aq/White” va “Qara/Black” konseptlarining qo‘llanish xususiyatlari aniqlangan, ularning qo‘llanilishiga oid ilmiy xulosalaridan  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan FA-FI-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini ilmiy o‘rganish mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 7-iyuldagi 382/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligida rang konseptlarining frazeologizmlar va naql-maqollar bilan bog‘liq materiallar hamda tarjima bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmunini boyitishda amaliy yordam bo‘lib, jamoatchilikning milliy mentalitetga xos bo‘lgan muomala madaniyatini shakllantirishga erishilgan;
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi “Aq/White” va “Qara/Black” konseptlari semantik maydoni yadrosini oq va qora rangdan iboratligi hamda ijobiy-salbiy baho semasi, yorug‘lik-qorong‘ulik, hayot-o‘lim, insonning ruhiy his-tuyg‘ularining yaxshi-yomon kabi xususiyatlari, noaniqlikni qabul qilish bilan bog‘liq insoniyat uchun universal bo‘lgan kognitiv assotsiatsiyalarning aks etishi,              antroposentrik-semantik jihatlariga oid tahlillardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yil mart-aprel oylarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarida “Qoraqalpoq va ingliz tillaridagi “Aq/White” va “Qara/Black” konseptlarining qiyosiy lingvomadaniy ta’rifi” mavzusida ma’ruza qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yil 7-iyuldagi 11-09/5-07/518-son ma’lumotnomasi). Natijada, filologik tadqiqotlar, milliy til va undan samarali foydalanish, konseptlarning tillararo madaniy-ramziy ma’nolarini taqqoslash, lingvomadaniy konseptlar va rang kodlarini o‘rganish bo‘yicha nazariy asoslarni aniqlashga erishilgan;
qoraqalpoq va ingliz lingvomadaniyatlaridagi “Aq/White” va “Qara/Black” konseplarining kompleks qiyosiy-lingvomadaniy tahlili amalga oshirilib, ularning umumiy, tipologik jihatdan o‘xshash va o‘ziga xosligiga oid  materiallaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida oq va qora rang kodini qiyosiy o‘rganishda qoraqalpoq va ingliz tillarining o‘ziga xos xususiyatlari, tafakkur darajasi, urf-odatlari, til tarixi va dunyoqarashi, madaniyati xususiyatlarini yoritishda muzey materiallarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2025-yil 10-iyuldagi 258-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey initereri, ekspozisiyasi va zallarini ingliz tilidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashda, muzeyga tashrif buyuruvchi respublika va xorijiy mehmonlarni qoraqalpoq va ingliz tillarida tanishtirishga bag‘ishlangan ma’lumotlarni tarjima qilish, tahrirlash ishlari amalga oshirilib, keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan;
o‘rganilayotgan rang konseptlarining kognitiv modellari va freym tahlili amalga oshirilgan, taqqoslanayotgan lingvomadaniyatlarda ularning aks etish xususiyatini aniqlovchi madaniy kodlari haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining “Adabiy jurnal”, “Assalomu alaykum Qoraqalpog‘iston” ko‘rsatuvida, Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Ma’naviyat bo‘stoni”, “Badiiy adabiyotga bog‘liq portret” eshittirishlarida dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi telaradiokompaniyasining 2025-yil 9-iyuldagi 05-22/395-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq va ingliz tillaridagi “Aq/White” va “Qara/Black| rang konseptlarining semantikasini lingvomadaniy, paremiologik matnlar orqali yoritishda kommunikativ-pragmatik xususiyatlarning bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega ekanligi, shu asosda ko‘rsatuv va eshittirishlarning milliy o‘zlikni anglashda ilmiy xalqchilligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish