Babadjanova Nargiza Xalbaevnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq olam manzaralarida “odam” mifologemasining voqelanishi”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2238.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD. 03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlar doktori (DSc), professor; Qozoqboeva Dilfuzaxon Ilxomjon qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq olam manzaralarida “odam” mifologemasining voqelanishi xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq matnlari (folklor, badiiy, marosimiy, zamonaviy diskurs) kesimida “odam” mifologemasining mikrokosmos (shaxs) va makrokosmos (koinot) o‘rtasidagi uzviy paralelligi “odam-olam” integrativ modeli ilmiy asosda modellashtirilgan;
ritual-semiotik protokol va funksional xarita asosida ajratilib, ularning marosim ssenariysi (kirish-o‘rtasi-yakun) va kommunikativ funksiyalari (himoya, baraka, la’nat, muvozanatni tiklash) bo‘yicha “formula katalogi + funksional xarita” ishlab chiqilgan;
doston, ertak, qo‘shiqlarda vazifa almashinuvi matrisa ko‘rinishida xaritalanib, antroponimlar uchun “onomastik protokol” va kundalik leksikada (mehnat, taom) sakral izlarni ko‘rsatuvchi leksik-semantik maydon modeli qurilgan;
mifopoetik, kognitiv-semantik, paremiologik, somatik frazeologik, onomastik va intertekstual usullar metodologik triangulyasiya va ishonchlilik standartlari asosida bir tizimda uyg‘unlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoni o‘rganish davomida olingan natijalarga asoslanib:
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq matnlari (folklor, badiiy, marosimiy, zamonaviy diskurs) kesimida “odam” mifologemasining mikrokosmos (shaxs) va makrokosmos (koinot) o‘rtasidagi uzviy paralelligi “odam-olam” integrativ modeli haqidagi xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 11-oktyabrdagi №01/4-4849-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq matnlaridagi “odam” mifologemasi konseptual metafora, freym va motiv tahlillari uchun izohli qatlam (teglar, atributlar, manba rekvizitlari) bilan ta’minlangan;
ritual-semiotik protokol va funksional xarita asosida ajratilib, ularning marosim ssenariysi (kirish-o‘rtasi-yakun) va kommunikativ funksiyalari (himoya, baraka, la’nat, muvozanatni tiklash) bo‘yicha “formula katalogi + funksional xarita” ishlab chiqishga doir xulosalardan F-7-13-sonli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 13-oktyabrdagi №04∕11-22389-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjima amaliyoti va til o‘qitishiga mo‘ljallangan didaktik to‘plam (kredit-modul syllabusi, mashq kartalari, baholash mezonlari) hamda til texnologiyalari uchun boshlang‘ich leksik-semantik ro‘yxatlar (lemmalar, kollokatsiyalar, motivlar) bo‘yicha ma’lumotlar bazasi kengaytirilgan;
doston, ertak, qo‘shiqlarda vazifa almashinuvi matrisa ko‘rinishida xaritalanib, antroponimlar uchun “onomastik protokol” va kundalik leksikada (mehnat, taom) sakral izlarni ko‘rsatuvchi leksik-semantik maydon modeli qurilishiga oid xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi fondidagi materiallardan foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 2-oktyabrdagi №01-02∕03-206-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey eksponatlari materiallarining tarjimalari yangilangan;
mifopoetik, kognitiv-semantik, paremiologik, somatik frazeologik, onomastik va intertekstual usullar metodologik triangulyasiya va ishonchlilik standartlari asosida bir tizimiga oid xulosalardan 2025-yil iyul va avgust oylarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi O‘zbekiston teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 05-09-1391-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda ingliz, oʻzbek va qoraqalpoq matnlaridan tuzilgan uch til korpusi “odam-olam” integrativ modeli xususiyatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar, qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish orqali chiqarilgan xulosalar o‘zbek tilshunosligi uchun yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi manba sifatida xizmat qilishi ta’minlagan.