Bayimbetova Mexriban Berdibaevnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlarning fonetik-morfologik va semantik xususiyatlari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil4620.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tanirbergenov Jenisbay Otepbergenovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Rahmatova Mehriniso Musinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlarni o‘rganish, ularning fonetik, morfologik va semantik xususiyatlarining o‘xshashlik va farqlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlar ilk bor qiyosiy-tipologik yo‘sinda o‘rganilib, ularning fonetik, morfologik hamda semantik tuzilishi tahlil qilingan va tadqiqot jarayonida mazkur tillardagi taqlid so‘zlarning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlanib, qiyoslanayotgan tillar tizimiga xos umumiy hamda o‘ziga xos xususiyatlar ilmiy asosda yoritib berilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlarni morfologik tuzilishi bo‘yicha o‘xshashliklari va farqli xususiyatlari aniqlanib, konversiya va affiksatsiya usullari orqali taqlid so‘zlarning boshqa so‘z turkumlariga o‘tishi o‘rganilgan va bu ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlar kategoriyasida mavjudligi aniqlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlar semantik jihatdan o‘rganilib, ikkala tilda ham tovushga va ko‘rinishga taqlid turlari mavjudligi aniqlangan va ikkala tilga xos tasniflarni jamlab yangi tasnif ishlab chiqilgan hamda ingliz tili kabi qoraqalpoq tilida ham holatga taqlid (sinestezik) turi mavjudligi aniqlangan va misollar bilan dalillangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlarning semantik variativligi qiyosiy jihatdan tadqiq qilinib, har ikki tilda taqlid so‘zlarning ko‘p ma’noliligi mavjudligi daliliy misollar asosida ko‘rsatilgan va ularning semantik variativligi kontekstda namoyon bo‘lishi taqlid so‘zlarga xos emotsional-hissiy hamda obrazli ma’nolarni aniqlash imkonini berishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoni o‘rganish davomida olingan natijalarga asoslanib:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlar ilk bor qiyosiy-tipologik yo‘sinda o‘rganilib, ularning fonetik, morfologik hamda semantik tuzilishi tahlil qilingan va tadqiqot jarayonida mazkur tillardagi taqlid so‘zlarning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlanib, qiyoslanayotgan tillar tizimiga xos umumiy hamda o‘ziga xosligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021–2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 20-oktyabrdagi 643/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyihaning yangi ilmiy materiallar bilan boyitilganligi, ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatining oshirilganligi hamda ishlab chiqilgan taqlid so‘zlar
tasnifining yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va ularni ta’lim jarayoniga joriy etishda samarali tatbiq etilganligi ta’minlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlarni morfologik tuzilishi bo‘yicha o‘xshashliklari va farqli xususiyatlari aniqlanib, konversiya va affiksatsiya usullari orqali taqlid so‘zlarning boshqa so‘z turkumlariga o‘tishi o‘rganilgan va bu ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlar kategoriyasida mavjudligi haqidagi ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan” ko‘rsatuvida jadval ko‘rinishida tomoshabinlarga va “Qayrlı tań”, “Bilimlendiriwde reforma” radioeshittirishlari orqali keng ommoga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 13-noyabrdagi 05-22/632-son ma’lumotnomasi). Natijada, teledastur va radioeshittirishlar orqali yangi ilmiy materiallar taqdim etilib, tomoshabinlarning ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlar haqidagi bilimlari yangi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlar semantik jihatdan o‘rganilib, ikkala tilda ham tovushga va ko‘rinishga taqlid turlari mavjudligi aniqlangan va ikkala tilga xos tasniflarni jamlab yangi tasnif ishlab chiqilgan hamda ingliz tili kabi qoraqalpoq tilida ham holatga taqlid (sinestezik) turi mavjudligiga oid xulosalar Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ijodiy seminarda taqdim etilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 12-noyabrdagi 89-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan seminar ishtirokchilarining qoraqalpoq va ingliz tillaridagi taqlid so‘zlar haqidagi ilmiy fikrlari yangi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi taqlid so‘zlarning semantik variativligi qiyosiy jihatdan tadqiq qilinib, har ikki tilda taqlid so‘zlarning ko‘p ma’noliligi mavjudligi daliliy misollar asosida ko‘rsatilgan va ularning semantik variativligi kontekstda namoyon bo‘lishi taqlid so‘zlarga xos emotsional-hissiy hamda obrazli ma’nolarni aniqlash imkonini berishi haqidagi xulosalardan “Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi” faoliyatida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 21-oktyabrdagi 01-02/03-223-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan ma’lumotlar muzeyning xalqaro madaniy aloqa almashinuvini rivojlantirishga va tashrif buyuruvchilar orasida qoraqalpoq madaniyatining chuqurroq anglashilishini ta’minlashga xizmat qilgan.