Kuldasheva Mo‘tabar Babakulovnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Fransuz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarning tarixiy etimologik tadqiqi; 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3859
Ilmiy rahbar: Shirinova Raima Hakimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11
Rasmiy opponentlar: Sarimsokov Xurshid Abdimaliqovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Mo‘minova Aziza Arslonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarning tarixiy-etimologik xususiyatlarini tahlil etish va ularning o‘zbek tili lug‘at tarkibidagi o‘rni hamda adstrativ ta’sir izlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chet tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning tillarni boyitishdagi o‘rni yangi semantik maydonlar yaratish, tilning kommunikativ imkoniyatlarini oshirish hamda zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga moslashuvchanligini ta’minlashdagi funksiyasi bilan izohlanib, so‘z o‘zlashtirishning tarixiy-etimologik bosqichi esa til tizimida fonetik, morfologik va semantik moslashuv jarayonlarining tizimli tahlili orqali dalillangan;
fransuz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarning epidigmatik xususiyatlari o‘zlashmalarning semantik kengayish darajasi, ma’no ko‘chishi, his-tuyg‘u va baholovchi konnotativ ma’nolari hamda nutqdagi stilistik funksiyalari orqali asoslangan;
o‘zbek tilidagi gallisizmlarda leksik parallel birliklarning semasiologik munosabatlari asosida “les faux amis” tushunchasi shaklan o‘xshash, ammo ma’no jihatidan farq qiluvchi birliklarning semantik tafovutlari, ma’no siljish sabablari hamda tarjimada yuzaga keladigan semantik noaniqliklarning kontekstual qo‘llanish doirasi va milliy til tafakkuriga moslashuv jarayonlari natijasi sifatida asoslangan;
o‘zlashma so‘zlarning tarixiy-etimologik tasnifida fransuz adstrativ izlarini tahlil etish bevosita fransuz tilidan kirib kelgan so‘zlarning boshqa tillar orqali o‘tganligini aniq belgilash imkoniyatini yaratishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Fransuz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarning tarixiy-etimologik tadqiqi” yuzasidan erishilgan ilmiy natijalari asosida:
chet tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning tillarni boyitishdagi o‘rni yangi semantik maydonlar yaratish, tilning kommunikativ imkoniyatlarini oshirish hamda zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga moslashuvchanligini ta’minlashdagi funksiyasi bilan izohlanib, so‘z o‘zlashtirishning tarixiy-etimologik bosqichi esa til tizimida fonetik, morfologik va semantik moslashuv jarayonlarining tizimli tahliliga doir amaliy tarliflardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari ayrim ko‘rsatuvlar ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Ma'rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 15-33/740-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zlashma so‘zlarning etimologik lugʻatini tuzish tamoyillari asosida matnlarda mavjud chet tillariga oid so‘zlarning fonetik va morfologik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilishiga erishilgan;
fransuz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarning epidigmatik xususiyatlari o‘zlashmalarning semantik kengayish darajasi, ma’no ko‘chishi, his-tuyg‘u va baholovchi konnotativ ma’nolari hamda nutqdagi stilistik funksiyalari tasnifiga doir xulosalaridan O‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos ata-malarga oid maqolalar bazasini yaratish (Wikipediya Ensiklopediyasi meʼzonlari asosida)” mavzusidagi amaliiy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univesitetining 2025-yil 30-sentyabrdagi 01/04-4580-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tiliga o‘zlashgan fransuz o‘zlashmalarining epidigmatik xususiyatlari ko‘ra tasniflanganligi amaliy tadqiqot loyihasining ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi gallisizmlarda leksik parallel birliklarning semasiologik munosabatlari asosida “les faux amis” tushunchasi shaklan o‘xshash, ammo ma’no jihatidan farq qiluvchi birliklarning semantik tafovutlari, ma’no siljish sabablari hamda tarjimada yuzaga keladigan semantik noaniqliklarning kontekstual qo‘llanish doirasi va milliy til tafakkuriga moslashuv jarayonlari natijasi ekanligiga, shuningdek o‘zlashma so‘zlarning tarixiy-etimologik tasnifida fransuz adstrativ izlarini tahlil etish bevosita fransuz tilidan kirib kelgan sozlarning boshqa tillar orqali o‘tganini aniq belgilash imkoniyatini yaratishiga doir nazariy manbalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillar davomida bajarilgan IL-7823051524-sonli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontestologik elektron tarjima lugʻat platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 30-sentyabrdagi 04/11-20910-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fransuz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarning epidigmatik, semantik-struktur va adaptatsiya xususiyatlari asosida guruhlashtirilgan o‘zlashma so‘zlar etimologik lug‘atini tuzish tamoyillari ishlab chiqildi.