Bai Jiening
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yangi media madaniyatini shakllantirishda tarmoq belgilarining ahamiyati (Xitoy va Rus tillari materiallarida); 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4126
Ilmiy rahbar: Kasimova Zamira Abdullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11
Rasmiy opponentlar: Jumabaeva Jamilya Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi yangi media madaniyatni shakllanishda tarmoq belgilarining ahamiyatini, ularning xitoy va rus tillarida qo‘llanilishini taqqoslash, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash vositasida aniqlash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarmoq tili sohasida avval yaratilgan tadqiqotlar tizimlashtirildi va ular asosida raqamli media imkoniyatlariga moslashtirilgan, so‘z madaniy xususiyatlarga ega bo‘lgan hamda lingvistik va nolingvistik belgilarni qamrab olgan aloqa shakli sifatida yangi media tilining ta’rifi ishlab chiqildi;
korpus va onlayn so‘rov natijalarining qiyosiy tahlili asosida xitoy va rus foydalanuvchilari o‘rtasidagi quyidagi sohalarda o‘xshashlik va farqli jihatlari aniqlandi: zamonaviy internet so‘zlari va emotikonlar to‘g‘risida bilish darajasi, ularning yangi internet tiliga bo‘lgan munosabatining sifati, yangi media tilidan foydalanish ko‘lami va chastotasi hamda o‘sha tilning foydalanuvchilari tomonidan idrok etish xususiyatlari ishlab chiqildi;
yangi media tilining tasnifi, tarkibi va ifodasi, o‘ziga xos morfologik o‘zgarishlar, shuningdek ularning paydo bo‘lishi va o‘sishining madaniy, ijtimoiy va psixologik omillari aniqlandi; yangi media madaniyatining ahamiyati yoritildi; xitoy va rus yangi media tillari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqli tomonlari keng ko‘lamliligi nuqtayi nazardan tahlil qilindi;
xitoy va rus yangi media tili birliklari korpusini tahlil qilish jarayonida o‘zining ixchamligi, his-tuyg‘uni ta’sirchan ifodalashi va mazmunga boyligi tufayli raqamli muloqotda qulayroq bo‘lgan belgilarning keng qo‘llanilishi yangi media tilining ramziy xususiyatini kuchaytirgani, uning yangi mazmun va rasmlar bilan tezda to‘ldirilishi esa internet foydalanuvchilari tiliga ambivalent (ikki tomonlama) ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy va rus yangi media tillarida internet belgilarining ishlatilishini taqqoslash asosida ularning yangi media madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyatini o‘rganish natijalari quyidagicha joriy etildi:
tarmoq tili sohasida ilgari bajarilgan tadqiqotlarni tizimlashtirish bilan bog‘liq ilmiy natijalar va ular asosida ishlab chiqilgan o‘z madaniy xususiyatlarga ega bo‘lib, raqamli media imkoniyatlariga moslashtirilgan, tarkibida lingvistik va nolingvistik belgilar bo‘lgan yangi muloqot shakli sifatidagi yangi media tilining ta’rifi Sichuan san’at va fanlar universitetining Adabiyot va jurnalistika fakultetida media tili kurslarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan. (Sichuan san’at va fanlar universitetining 2014010801-sonli 8.01.2024-yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, yangi media tilining xitoy va rus tillari o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni aniqlashtirish, foydalanuvchilarning internet madaniyati va yangi media vositalarining tilini rivojlantirish yo‘llarini chuqurroq tushunishga erishish mumkin bo‘ldi. Ushbu ilmiy natijalar, shuningdek, “O‘zbekiston va Xitoy: kelajak kalitlari” jurnalining nashrini tayyorlashda “Podrobno.uz” Axborot agentligi (“AH PODROBNO” MChJ 10.01.2024 yildagi 3-sonli ma’lumotnomasi) ishida ham qo‘llanilgan;
korpus va onlayn so‘rov natijalarining qiyosiy tahlili asosida xitoy va rus foydalanuvchilari o‘rtasidagi quyidagi sohalarda: zamonaviy internet so‘zlari va emotikonlar to‘g‘risida xabardorlik darajasi, ularning yangi internet tiliga bo‘lgan munosabatining sifati, yangi media tilidan foydalanish ko‘lami va chastotasi hamda o‘sha tilni foydalanuvchilar tomonidan idrok etish xususiyatlari aniqlangan o‘xshashlik va farqlar bilan bog‘liq ilmiy natijalardan №598340-EPP-1-2018-1-es-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) dasturlari Erasmus+ grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 22-yanvardagi 04/11-685-sonli ma’lumotnomasi) Natijalar kataloglar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlashda foydalanilgan va magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslar dasturiga kiritilgan;
yangi media tilining tasnifi, tarkibi va ifodasi, o‘ziga xos morfologik o‘zgarishlar, shuningdek ularning paydo bo‘lishi va o‘sishining madaniy, ijtimoiy va psixologik omillari va yangi media madaniyatining ahamiyati aniqlanganligi; xitoy va rus yangi media tillari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlari ko‘p o‘lchovli nuqtayi nazardan tahlil qilinganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi NNT “Konfusiy nomidagi O‘zbekiston-Xitoy instituti”da Xitoy tili chuqurlashtirilgan guruhlardagi darslarda qo‘llanilib kelinmoqda (2023-yil 18-dekabrdagi NNT “Konfusiy nomidagi O‘zbekiston-Xitoy instituti”ning 183/23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanilgan materiallar xitoy va rus yangi media tillarining navlari, tarkibiy xususiyatlari va ifodalarini aniqlashga imkon berdi, talabalarga xitoy va rus yangi media tillari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarini, shuningdek an’anaviy va ekzotik madaniyatlar, submadaniyatlar va ommaviy madaniyatning xususiyatlarini to‘g‘ri tushuntirishga xizmat qildi.
Xitoy va rus yangi media til birliklari korpusini tahlil qilish jarayonida o'z shaklining ixchamligi, his-tuyg'uni ta'sirchan ifodalashi va mazmunga boyligi tufayli raqamli muloqotda qulayroq bo‘lgan belgilarning keng qo‘llanilishi yangi media tilining ramziy xususiyatini kuchaytirganligi, uning yangi mazmun va obrazlar bilan tezda to‘ldirilishi esa internet foydalanuvchilari tiliga ambivalent (ikki tomonlama) ta’sir qilganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan Beijing Silk Road Culture Development Co. kompaniyasi faoliyatidagi ilmiy konferensiyalar va seminarlarni tayyorlashda foydalanilgan (Beijing Silk Road Culture Development Co.ning 2023-yil 28-dekabrdagi 20231228-002-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ikkala mamlakatda ham yangi media tilning rivojlanishi, shuningdek, internet foydalanuvchilarining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda tillarning sofligi va go‘zalligini saqlash va rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida xabardorlikning oshirilishiga erishildi;
milliy madaniyat, submadaniyatlar, xorijiy madaniyatlar va ommaviy madaniyatni o‘z ichiga olgan Xitoy va rus yangi media tillarining madaniy tarkibi bilan bog‘liq ilmiy natijalar, shuningdek, xitoylik internet foydalanuvchilari tomonidan qo‘llaniladigan lingvistik va nolingvistik belgilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, so‘rov natijalari va tadqiqotda yangi media tilining konstruktiv rivojlanishini samarali boshqarish bo‘yicha taklif qilingan amaliy tavsiyalardan Inner Mongolia  Paradise Grassland culture and Art company faoliyatida Ipak yo‘li bo‘ylab tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda foydalanilgan (Inner Mongolia Paradise Grassland culture and Art company kompaniyasining 2024-yil 18-yanvardagi № 20240118-001 ma’lumotnomasi). Natijada tadbir ishtirokchilari yangi media tilining o‘ziga xos xususiyatlarini, rus va xitoy yangi media tillari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni tushunishga, media tilining sofligi va uni rivojlantirish zarurligini anglashga muvaffaq bo‘ldilar.

Yangiliklarga obuna bo‘lish