Mavlanova Oybarchin Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida simpatiya va empatiya hodisalarining lisoniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5327
Ilmiy rahbar: Bolibekova Mavjuda Mardievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11.
Rasmiy opponentlar: Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor, Mamatov Adbimurod Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida simpatiya va empatiyani ifodalovchi birliklarning lisoniy xususiyatlaridagi o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillarida simpatiyaning ikki tomonlama emotsional-kommunikativ jarayon, empatiyaning bir tomonlama emotsional holat ekanligi aniqlanib, ularning lingvistik jihatdan funksional-semantik, noverbal, gender, pragmatik hamda stilistik, lingvomadaniy kabi xususiyatlari dalillangan; 
ingliz va o‘zbek tillarida simpatiya hamda empatiya leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra, salbiy va ijobiy vaziyatlarni ifodalovchi semalarga oid birliklar orqali tizimlashtirilib, ularning sintaktik xususiyatlari gapning ifoda maqsadiga ko‘ra, ingliz tilida taklif (sugGEStive), o‘zbek tilida istak gap orqali ifodalanishi isbotlangan; 
simpatiya va empatiya hodisalarini ifodalovchi birliklarning emotsional-obrazlilik orqali yuzaga kelish tafovutlari emotiv leksika, ravish-kuchaytirgichlar, ko‘chimlar, evfemizmlar kabi leksik-stilistik hamda inversiya, takrorlar, ritorik so‘roq gaplar, undovlar kabi sintaktik-stilistik vositalar yordamida aniqlangan;  
simpatiya va empatiyaga oid birliklarning undovlar, takrorlar evfemizmlar kabi lingvistik vositalar orqali namoyon bo‘lishi o‘xshash jihatlari, ingliz tilida emotsionallikni bildiruvchi vositalar (emotsiyani nomlovchi leksika, emotsional-baholovchi leksika, ravish-kuchaytirgichlar, inversiya, gradatsiya, undov gaplar, ritorik so‘roq gaplar, takrorlar), o‘zbek tilida esa obrazlilikni yuzaga keltiruvchi stilistik vositalar (metafora, frazeologizm, evfemizm) ustunligi farqli jihati sifatida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida simpatiya va empatiya hodisalarining lingvistik jihatdan o‘xshashliklari va o‘ziga xos jihatlarini aniqlashga bag ’ishlangan tadqiqotdagi nazariy takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida simpatiyning ikki tomonlama emotsional-kommunikativ jarayon, empatiyaning bir tomonlama emotsional holat ekanligiga oid ilmiy xulosalar hamda ularning lingvistik jihatdan funksional-semantik, noverbal, gender, pragmatik, stilistik va lingvomadaniy xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan 2025-yil 25-avgust hamda dekabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til-millat ko‘zgusi” nomli dasturlar ssenariylarini tayyorlash jarayonida nutqiy muloqotda hamdardlik, qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-emotsional munosabatlarni ifodalovchi til vositalaridan foydalanishni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi 2026-yil 13-fevraldagi 05-09-248 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv matnlarida emotsional-ekspressiv til vositalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi hamda nutqning kommunikativ ta’sirchanligini oshirilishiga erishildi;
ingliz va o‘zbek tillarida simpatiya hamda empatiyaning salbiy va ijobiy vaziyatlarini ifodalovchi semalariga oid birliklar tizimlashtirilib, ularning sintaktik xususiyatlari gapning ifoda maqsadiga ko‘ra, ingliz tilida taklif (sugGEStive), o‘zbek tilida istak gap orqali asoslanishiga doir ilmiy xulosa va natijalaridan 2020-2021-yillarda O‘zbek davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2025-yil 12-martdagi 1/04-198 ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda aniqlangan leksik-semantik va sintaktik xususiyatlar elektron lug‘atdagi terminlarning izohlarini semantik jihatdan aniqroq ifodalashga hamda lug‘at materiallarini ilmiy-uslubiy boyitishga xizmat qilgan;
simpatiya va empatiya hodisalarini ifodalovchi birliklarning emotsional-obrazlilik asosida yuzaga kelish tafovutlari emotiv leksika, ravish-kuchaytirgichlar, ko‘chimlar, evfemizmlar kabi leksik-stilistik hamda inversiya, takrorlar, ritorik so‘roq gaplar, undovlar kabi sintaktik-stilistik vositalar yordamida aniqlanganligiga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universiteti A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” mavzusidagi innovatsion loyihasida, xususan, elektron platforma mazmunini boyitishda, pedagoglarning kommunikativ-pragmatik hamda emotsional-ekspressiv kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqishda metodik asos bo‘lib xizmat qildi. Natijada pedagoglarning simpatiya va empatiyani nutqda adekvat va madaniyatlararo mos shaklda ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish