Alimjanova Shohsanam Azamat qizining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi polisemantik frazeologik birliklarning semantik-stilistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4397
Ilmiy rahbar: Bolibekova Mavjuda Mardievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11.
Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor, Suleymanova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi polisemantik frazeologik birliklar semantik-stilistik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi polisemantik frazeologik birliklarda komponentlar leksik ma’nolari susayishi natijasida yangi ma’nolar hosil bo‘lishi hamda ma’nolarning boyishi orqali semantik kengayishi kabi semantik o‘zgarish shakllari tavsiflangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar frazeologik birliklarining polisemiyasi metafora va metonimiya mexanizmlariga ko‘ra ochib berilgan hamda murakkab semantik bog‘lanishli polisemiya shakli aniqlangan bo‘lib, bu turdagi polisemiya frazeologik birliklarda parallel va ketma-ket semantik kengayish usullari orqali metaforik va metonimik ma’nolarga ega bo‘lishi bilan xarakterlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarda polisemiyaning namoyon bo‘lishi kontekstual-semantik hamda uslubiy jihatdan chog‘ishtirma usulda tahlil qilingan bo‘lib, bunda ingliz tili frazeologik birliklarida polisemiya badiiy va publisistik matnlarda mikro-kontekst doirasida, o‘zbek tilida esa asosan badiiy matnlarda makro-kontekst doirasida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
har ikki tildagi polisemantik frazeologik birliklarning semantik kengayishi asosidagi emotsional-ekspressiv imkoniyatlarining oshishi “stilistik gradientˮ qonuniyatiga bo‘ysunishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polisemantik frazeologik birliklarning semantik va lingvistik jihatlari tahlilidan olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi polisemantik frazeologik birliklarda komponentlar leksik ma’nolari susayishi natijasida yangi ma’nolar hosil bo‘lishi hamda ma’nolarning boyishi orqali semantik kengayishi kabi semantik o‘zgarish shakllari tavsiflanishiga doir ilmiy yangiligi hamda chog‘ishtirilayotgan tillar frazeologik birliklarining polisemiyasi metafora va metonimiya mexanizmlariga ko‘ra ochib berilganligiga oid natija va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida A-OT-2021-419 raqamli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 13-fevraldagi 04/11-5643-son ma’lumotnomasi) Natijada mazkur xulosalar loyiha doirasida yaratilgan elektron platformaning mazmunan boyishiga, dars jarayonini samarali tashkil qilishga va frazeologik birliklarni bolalar nutqiga moslashtirilgan holda soddalashtirib tushuntirishiga yordam beruvchi metodik yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qildi;
har ikki tildagi polisemantik frazeologik birliklarning semantik kengayishi asosidagi emotsional-ekspressiv imkoniyatlarining oshishi “stilistik gradientˮ qonuniyatiga bo‘ysunishi borasidagi ilmiy yangiligi va xulosalaridan 2024-2025-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekistonˮ teleradiokanalining “Ijod zavqiˮ, “Ta’lim va taraqqiyotˮ, “Millat va ma’naviyatˮ nomli eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 22-yanvardagi 26-36-944-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar o‘zbek tilshunosligi va lingvokulturologiya bilan bog‘liq ilmiy xulosalar bilan boyitilgan va teleradiokanal eshittirishlarining ilmiy-amaliy ahamiyati ortishiga, mazmunan mukammallashuviga erishilgan;
ingliz tili frazeologik birliklarida polisemiya badiiy va publisistik matnlarda mikro-kontekst asosida, o‘zbek tilida esa asosan badiiy matnlarda makro-kontekst doirasida namoyon bo‘lishiga doir ilmiy yangilik va xulosalaridan 2023-2024-yillar mobaynida “Musiqa va sanʼat o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslariˮ fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratishˮ mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-nemischa qisqacha izohli lug‘atiˮni yaratishda samarali foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 12-martdagi 1/04-199-sonli ma’lumotnomasi ). Natijada ushbu lug‘atning ilmiy-nazariy tomonlari yanada takomillashtirildi va sohaga oid frazeologik birliklarning tarjimasida adevatlikni ta’minlashga erishildi.