Abdusalamova Lobar Akbar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chingiz Aytmatov ijodida odorokolofonik birliklar poetikasi (rus tilidagi asarlar va ularning o‘zbekcha tarjimalari materialida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3812
Ilmiy rahbar: Ismailov Anvar Rustamovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Toirova Dilfuza Fayzullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abduvaxabova Umeda Mamatyusufovna, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chingiz Aytmatov asarlarining umumbashariy ahamiyatini va ommaviyligini ta’minlovchi badiiy tilining o‘ziga xosliklarini, xususan, odorokolofonik tushunchalarni ifodalovchi birliklarning qo‘llanishi va yozuvchining rus tilidagi nasriy asarlari matni va ularning o‘zbek tiliga tarjimalari misolida idrok etilishini qiyosiy tahlil asosida o‘rganish, ularning badiiy-estetik tafakkur takomilidagi o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chingiz Aytmatov asarlarida odorokolofonik ma’no va tushunchalarni ifodalovchi til birliklari zamonaviy adabiyotshunoslikda konseptual, postkolonial, kognitiv, antropotsentrik, lingvopoetik hamda sensor poetikaga asoslangan transmadaniy nazariy yondashuvlar shakllanishining yorqin namunasi sifatida dalillangan;
Chingiz Aytmatovning ilk hikoyalari poetikasida odorokolofonik ma’no va tushunchalar ramziyligining badiiy-estetik hamda badiiy-falsafiy vazifalari ochib berilgan hamda yozuvchi hikoyalarida ushbu birliklarning badiiy matnda qo‘llanishidagi funksional, semantik-ramziy va kontekstual integratsiya qonuniyatlari, shuningdek, bu orqali badiiy-estetik, struktur-funksional jihatlari aniqlangan;
Chingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Alvido, Gulsari!”, “Oq kema”, “Qiyomat” hamda boshqa roman va qissalarida odorokoloristik motivlarning poetikasi, ularning ramziy falsafasi, badiiy matndagi o‘rni, idrok etilishi, roli va ahamiyati tarjima matnlari asosida o‘rganilgan hamda asarlarning umumbashariy shuhrat qozonishidagi roli isbotlangan;
Chingiz Aytmatov asarlarining o‘zbekcha tarjimasida original matniga xos odorizmlarni, koloristik va fonologik ma’no hamda tushunchalarni ifodalovchi birliklar falsafasining idrok etilishi va qayta yaratilishidagi adekvat tarjimani amalga oshirishdagi yutuqlar hamda muallifning o‘ziga xos badiiy uslubini saqlashdagi kamchiliklarni ko‘rsatib berish natijasida tarjimashunoslikka oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Chingiz Aytmatov asarlarida odorokolofonik ma’no va tushunchalarni ifodalovchi til birliklari zamonaviy adabiyotshunoslikda konseptual, postkolonial, kognitiv, antropotsentrik, lingvopoetik hamda sensor poetikaga asoslangan transmadaniy nazariy yondashuvlar shakllanishining yorqin namunasi sifatida dalillangan natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 19-iyundagi 1244/02-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qitish bo‘yicha metodikalarning takomillashuviga erishilgan;
Chingiz Aytmatovning ilk hikoyalari poetikasida odorokolofonik ma’no va tushunchalar ramziyligining badiiy-estetik hamda badiiy-falsafiy vazifalari ochib berilgan hamda yozuvchi hikoyalarida ushbu birliklarning badiiy matnda qo‘llanishidagi funksional, semantik-ramziy va kontekstual integratsiya qonuniyatlari aniqlanishiga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 19-iyundagi 1243/02-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida “Qiyosiy adabiyotshunoslik”, “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti”, “Adabiyot o‘qitish metodikasi” fanlaridan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratishda, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Badiiy matn poetikasi”, “Madaniyatshunoslik”, “Lingvopoetika” bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qitishda zamonaviy talablarga mos lingvoportik ta’minot boyitilgan;
Chingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Alvido, Gulsari!”, “Oq kema”, “Qiyomat” hamda boshqa roman va qissalarida odorokoloristik motivlarning poetikasi, ularning ramziy falsafasi, badiiy matndagi o‘rni, idrok etilishi, roli va ahamiyati tarjima matnlari asosida o‘rganilgan hamda asarlarning umumbashariy shuhrat qozonishiga xizmat qilgan badiiy-estetik, mazmuniy va uslubiy omillarga oid ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida institutning o‘quv jarayoni, kurs va seminarlar tashkil etilishi, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda keng ko‘lamda va samarali tarzda qo‘llanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 19-iyundagi 1242/02-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida “Qiyosiy adabiyotshunoslik”, “Chet el adabiyoti”, “Matn poetikasi”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Badiiy adabiyot o‘qitish metodikasi va  tipologiyasi”, “Pragmatik adabiyotshunoslik” fanlarining tahliliy materiallari va manbalari bazasi boyitilishiga erishilgan;
Chingiz Aytmatovning katta epik janrlarga mansub (“Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Alvido, Gulsari!”, “Oq kema”, “Qiyomat” kabi) asarlarida odorokoloristik motivlar poetikasi, badiiy matndagi o‘rni, idrok etilishi, roli va ahamiyati qiyosiy tahlil qilingan materiallardan, shuningdek, yozuvchi asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasida original matniga xos odorizmlar, koloristik va fonologik ma’no hamda tushunchalarni ifodalovchi birliklarning idrok etilishi va qayta yaratilishidagi yutuq hamda kamchiliklar ko‘rsatib berilgan misollardan, ularning qiyosiy tahlili hamda tarjimashunoslikka oid tavsiyalardan Samarqand viloyat radiosida 2024-yil may oyi davomida efirga uzatilgan “Fayzli oqshom” eshittirishining navbatdagi sonlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-iyundagi 01-07/170-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar ssenariysining takomillashuviga, dasturning ilmiy va ilmiy-ommabop materiallar bilan boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish