Lolaeva Gulniso Geldiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek gazeta matnlarida metaforaning lingvokognitiv va lingvostilistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3165 
Ilmiy rahbar: Shermatov Akram Abduhakimovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Tursunov Mirzo Mahmudovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek gazeta matnlarida metaforalarning lingvokognitiv va lingvostilistik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish, ularning madaniyatlararo muloqotdagi kommunikativ-pragmatik funksiyalarini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek gazeta matnlarida qo‘llanilgan metaforalar, voqelikni konseptual qurish usullari, ularning metaforik modellar orqali amalga oshishi hamda gazeta diskursidagi axborot uzatish mexanizmlarining lingvokognitiv modellari tizimlashtirilgan;
ingliz va o‘zbek gazetalarida qo‘llanilgan metaforalarning stilistik imkoniyatlari, jumladan, emotsional taʼsirchanlik, ifodaviylik, ijtimoiy konnotatsiya tizimli o‘rganilib, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy kabi janrlar  bo‘yicha oydinlashtirilgan;
 leksik-semantik guruhlar, frazeologik birliklar va boshqa til vositalari orqali metaforaning kognitiv asoslari hamda metaforali til birliklarining ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanish mexanizmlari lingvokognitiv tahlil asosida dalillangan;
ingliz va o‘zbek gazetalarida qo‘llanilgan metaforalar orqali anglashilgan konseptual tafovutlarning madaniy interpretatsiya jarayonlariga taʼsiri aniqlanib, ularning pragmatik funksiyalari ilmiy jihatdan asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Ingliz va o’zbek gazeta matnlarida metaforaning lingvokognitiv va lingvostilistik xususiyatlari” mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida:
ingliz va o‘zbek gazeta matnlarida qo‘llanilgan metaforalar, voqelikni konseptual qurish usullari, ularning metaforik modellar orqali amalga oshishi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 3-iyundagi 01/4-2276-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gazeta diskursidagi axborot uzatish mexanizmlarining lingvokognitiv modellari tizimlashtirilgan;
ingliz va o‘zbek gazetalarida qo‘llanilgan metaforalarning stilistik imkoniyatlari, jumladan, emotsional taʼsirchanlik, ifodaviylik, ijtimoiy konnotatsiya tizimli o‘rganilib, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy kabi janrlar  bo‘yicha olingan xulosalaridan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 6-oktyabrdagi 84-03-3726-sonli xatiga asosan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar instituti 2025-yil 11-iyundagi 1752/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metaforalarning ikki tildagi umumiy hamda farqli jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinib,  janrlar bo‘yicha jihatlari oydinlashtirilgan;
leksik-semantik guruhlar, frazeologik birliklar va boshqa til vositalari orqali metaforaning kognitiv asoslari hamda metaforali til birliklarining ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanish mexanizmlari lingvokognitiv tahlil asosida erishilgan natijalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda olib borilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan.(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 3-iyundagi 01/4-2277-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida ilmiy yangilik sifatida gazeta matnida metaforizatsiya jarayonining lingvokognitiv tahlili olib borilgan va metaforaning turlari hamda struktur-semantik xususiyatlari tadqiq qilingan; 
ingliz va o‘zbek gazetalarida qo‘llanilgan metaforalar orqali anglashilgan konseptual tafovutlarning madaniy interpretatsiya jarayonlariga taʼsiri aniqlanib, ularning pragmatik funksiyalari  xususida olib borilgan nazariy-ilmiy qarashlardan 2025-yil iyun oyida efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” tonggi dasturining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda manba sifatida qo‘llanilgan. (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 9-iyuldagi 01-07/243-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda metaforalarning madaniyatlararo muloqotda namoyon bo‘lishi hamda ularning kommunikativ kompetensiya shakllanishiga ta’siri metaforik tamoyillar asosida qiyosiy aniqlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish