Raxmatjonov O‘tkir Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kushkanatog‘ koni aralash tuzlarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4829.
Ilmiy rahbar: Mirzaqulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kushkanatog‘ koni aralash tuzlarini kompleks qayta ishlash yo‘li bilan magniy gidroksid (oksid), xloridlar, natriy va magniy sulfatlari sof tuzlarini olishning ilmiy asoslari va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vizual-politermik usullar asosida uch komponentli MgSO4–Na2SO4–H2O, MgSO4–NaCl–H2O hamda [84,2% Na2SO4·MgSO4·4H2O]–NaCl–H2O sistemalarning politetermik eruvchanlik diagrammalari o‘rganilgan va ushbu diagrammalar asosida individual va qo‘sh tuzlarning kristallanish (hosil bo‘lish) sohalari aniqlanib, ularni ajratib olish mumkinligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
Na2SO4 va MgSO4 aralash tuzlarining eruvchanlik xossalarini hisobga olgan holda, ularning to‘yingan eritmasidan astraxanit (bloedite) tuzini sintez qilish tadqiqoti olib borilgan va texnologik omillarining maqbul sharoitlari aniqlangan;
KKAAT-ni kompleks qayta ishlash orqali bosqichma-bosqich MgSO4·7H2O (epsomit), Na2SO4·10H2O (mirabilit) va NaCl (galit) tuzlarini olish jarayonlarining maqbul texnologik parametrlari aniqlangan;
KKAAT-larni sovutish usuli bilan turli haroratlarda qayta ishlash asosida MgSO4·7H2O, Na2SO4·10H2O va NaCl tuzlarini olish jarayonlarining moddiy balansi hisoblangan hamda moslashuvchan texnologik sxemalari ishlab chiqilgan;
KKAAT-larni kompleks qayta ishlash asosida Mg(OH)2, Na2SO4 va NaCl mahsulotlarini olish jarayonlari ilmiy asoslangan va texnologik jarayonlarning maqbul parametrlari aniqlangan;
KKAAT-larni neytrallash va sovutish usullari bilan qayta ishlash orqali Mg(OH)2, Na2SO4 va NaCl tuzlarini olish jarayonining moddiy balansi hisoblangan va moslashuvchan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. KKAAT-larini Mg(OH)2 (MgO), Na2SO4, MgSO4 va NaCl tuzlariga kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
KKAAT-larini Mg(OH)2 (MgO), Na2SO4, MgSO4 va NaCl tuzlariga kompleks qayta ishlash “Elektrokimyozavod” QK AJ-ning “2026-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJ-ning 2025 yil 9 apreldagi 48-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, KKAAT-larini kompleks qayta ishlab, Mg(OH)2 (MgO), Na2SO4, MgSO4 va NaCl tuzlarini ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi;
KKAAT-larini Mg(OH)2 (MgO), Na2SO4, MgSO4 va NaCl tuzlariga kompleks qayta ishlash texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ-ning “2026-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJ-ning 2025 yil 9 apreldagi 48-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, KKAAT-larini kompleks qayta ishlab Mg(OH)2 (MgO), Na2SO4, MgSO4 va NaCl tuzlari olish va ishlab chiqarishga joriy qilish imkoniyatini beradi.