Tortkulbaeva Tursinay Abdigazievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq hududidagi qozoq shoir-jirovlar merosi (qozoq-qoraqalpoq adabiy aloqalari misolida)”, 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (qozoq tili) (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil237.

Ilmiy rahbar: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.

Rasmiy opponentlar: Raqimjan Turisbek Sag‘imbekuli, filologiya fanlari doktori, professor; Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istondagi qozoq shoir-jirovlari adabiy merosining shakllanish tarixi, taraqqiyot bosqichlari va badiiyatini ustoz-shogirdlik an’analari kontekstida tadqiq etish asosida mazkur hududdagi qozoq-qoraqalpoq adabiy-fol`kloriy aloqalarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iboratdir.

III.Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:

Orolbo‘yi adabiy-fol`kloriy arealidagi qozoq shoir-jirovlari ijodiy an’anasining shakllanish tarixi va badiiy evolyusiyasi asosida bu adabiy meros qozoq xalqi milliy poetik tafakkurining lokal xususiyat kasb etuvchi tarkibiy qismi ekanligi isbotlangan;

adabiyotshunoslikda ilk bor qoraqalpog‘istonlik oqin-jirovlar adabiy merosining janriy tarkibi tasniflangan hamda qoraqalpoq adabiy-etnofol`kloriy muhitiga mansub baxshi-jirovlar bilan qozoq oqinlarining o‘zaro ustoz-shogirdlik munosabatlari epik repertuarni boyituvchi asosiy omil bo‘lganligi dalillangan;

o‘rta asrlardagi tarixiy-etnomadaniy jarayonlar natijasida mintaqa hududiga kelib o‘rnashgan qozoq millatiga mansub aholining fol`klor ijrochiligi va ijodkorligi o‘zining milliy an’analarini saqlab qolgani holda qoraqalpoq va o‘zbek baxshi-jirovlari ijodining ta’sirida o‘zining janriy tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va poetik kontekstida yangilanish jarayonini boshdan kechirganligi aniqlangan;

og‘zaki epik an’ana bilan individual ijodkorlikning sintezi sifatida shakllangan qozoq shoir-jirovlari badiiy an’anasining hududiy-lokal adabiy muhit sifatida gurkirab rivojlangan davri XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr birinchi yarmiga to‘g‘ri kelishi asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘istonda yashagan qozoq oqin-jirovlari adabiy merosining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning qoraqalpoq jirov-baxshilari bilan o‘zaro adabiy aloqalarini tadqiq etish asosida:

Qoraqalpoq diyorida qozoq shoir-jirovlarining o‘troqlashishi va qoraqalpoq jirov-baxshilari bilan ijodiy aloqalar tarixini qiyosiy o‘rganish natijasida olingan ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani hamda 2015–2017 yillarda bajarilgan FA-A1-G006 raqamli «Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarini tekstologik tahlil qilish va nashrga tayyorlash» mavzusidagi amaliy ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2019 yil 12 martdagi 178/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpog‘istonda yashagan qozoq shoir-jirovlari asarlaridagi ijrochilik, ijodkorlik va badihaguylik san’ati qoraqalpoq baxshi-shoirlarining epik ijodiyotiga ta’sir ko‘rsatganligi haqidagi ilmiy qarashlar isbotlangan;

Qoraqalpog‘istonda yashagan qozoq shoir-jirovlari bilan hududdagi ijodkorlarning o‘zaro ustoz-shogirdlik munosabatlari va do‘stligini o‘rganishga doir materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida jirovlar ijodi bo‘yicha ekspozisiyani boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 19 fevraldagi 2 04/330-son ma’lumotnomasi). Natijada qozoq shoir-jirovlari bilan hududdagi ijodkor shoir-jirovlarning ijodiy hamkorligi va adabiyotlar do‘stligining san’at asarlaridagi talqinlariga doir ma’lumotlarni keng ko‘lamda ommalashtirishga erishilgan.

qozoq va qoraqalpoq jirovlarining hayoti va ijodiy faoliyati, ularning asarlaridagi mushtarak jihatlar haqidagi ma’lumotlar hamda ilmiy-nazariy qarashlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi televideniesida 2018 yil aprel` oyida efirga uzatilgan «Sөnbes juldizlar» teleko‘rsatuvini tayyorlashda amaliyotga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 18 fevraldagi 01-0263-son ma’lumotnomasi). Natijada jirovlar ijodining ma’naviy qadriyatlar tizimini boyitishdagi o‘rni haqidagi ilmiy qarashlar omma orasida keng targ‘ib etilgan va keng xalq ommasi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish jirovlar ijodining roli ko‘rsatib berilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish