Karimov Israil Mirzaevichning 
fanl doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qattiq jismlar va plastik muhitlar o‘rtasidagi zarbali o‘zaro ta’sir” (Udarnoe vzaimodeystvie tverdix tel s plasticheskimi sredami) 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №  B2025.4.DSc/FM311
Ilmiy maslahatchilar – Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi Shemyakin Evgeniy Ivanovich hamda fizika-matematika fanlari doktori, professor Safarov Ismoil Ibrohimovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.T/FM.10.01 raqamli Ilmiy Kengash. 
Rasmiy opponentlar: Mardonov Botir  – fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yuldashev Sharofiddin – texnika fanlari doktori, professor; Ismoilov Kubaymurot – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq jismlarning elastik-plastik muhitlar bilan zarbali o‘zaro ta’siri jarayonlarini kompleks modellashtirish orqali material xususiyatlari, zarb beruvchining geometriyasi va to‘qnashuv tezligining penetratsiya dinamikasiga ta’sirini aniqlash, shuningdek, plastik sohalar va kontakt kuchlanishlarini tavsiflovchi takomillashtirilgan sonli-analitik metodologiyalarni ishlab chiqish hamda ularning qo‘llanilish imkoniyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ponaning og‘ish burchagi kritik qiymatga etganda, izolyasiyalangan sirpanish chizig‘i hosil bo‘lishi kuzatiladigan muhitni plastik deformatsiyalash mexanizmlari o‘zgarishini analitik tavsiflangan hamda maksimal botib kirish chuqurligini ta’minlaydigan optimal nosimmetrik zarba rejimi aniqlangan;
to‘la plastiklik rejimida g‘adir-budur aylanma jismlar botib kirishida turg‘un zonalar evolyusiyasining yangi qonuniyatlari aniqlangan hamda kichik ochilish burchagiga ega (β<15) konuslar uchun to‘la plastiklikning klassik sharti bajarilmasligi va bu holat yuqori baholash usulini qo‘llashni talab etishi isbotlangan;
to‘liq bo‘lmagan plastiklik rejimida erkin sirtning dastlabki cho‘kishidan plastik bo‘rtishiga o‘tish mexanizmi analitik tavsiflangan, shuningdek, indentor chuqurlashgan sari deformatsion-anizotrop to‘liq bo‘lmagan plastiklik sohasi qonuniy ravishda qisqarishi va to‘la izotrop plastiklik zonasi tomonidan siqib chiqarilishi isbotlangan;
yangi kinematik ruxsat etilgan tezliklar maydonlarini qurish va yassi silindr hamda ponasimon shtamp uchun ma’lum bo‘lgan echimlarga nisbatan chegaraviy bosim yuqori bahosining yanada aniqroq (eng kichik) qiymatlarini ta’minlovchi takomillashtirilgan analitik formulalar olingan; 
teshib o‘tish kuzatilmaganda zarba beruvchi jism qaytishining to‘rt bosqichli mexanizmini aniqlash va kritik teshib o‘tish tezliklarini belgilash, shuningdek, ikki qatlamli to‘siqning ballistik samaradorligi qatlamlar tartibiga sezilarli darajada bog‘liqligi isbotlangan, jumladan qatlamlarni «mis-alyuminiy» konfiguratsiyasida joylashtirishda zarba energiyasining maksimal yutilishi ta’minlangan va konstruksiyaning ballistik mustahkamligi oshgan;
gruntga botib kirishning zichlashish, siljishli siqib chiqarish va cho‘zuvchi kuchlanishlar hisobiga ko‘tarilma do‘nglik hosil bo‘lishini o‘zida mujassam etgan murakkab mexanizmi sonli asoslangan, shuningdek, qobiq ichidagi suyuqlik gidrodinamikasining sifat jihatidan o‘zgarishi fakti, ya’ni elastik to‘siqqa urilganda klassik chayqalish rejimidan, mutlaq qattiq to‘siq bilan to‘qnashganda yuqori tezlikdagi kumulyativ oqim hosil bo‘lishigacha o‘zgarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mazkur dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan hisoblash uslublari, algoritmlari va dasturlari boʻyicha olingan natijalar asosida: 
konstruksiyalarda harakatlanuvchi kuchlar ta’sirida yuzaga keluvchi tebranishlar va urilishlarni kamaytirish usullaridan 2012–2016-yillarda Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bajarilgan F-4-14 raqamli “Oqimdagi suyuqlikka ega bo‘lgan egri chiziqli erosti quvurlarining tashqi kuchlar ta’sirida kuchlanish–deformatsiya holatini hisoblash nazariyasini rivojlantirish va metod¬larini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihaga joriy qilingan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2025-yil 25-iyun 634-son sonli ma’lumotnomasi). Natijada, konstruksiyalarda rezonans zonalarini oldindan aniqlash imkoniyati yaratilgan;
qattiq asosning mustahkamlangan gruntli muhitda o‘zgarmas burchakda va tezlik yo‘nalishida kirib borishini o‘rganishning nazariy asoslaridan bino fundamentlarining cho‘kishiga baho berish; ishqalanish koeffisienti, shtamp shaklining turg‘unlik zonasi hajmiga ta’siri va seysmik yuklanishning intensiv bo‘lishi, konusning yarim tekislikka kirib borishi erkin sirt shaklining o‘zgarishini va grunt bikirligini hisobga olish metodikasi “Buxoro eksperimental loyihalash ilmiy tekshirish instituti” MChJ, Buxoro shahridagi “Qurilishloyiha” MChJ, “Uzjamoaloyiha” MChJ loyiha tashkilotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmik xavfsizlik masalalarini muvofiqlashtirish departamentining 2025-yil 6-avgustdagi №25/1-1114-sonli ma’lumotnoma). Natijada gruntlardagi poydevorlar uchun to‘liq va qisman plastiklik zonalarini aniqlash hamda erosti silindrsimon inshootlarning seysmik ta’sirlar bilan o‘zaro ta’sirlashuv holatini oldindan baholash imkoni yaratilgan; 
ishlab chiqilgan algoritm va dasturiy ta’minot «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining loyihalash ishlariga joriy etilgan (2025-yil 30-iyuldagi №23/01-01-07/534-sonli xulosa). Natijada, olingan ilmiy-texnik echimlarning amaliyotga tatbiq etilishi tog‘ jinslarini maydalash samaradorligini 15 foizgacha oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish