Muxamedov Xamidulla Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zaif aholi guruhlari orasida tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashga ko‘p yo‘nalishli yondashuvlar» 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1966.
Ilmiy rahbar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 06/2025.27.12.Tib.22.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaeva Shaxnoza Baxadirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Soipova Nodira Sagdullaevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga mansub tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni aniqlash va boshqarish uchun mul`tidissiplinar yondashuvni ishlab chiqish orqali tuberkulyoz kasalligini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ilmiy jihatdan asoslanib, ijtimoiy zaif aholi guruhlarida tuberkulyozni davolashga rioya etmaslik xavfini shakllantirishda tibbiy, ijtimoiy hamda psixologik omillarni aniqlashning ahamiyati aniqlangan;
ilk bor ijtimoiy zaif aholi guruhlarida tuberkulyozni davolashga rioya etmaslik xavfini kamaytirishga qaratilgan mul`tidissiplinar jamoani shakllantirish hamda uning funksional vazifalarini belgilash bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan;
ilk bor ijtimoiy zaif aholi guruhlarida tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni aniqlash, davolash va tibbiy hamrohlik qilishga qaratilgan mul`tidissiplinar yondashuv mezonlari aniqlangan;
ijtimoiy zaif aholi guruhlarida tuberkulyozni erta aniqlash va samarali davolash orqali tuberkulyoz infeksiyasining epidemiologik ta’sir etish darajasini pasaytirishda mul`tidissiplinar yondashuvning samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zaif aholi guruhlari orasida tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashga ko‘p yo‘nalishli yondashuvlar bo‘yicha ilmiy ish natijalari:
birinchi ilmiy yangilik:O‘zbekistonda ilk bor ijtimoiy zaif aholi guruhlari orasida tuberkulyoz kasalligini davolash rejimiga rioya qilish darajasini pasaytiruvchi tibbiy, ijtimoiy va psixologik omillar aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIATM Ilmiy kengashining 2021 yil 25 maydagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan "Aholining zaif qatlamlari orasida tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda mul`tidissiplinar yondashuv algoritmi" uslubiy qo‘llanmasining mazmuniga kiritilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Buxoro viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining (2021 yil 25 iyundagi 107/1-son buyruq) va Xorazm viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2021 yil 28 iyundagi 44-I-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari davolash rejimiga rioya qilish darajasi 20–25% ga oshdi, terapiya uzilishlari 15% ga kamaydi, qayta kasallanish holatlari 10% ga qisqarishiga hissa qo‘shdi. Iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha statsionar xarajatlarning oldi olinib, bir bemor hisobiga o‘rtacha 1200000 so‘m tejaldi, oylik hisobda esa 600000–750000 so‘mdan ortiq iqtisodiy samara olinganini ko‘rsatdi. Xulosa: o‘tkazilgan tadqiqot natijasida aholining zaif guruhlarida tuberkulyozni davolashga rioya qilish darajasiga ta’sir etuvchi tibbiy, ijtimoiy va xulq-atvor omillarini aniqlash hamda tibbiy xizmat ko‘rsatishda mul`tidissiplinar yondashuv algoritmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish davolash samaradorligini oshirishda va davolash xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, bu esa sog‘liqni saqlash tizimining ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor ijtimoiy zaif aholi guruhlarida tuberkulyoz kasalligini davolash rejimiga rioya qilish darajasini oshirish maqsadida mul`tidissiplinar jamoani shakllantirish va uning funksional vazifalarini aniqlashga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha tavsiyalar akademik Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIATM Ilmiy kengashining 2021 yil 25 maydagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan "Aholining zaif qatlamlari orasida tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda mul`tidissiplinar yondashuv algoritmi" uslubiy qo‘llanmasining mazmuniga kiritilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Buxoro viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining (2021 yil 25 iyundagi 107/1-son buyruq) va Xorazm viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2021 yil 28 iyundagi 44-I-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mul`tidissiplinar jamoa faoliyati natijasida bemorlarning shaxsiy rivojlanish rejalari ishlab chiqildi, davolashga ishonch kuchaydi, davolash rejimiga rioya qilish 30% ga oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratli holatlar 12–15% ga kamaydi, har bir bemor hisobiga 800000–1000000 so‘m mablag‘ tejaldi. Xulosa: mul`tidissiplinar jamoani shakllantirish va uning vazifalarini aniqlashga qaratilgan dasturiy yondashuv Buxoro va Xorazm viloyatlarida amaliyotga joriy etilib, mazkur model davolashga ishonchni va davolash rejimiga rioyani oshirib, asoratlar sonini kamaytirishga va sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli iqtisodiy tejamkorlikka olib keldi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor ijtimoiy zaif aholi guruhlarida tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni aniqlash, davolash va tibbiy hamrohlik qilishga qaratilgan mul`tidissiplinar yondashuv mezonlari bo‘yicha takliflar akademik Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIATM Ilmiy kengashining 2021 yil 25 maydagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan "Aholining zaif qatlamlari orasida tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda mul`tidissiplinar yondashuv algoritmi" uslubiy qo‘llanmasining mazmuniga kiritilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Buxoro viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining (2021 yil 25 iyundagi 107/1-son buyruq) va Xorazm viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2021 yil 28 iyundagi 44-I-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: erta tashxis qo‘yish ko‘rsatkichi 18% ga oshdi, bemorlarning kuzatuvdan chiqib ketish holatlari 20% ga kamaydi, davolashning uzluksizligi ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: takroriy gospitalizatsiyalar soni 15–18% ga kamaydi, davlat byudjeti hisobidan har oy 8250000 so‘mdan ziyod mablag‘ tejaldi. Xulosa: yaratilgan mul`tidissiplinar algoritm zaif aholi qatlamlarida tuberkulyozni erta aniqlash va uzluksiz tibbiy kuzatuvni ta’minladi, natijada tashxis ko‘rsatkichlari 18% ga oshdi, kuzatuvdan chiqib ketish holatlari 20% ga kamaydi, takroriy gospitalizatsiyalar 15–18% ga qisqardi hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy tejamkorlikni ta’minladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ijtimoiy zaif aholi guruhlarida tuberkulyozni erta aniqlash va samarali davolash orqali tuberkulyoz infeksiyasining epidemiologik ta’sir etish darajasini pasaytirishda mul`tidissiplinar yondashuvning samaradorligi bo‘yicha dalillarga asoslangan tavsiyalar akademik Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIATM Ilmiy kengashining 2021 yil 25 maydagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan "Aholining zaif qatlamlari orasida tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda mul`tidissiplinar yondashuv algoritmi" uslubiy qo‘llanmasining mazmuniga kiritilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Buxoro viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining (2021 yil 25 iyundagi 107/1-son buyruq) va Xorazm viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2021 yil 28 iyundagi 44-I-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: infeksiya yuklamasi 22% ga pasaydi, aholining sog‘lomlik darajasi hamda ijtimoiy barqarorligi oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: respublika miqyosida umumiy iqtisodiy yo‘qotishlar oyiga 16500000 so‘mgacha qisqardi. Xulosa: ilmiy jihatdan asoslangan mul`tidissiplinar yondashuv respublika amaliyotiga joriy etildi va ijtimoiy zaif aholi o‘rtasida tuberkulyozni erta aniqlash hamda davolash samaradorligini oshirdi, bu esa uning sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish