Gazieva Shoxida Rustamovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miya shikastlanishi va himoyasini belgilovchi oqsillarning insul`tning diagnostikasi va prognozidagi ahamiyati», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3PhD/Tib4904.
Ilmiy konsul`tant: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.04.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yokutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Koval`chuk Vitaliy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi miya shikastlanishi va himoyasiga oid signal biomarkerlarning o‘tkir va erta tiklanish davridagi ishemik insul`t og‘irligi hamda uning oqibatlarini baholashdagi prognostik ahamiyatini o‘rganish va ulardan reabilitatsiya terapiyasini personallashtirish maqsadida foydalanish imkoniyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishemik insul`tli bemorlarda erta tiklanish davridagi nevrologik nuqsonlar va kognitiv funksiyalar dinamikasi bilan birga asosiy signalli biomarkerlari: digomo-γ-linolen kislotasi (DGLA), fosfolipaza A2 guruxini IIE (PLA2GE2), peptidilarginindeyminaza 4 (PADI4), H-FABP va gemostaz parametrlari darajasi aniqlangan;
insul`tning og‘irligi va erta tiklanish natijalarini baholashda prognostik ahamiyati xamda DGLA, PLA2GE2 va PADI4 signalli elementlarining  molekulyar markerlari sifatida davolash samaradorligi  aniqlangan;
yangi potensial terapevtik nishonlar-insul`tdan keyingi neyroproteksiya va regeneratsiyada ishtirok etadigan, keyingi klinik foydalanish uchun istiqbolli tartibga soluvchi oqsillar (aktivatorlar va ingibitorlar) aniqlangan;
reabilitatsiya tadbirlari samaradorligida DGLA, PADI4, PLA2GE2, H-FABP roli xamda ularni reabilitatsiya terapiyasini kuzatish va tuzatish uchun marker sifatida ishlatishi asoslangan;
signalli oqsillar darajasining o‘zgarishi dinamikasini hisobga olgan holda neyro-reabilitatsiyada shaxsiy yondashuv uchun imkoniyatlar sifatida ishemik insul`tli bemorlarda dori-darmon va dori-darmonsiz terapiya tamoyillari, ko‘rsatkichlari va davomiyligini optimallashtirish mezoni ishlab chiqilgan 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishemik insul`tda klinik ko‘rsatkichlar, nevrologik defisit dinamikasi hamda funksional tiklanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning kasallik kechishi va salbiy klinik natijalar shakllanishidagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`tli bemorlarda erta tiklanish davridagi nevrologik nuqsonlar va kognitiv funksiyalar dinamikasi bilan birga asosiy signalli biomarkerlari: digomo-γ-linolen kislotasi (DGLA), fosfolipaza A2 guruxini IIE (PLA2GE2), peptidilarginindeyminaza 4 (PADI4), H-FABP va gemostaz parametrlari darajasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114- sonli qarori bilan tasdiqlangan 2025 yil 26 iyundagi 647/t va 648/t-sonli protokollari bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning erta tiklanish davri og‘irligini bashorat qilish usullari» hamda «Signal oqsil ko‘rsatkichlariga asoslangan ishemik insul`tni kombinirlangan terapiyasini optimallashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi (2025 yil 20 avgust, №65 buyruq) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida (2025 yil 29 avgust, №135 buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: DGLA, PLA2GE2 va PADI4 biomarkerlariga asoslangan individuallashtirilgan terapiya va reabilitatsiya usulini joriy etish bemorlarga moslashtirilgan, samarali davolash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri va o‘z vaqtidagi diagnostika va terapiya har bir bemor uchun 3000000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: Ushbu ilmiy innovatsiyani ishemik insul`tli bemorlarda qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimiga prognostik diagnostika va terapiyaning samarali modelini joriy etishga yordam beradi. Bu har bir bemor uchun taxminan 3000000 so‘mni tejashga va byudjet va byudjetdan tashqari xarajatlarni optimallashtirishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: insul`tning og‘irligi va erta tiklanish natijalarini baholashda prognostik ahamiyati xamda DGLA, PLA2GE2 va PADI4 signalli elementlarining  molekulyar markerlari sifatida davolash samaradorligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114- sonli qarori bilan tasdiqlangan 2025 yil 26 iyundagi 647/t va 648/t-sonli protokollari bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning erta tiklanish davri og‘irligini bashorat qilish usullari» hamda «Signal oqsil ko‘rsatkichlariga asoslangan ishemik insul`tni kombinirlangan terapiyasini optimallashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi (2025 yil 20 avgust, №65 buyruq) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida (2025 yil 29 avgust, №135 buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`tda patologik jarayon og‘irlik darajasini aks ettiruvchi biomarkerlar (DGLA, PLA2GE2 va PADI4) aniqlanishi va ular asosida optimallashtirilgan terapiya usullarining joriy etilishi bemorlarning statsionar davolanish muddatini qisqartirishga, kognitiv qobiliyatlarni tiklashga, ijtimoiy moslashuvni yaxshilashga va nogironlik holatlarini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik insul`tda asoratlar va nogironlikning oldini olish, erta va aniq diagnostika hamda optimallashtirilgan davolash usullari har bir bemor uchun taxminan 5156000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa: ishemik insul`tda biomarkerlar darajasidagi (DGLA, PLA2GE2 va PADI4) o‘zgarishlar darajasi va xususiyatiga asoslangan optimallashtirilgan terapiyani joriy etish davolash samaradorligini oshiradi va statsionar davolanish davomiyligini qisqartiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: yangi potensial terapevtik nishonlar-insul`tdan keyingi neyroproteksiya va regeneratsiyada ishtirok etadigan, keyingi klinik foydalanish uchun istiqbolli tartibga soluvchi oqsillar (aktivatorlar va ingibitorlar) aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114- sonli qarori bilan tasdiqlangan 2025 yil 26 iyundagi 647/t va 648/t-sonli protokollari bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning erta tiklanish davri og‘irligini bashorat qilish usullari» hamda «Signal oqsil ko‘rsatkichlariga asoslangan ishemik insul`tni kombinirlangan terapiyasini optimallashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi (2025 yil 20 avgust, №65 buyruq) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida (2025 yil 29 avgust, №135 buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: biomarkerlar DGLA, PLA2GE2 va PADI4 o‘zgarishlarining xarakteri va darajasiga qarab optimallashtirilgan terapiya usulini tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi, bu esa ishemik insul`tli bemorlarda klinik simptomatikani kamaytirishga, funksional holatni yaxshilashga va gospitalizatsiya muddatini qisqartirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri va o‘z vaqtidagi diagnostika va terapiya har bir bemor uchun taxminan 3000000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: ishemik insul`tda biomarkerlar (DGLA, PLA2GE2 va PADI4) o‘zgarishlarining xarakteri va darajasiga asoslangan individuallashtirilgan terapevtik strategiyalarni joriy etish klinik samaradorlikni oshiradi va bemorlarning statsionar davolanish muddatini qisqartiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: reabilitatsiya tadbirlari samaradorligida DGLA, PADI4, PLA2GE2, H-FABP roli xamda ularni reabilitatsiya terapiyasini kuzatish va tuzatish uchun marker sifatida ishlatishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2025 yil 26 iyundagi 647/t va 648/t-sonli protokollari bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning erta tiklanish davri og‘irligini bashorat qilish usullari» hamda «Signal oqsil ko‘rsatkichlariga asoslangan ishemik insul`tni kombinirlangan terapiyasini optimallashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi (2025 yil 20 avgust, №65 buyruq) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida (2025 yil 29 avgust, №135 buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`tda optimallashtirilgan davolash usulini qo‘llash bemorlarni tezroq reabilitatsiya jarayoniga jalb etish, klinik simptomatikani kamaytirish, sog‘ayish jarayonini tezlashtirish va nogironlik xavfini pasaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik insul`tning darajasi, og‘irligi va xarakteri o‘z vaqtida aniqlanishi hamda optimallashtirilgan terapiyaning belgilangan tartibda o‘tkazilishi kelgusidagi asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi, bu esa har bir bemor hisobiga taxminan 5156000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa: optimallashtirilgan ishemik insul`t terapiyasining ishlab chiqilgan usuli bemorlarda simptomlarning regressiyasini ta’minlaydi va davolash vaqtini qisqartiradi. Bu har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 5156000 so‘mgacha tejash imkonini beradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslardan maqsadli foydalanishga xizmat qiladi.
beshinchi ilmiy yangilik: signalli oqsillar darajasining o‘zgarishi dinamikasini hisobga olgan holda neyro-reabilitatsiyada shaxsiy yondashuv uchun imkoniyatlar sifatida ishemik insul`tli bemorlarda dori-darmon va dori-darmonsiz terapiya tamoyillari, ko‘rsatkichlari va davomiyligini optimallashtirish mezoni bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114- sonli qarori bilan tasdiqlangan 2025 yil 26 iyundagi 647/t va 648/t-sonli protokollari bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning erta tiklanish davri og‘irligini bashorat qilish usullari» hamda «Signal oqsil ko‘rsatkichlariga asoslangan ishemik insul`tni kombinirlangan terapiyasini optimallashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi (2025 yil 20 avgust, №65 buyruq) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida (2025 yil 29 avgust, №135 buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`tning xarakteri va og‘irlik darajasini erta aniqlashga qaratilgan kompleks diagnostik modellarning joriy etilishi bemorlarni o‘z vaqtida reabilitatsiya, klinik kuzatuv va optimallashtirilgan davolash dasturlariga jalb etish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik insul`tning darajasi, og‘irligi va xarakteri o‘z vaqtida aniqlanishi hamda optimallashtirilgan terapiyaning belgilangan tartibda o‘tkazilishi kelgusidagi asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi, bu esa har bir bemor hisobiga taxminan 5156000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa: ishemik insul`tda klinik, biokimyoviy, neyropsixologik va nevrologik ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan diagnostik model yuqori aniqlik va ishonchlilikka ega. Ushbu ilmiy ishlanmani amaliyotga joriy etish erta diagnostika, maqsadli terapiya, samarali ijtimoiy reabilitatsiya va byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish