Umurzaqov Utkir Komilovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uyushmagan yoshlar faolligini oshirishda bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatini takomillashtirish”, 13.00.04-Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1625.
Ilmiy rahbarlar: Yarashev Komil Dexqonovich pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor; Sharipova Dilara Djumaniyazovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institute.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor; Muxammadiev Komil Burxanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot:Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tadqiqotning maqsadi mahallalarda uyushmagan yoshlarning jismoniy faolligini oshirish orqali bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
mahallalarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport ishlarini samaradorligini oshirish uchun uyushmagan yoshlar bilan voleybolga asoslangan sport sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini jismoniy tayyorgarlik darajasida belgilangan maxsus testlar bilan integratsiyalashtirilgan maxsus jismoniy mashqlar kompleksini ishlab chiqish hisobiga uyushmagan yoshlarning jismoniy yuklamalari takomillashgan;
mahallalar o‘rtasida o‘tadigan voleybol musobaqalariga uyushmagan yoshlarning individual ampula o‘yinchilari (Setter, libero, I-II temp o‘yinchilari) texnik tayyorgarlik bazasini shakllantirishga qaratilgan gamifikatsion “A”, “B”, “C”, “D”, “E” bloklardan tashkil topgan maxsus dasturni ishlab chiqish hisobiga uyushmagan yoshlarning voleybol texnik tayyorgarligini o‘sish samaradorligiga erishilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatini mahalla instituti bilan uyg‘unlashgan ilmiy nazariy asoslarni tahlil qilish, ularning mahalla sportiga oid kompetensiyasining kongnitiv, mativatsion, kreativ, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatga yo‘naltirilgan mezonlarini aniqlash asosida mustaqil strategiyasini ishlab chiqish hisobiga tayyorgarlik jarayonini ishonchli baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislariga mahalla institutlari bilan sport sog‘lomlashtirish ishlari uchun model ishlab chiqish hisobiga talabalarda mahalla ananalariga oid bilimlarini ortishiga hamda kasbiy kompetensiyalarini real voqeylikda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uyushmagan yoshlar faolligini oshirishda bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatini monitoring qilish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
mahallalarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport ishlarini samaradorligini oshirish uchun uyushmagan yoshlar bilan voleybolga asoslangan sport sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini jismoniy tayyorgarlik darajasida belgilangan maxsus testlar bilan integratsiyalashtirilgan maxsus jismoniy mashqlar kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi uyushmagan yoshlarda jismoniy tayyorgarlik darajalarini aniqlashda Andijon viloyatidagi Oybek, Toshloq, Arg‘in, Turon, Toshhovuz va G‘alaba mahalla fuqarolar yig‘inlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabr kungi 03-16/12922-son ma’lumotnomasi). Natijada, 19-20 yoshli uyushmagan yoshlarning yoshga oid maxsus jismoniy tayyorgarlik darajalari o‘rtacha 12.23% ga, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari esa o‘rtacha 11.3% ga oshgan;
mahallalar o‘rtasida o‘tadigan voleybol musobaqalariga uyushmagan yoshlarning individual ampula o‘yinchilari (Setter, libero, I-II temp o‘yinchilari) texnik tayyorgarlik bazasini shakllantirishga qaratilgan gamifikatsion “A”, “B”, “C”, “D”, “E”bloklardan tashkil topgan maxsus dasturni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon viloyatining Arg‘in, Turon, Toshhovuz, G‘alaba, Oybek va Toshloq Mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi uyushmagan yoshlarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 02-02-01/1111-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatini takomillashtirish dasturi mahallalarda uyushmagan yoshlarning jismoniy faolligini oshirish sport faoliyatini rivojlantiruvchi strategiya sog‘lomlashtirish dasturlarida ishtirok etish madaniyatini rivojlantirishga, xizmat qilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatini mahalla instituti bilan uyg‘unlashgan ilmiy nazariy asoslarni tahlil qilish, ularning mahalla sportiga oid kompetensiyasining kongnitiv, mativatsion, kreativ, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatga yo‘naltirilgan mezonlarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon viloyatining Arg‘in, Turon, Toshhovuz, G‘alaba, Oybek va Toshloq Mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi uyushmagan yoshlarda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatining Mudofaa va xavsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 22-oktyabr kungi 35-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyaning ilmiy xulosalari, unda ilgari surilgan ilmiy taklif va tavsiyalar “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida “Ustoz shogird” ananalarini uyushmagan yoshlar bilan jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatining ilmiy asoslanishiga xizmat qilgan; 
bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Urganch davlat universitetining Jismoniy tarbiya va sport faoliyati talabalari mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-oktyabr kungi 4/17-4/4-18183-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Nazorat guruhidagi talabalarning qudagi me’zonlar bo‘yicha yakuniy natijalari kognitiv yuqori-21.8%, o‘rta-228.5%, past-49.7%. motivatsion 20.8%, 26.9%, 52.3%, kreativ-20.2%, 28,5%, 51.3%, shaxsga yo‘naltirilgan- 26.3%, 34,9%,38.8%, faoliyatga yo‘naltirilgan-25.9%, 35.9%, 38.5% larni tashkil etgan bo‘lsa Tajriba guruhi natijalari quyidagicha namoyon bo‘ldi kognitiv-26.6%. 33.7%, 39.7%, motivatsion-25.6%, 30.8%, 43.6%, kreativ-24.7%, 31.7%, 43.6%, shaxsga yo‘naltirilgan-28.2%, 35.9%, 35.9% faoliyatga yo‘naltirilgan-30.8%, 36.5%, 32.7% lga ko‘tarilgan. Natijalar tahlillari shuni ko‘rsatadiki bo‘lajak jismoniy atrbiya va sport mutaxassislari amaliy faoliyatini  mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan olib boriladigan sport sog‘lomlashtirish mashgulotlariga integratsiyalsh orqali kasbiy kompetensiyalarini takomillashuviga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish