Mirzanov Sherzod Sirlibaevichning 
pedagogika fanlari doktori (DSc) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurashchilarda kuch sifatlarini konsentrik-ekssentrik rejimlarda rivojlantirish va ularni elektron uskuna yordamida baholash ustuvorligi”, 13.00.04-Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped412.
Ilmiy maslahatchi: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.28/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor; Muxammadiev Komil Burxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Azizov Nosirjon Nematullaevich  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi kurash turlarida qo‘llaniladigan bellashuv usullarining texnikasi, fazalari va koordinatsion murakkabligiga mos tartibda vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘ylab konsentrik-ekssentrik rejimlarda namoyish etiladigan kuch sifatini rivojlantirish va ularni elektron o‘lchov uskunalarini yordamida baholash afzalligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
malakali kurashchilarning funksional imkoniyatlarini nazorat qilish uchun an’anaviy mashg‘ulotlarda bellashuv usullarining texnikasi, fazalari va koordinasion murakkabligi bo‘yicha mutloq, portlovchi-kuch kabi konsentrik-ekssentrik rejimlarda qo‘llaniladigan testlar orqali baholashga qaratilgan “PDSKB-ShER” elektron o‘lchov uskunasini ishlab chiqish hisobiga kuch turlarining o‘zaro nisbati optimallashtirilgan;
malakali kurashchilarda qo‘l va bel kuchlarini o‘lchash testlari va elektron o‘lchov uskunalaridan iborat texnologiyalarni qo‘llash uchun vertikal-gorizontal yo‘nalishlar bo‘ylab konsentrik-ekssentrik rejimlarda raqibni ko‘tarib tashlash usullarini taqsimlashda me’yorlarni vazn toifalari bo‘yicha belgilab berish hisobiga kurashchilar tomonidan harakatlarni bajarishga sarflanadigan kuchni ierarxik tartibda namoyish etish ko‘rsatkichlari oshirilgan;
malakali kurashchilarda bellashuv usullarining o‘ziga xos texnikasi, fazalari va koordinatsiyasiga moslash uchun vertikal-gorizontal yo‘nalishlar bo‘ylab konsentrik-ekssentrik rejimlarda namoyish etiladigan kuch turlarini rivojlantirishga qaratilgan  konsentrik, ekssentrik, izometrik, izotonik, pliometrik, ballistik, izokinetik rejimlarda qo‘llaniladigan mashqlar bloklari va ulardan maqsadli foydalanib portlovchi va mutloq kuch turlarini foiz nisbatlari tartibini ustuvorligi bo‘yicha sxematik andozalarni ishlab chiqish hisobiga kuch sifatini kompleks rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali kurashchilarning musobaqa oldi mashg‘ulotlari rejlashtirish uchun tayyorgarlik jarayonida kuch sifatini zarur nisbatlarda rivojlantirishni taminlovchi sxematik andozalarning kompleks samaradorligini oshiruvchi mashqlarni vertikal yo‘nalish bo‘ylab og‘irlikni konsentrik rejimda yuqoriga ko‘tarib standart oraliqli intervalda bajarish hisobiga yuklamalar oralig‘idagi to‘liq dam olish imkoniyatlari oshirilgan;
kurashchilarni kuch sifatlarini rivojlantirish uchun konsentrik (absolyut, tezkor, tezkor-dinamik kuch chidamliligi) hamda eksentrik (nisbiy, portlovchi, portlovchi-dinamik kuch chidamliligi) rejimda namoyish etiladigan kuch mashqlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda o‘zgaruvchan oraliqli intervalda bajarish hisobiga kuch turlarini sinxron rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan; 
kurash mashg‘ulotlarida texnik elementlar va ularni bajarishga sarflanadigan kuch miqdorini optimal taqsimlash uchun vertikal yo‘nalish bo‘ylab namoyish etiladigan raqibni siltab bosish va uni ko‘tarishga qaratilgan start kuchini jamlash, gorizontal yo‘nalish bo‘ylab raqibni siltab turli tomonlarga tebratish, muvozanatdan chiqarish kabi texnik elementlarini bir-biriga muvofiqlikda qo‘llash hisobiga kuch sifatini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurashchilarda yetakchi kuch sifatlarini konsentrik-ekssentrik rejimlarda rivojlantirish va ularni elektron uskuna yordamida baholash vositalarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida: 
malakali kurashchilarda qo‘l va bel kuchlarini o‘lchash testlari va elektron o‘lchov uskunalaridan iborat texnologiyalarni qo‘llash uchun vertikal-gorizontal yo‘nalishlar bo‘ylab konsentrik-ekssentrik rejimlarda raqibni ko‘tarib tashlash usullarini taqsimlashda me’yorlarni vazn toifalarini belgilab berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari belbog‘li kurash mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Srort vazirligining 2025-yil 1-dekabrdagi 02-16/2371-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘irlikni vertikal yo‘nalish bo‘ylab konsentrik rejimda yuqoriga ko‘tarishda max kuch NG da 5,75% ga, TG da 12,20% ga, tezkor kuch – NG da 7,71% ga, TG da 15,43% ga o‘sgan;
malakali kurashchilarda qo‘l va bel kuchlarini o‘lchash testlari va elektron o‘lchov uskunalaridan iborat texnologiyalarni qo‘llash uchun vertikal-gorizontal yo‘nalishlar bo‘ylab konsentrik-ekssentrik rejimlarda raqibni ko‘tarib tashlash usullarini taqsimlashda me’yorlarni vazn toifalari bo‘yicha belgilab berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari belbog‘li kurash mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Srort vazirligining 2025-yil 1-dekabrdagi 02-16/2371-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘irlikni vertikal yo‘nalish bo‘ylab ekssentrik rejimda pastga bosishda max kuch NG da 6,81% ga, TG da 15,01% ga, tezkor kuch NGda 5,52% ga, TGda 10,98% ga o‘sgan;
malakali kurashchilarda bellashuv usullarining o‘ziga xos texnikasi, fazalari va koordinatsiyasiga moslash uchun vertikal-gorizontal yo‘nalishlar bo‘ylab konsentrik-ekssentrik rejimlarda namoyish etiladigan kuch turlarini rivojlantirishga qaratilgan  konsentrik, ekssentrik, izometrik, izotonik, pliometrik, ballistik, izokinetik rejimlarda qo‘llaniladigan mashqlar bloklari va ulardan maqsadli foydalanib portlovchi va mutloq kuch turlarini foiz nisbatlari tartibini ustuvorligi bo‘yicha sxematik andozalarni ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq davlat pedagogika universiteti kurashchi talabalar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Srort vazirligining 2025-yil 1-dekabrdagi 02-16/2371-son ma’lumotnomasi). Natijada, dinamik kuch chidamkorligi NGda 9,41% ga TGda 21,13% ga, statik kuch chidamkorligi NGda 10,94% ga, TGda 31,17% ga, muvozanat saqlash turg‘unligi NGda 12,43% ga, TGda 33,91% ga, 10 soniya ichida manekenni yonboshdan ko‘tarib tashlash hajmi NGda 8,64% ga, TGda 36,94% ga o‘sgan;
malakali kurashchilarning musobaqa oldi mashg‘ulotlari rejlashtirish uchun tayyorgarlik jarayonida kuch sifatini zarur nisbatlarda rivojlantirishni taminlovchi sxematik andozalarning kompleks samaradorligini oshiruvchi mashqlarni vertikal yo‘nalish bo‘ylab og‘irlikni konsentrik rejimda yuqoriga ko‘tarib standart oraliqli intervalda bajarish taklif va tavsiyalar O‘zbekiston belbog‘li kurash fedratsiyasi belbog‘li kurash milliy terma jamoasi mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etildi (O‘zbekiston Resrublikasi Srort vazirligining 2025-yil 1-dekabrdagi 02-16/2371-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarni kuch tayyorgarligi umumiy hisobda 15,6% ga o‘sgan;
kurashchilarni kuch sifatlarini rivojlantirish uchun konsentrik (absolyut, tezkor, tezkor-dinamik kuch chidamliligi) hamda eksentrik (nisbiy, portlovchi, portlovchi-dinamik kuch chidamliligi) rejimda namoyish etiladigan kuch mashqlarini vertikal va gorizontal yo‘nalishda o‘zgaruvchan oraliqli intervalda bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti belbog‘li kurash mashg‘ulotlar jarayoniga tadqiq etilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Srort vazirligining 2025-yil 1-dekabrdagi 02-16/2371-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuch sifati 16,2 % ga o‘sgan;
kurash mashg‘ulotlarida texnik elementlar va ularni bajarishga sarflanadigan kuch miqdorini optimal taqsimlash uchun vertikal yo‘nalish bo‘ylab namoyish etiladigan raqibni siltab bosish va uni ko‘tarishga qaratilgan start kuchini jamlash, gorizontal yo‘nalish bo‘ylab raqibni siltab turli tomonlarga tebratish, muvozanatdan chiqarish kabi texnik elementlarini bir-biriga muvofiqlikda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiylar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari belbog‘li kurash mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Srort vazirligining 2025-yil 1-dekabrdagi 02-16/2371-son ma’lumotnomasi). Natijada, malakali talaba-kurashchilarni kurash usullarini takomillashtirish imkoniyatlari 14.32 % ga o‘sgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish