Jamolov Xudoyorxon Muzaffar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Er osti suvlarining gidrogeokimyoviy parametrlarini o‘lchash modeli, algoritmlari va apparat - dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5288
Ilmiy rahbar: Djumanov Jamoljon Xudaykulovich, texnika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor;
Mallaev Oybek Usmankulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er osti suvlarining gidrogeokimyoviy parametrlarini o‘lchash modeli, algoritmlari va qurilma-dasturiy ta’minotini takomillashtirish gidrogeologik monitoring tadqiqotlarning samaradorligini oshirishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti suvlari kuzatuv tarmog‘ida ma’lumotning o‘zgaruvchanligi va o‘zaro bog‘liq parametrlarni kompleks tahlil qilish asosida gidrogeokimyoviy ma’lumotlarni tasniflash va signal sifatida aniqlash modeli ishlab chiqilgan;
dasturiy - apparat kompleksida signallarni o‘lchash va ma’lumotlarga raqamli ishlov berish asosida er osti suvlari gidrogeokimyoviy parametrlarini aniqlash usuli takomillashtiilgan hamda ularning axborot modeli ishlab chiqilgan;
er osti gidrosferasining kuzatuv quduqlarida suv holat o‘zgarishini avtomatlashgan o‘lchov tizimlari asosida er osti suvlari rejim parametrlarini aniqlashning dastlabki raqamli ishlov berish algoritmi ishlab chiqilgan;
kuzatuv quduqlarida er osti suvi bo‘yicha ma’lumotlarini yig‘ishning o‘ziga xos xususiyatlarini - o‘lchash, qayd qilish, saqlash va masofaga uzatishni hisobga olgan holda dasturiy - apparat vositalar infratuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida er osti suvlarining gidrogeokimyoviy parametrlarini o‘lchash modeli, algoritmlari va apparat-dasturiy ta’minotini takomillashtirishdan foydalanilgan holda:
er osti suvlari holatini monitoring qilish tarmog‘ining axborot-tahliliy tizimini shakllantirish asosida ma’lumotlarni integratsiyalash quyi tizimining funksional sxemasi va modeli hamda hisoblash majmuasida signallarni o‘lchash va ma’lumotlarga raqamli ishlov berish hisobiga er osti suvlari monitoringini yuritish samaradorligini oshirish hamda ularning axborot modeli Qashqadaryo viloyati Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimi hududiy boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tizimilari faoliyatida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati xokimligining 2025 yil 27 martidagi 08-4106-son ma’lumotnomasi). Natijada yer osti suvilari gidrokimyoviy holatidagi o‘zgarishlar, turli omillar o‘rtasidagi qonuniyatlar va munosabatlar aniqlangan, monitoring jarayonida bashorat qilish takomillashtirilgan hamda samaradorligi 7-8% oshirilgan;
er osti gidrosferasida suv holati o‘zgarishini aniqlashning monitoring kuzatuv quduqlarida avtomatlashgan o‘lchov tizimlari asosida tashqi ta’sirlarni er osti suvlari rejim parametrlari ma’lumotlariga o‘zgartirishning dastlabki raqamli ishlov berish algoritmlari hamda axborot-texnik ta’minotining infratuzilmasi «Robotic lab future» kompaniyasi laboratoriyalari va «UNICON.UZ» - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025 yil 06 avgust 34-8/5527-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida yer osti suvi gidrokimyoviy monitoring tarmoqlari faoliyatini avtomatlashtiriligan o‘lchov asosida yer osti suv obektlaridan oqilona foydalanish sohasida qarorlar qabul qilish uchun ilmiy va amaliy asos yaratilgan.