Tursunov Djaxangir Xusanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pkaning interstisial shikastlanishida molekulyar hujayraviy zararlanishlar va ularni tiklash yo‘llari», 03.00.01 – Biokimyo (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tib620.
Ilmiy rahbar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosir Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy interstisial o‘pka shikastlanishida molekulyar-hujayraviy zararlanish va ichki a’zolardagi morfologik o‘zgarishlarni tahlil qilish orqali patogenetik asoslangan terapiyasini takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasallik rivojlanish dinamikasida hamda patogenetik korreksiyadan keyin al`veolyar epiteliy shikastlanishi va regeneratsiyasining sezgir markyorlari sifatida KL-6 antigeni hamda surfaktant oqsillari (SP-A, SP-D) darajasining diagnostik ahamiyati asoslangan;
interstisial o‘pka shikastlanishi jarayonida va patogenetik ta’sirdan so‘ng sitokin profilining (IL-1β, IL-6) o‘ziga xos o‘zgarishlari aniqlanib, ularning yallig‘lanish va fibroz jarayonlar patogenezidagi yetakchi roli isbotlangan;
tajriba sharoitida interstisial o‘pka shikastlanishi dinamikasida hamda korreksiyadan keyin metalloproteinazalar (MMP-1, MMP-7, MMP-9) faolligining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlanib, ularning hujayralararo matriks remodellanishi va fibroz rivojlanishidagi ahamiyati isbotlangan;
interstisial o‘pka shikastlanishida liziloksidazalar (LOXL1, LOXL2, LOXL3, LOXL4) faolligining ortishi kollagen tuzilmalarining qayta qurilishi va fibrotik jarayonlar rivojlanishida hal qiluvchi omil ekani asoslangan;
morfologik tadqiqotlar asosida interstisial o‘pka shikastlanishi rivojlanishidagi tuzilmaviy o‘zgarishlar kompleksi va patogenetik davolashdan keyingi morfologik tiklanish tamoyillari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pkaning interstisial shikastlanishida molekulyar–hujayraviy buzilishlarni kompleks baholash va patogenetik korreksiyani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kasallik rivojlanish dinamikasida hamda patogenetik korreksiyadan keyin al`veolyar epiteliy shikastlanishi va regeneratsiyasining sezgir markyorlari sifatida KL-6 antigeni hamda surfaktant oqsillari (SP-A, SP-D) darajasining diagnostik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 mayda 05-28/570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy ko‘rsatkichlarni korreksiya qilishning yangi usullari» hamda 2025 yil 26 iyunda 06-570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy biomarkerlarni korreksiya qilish usullari: klinik qo‘llash uchun eksperimental asos» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.06.2025 yildagi 405-son va 405/Ka-son hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 19.07.2025 yildagi 90-son va 04.07.2025 yildagi 84-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pkaning interstisial jarohatlanishi sharoitida biokimyoviy ko‘rsatkichlar, sitokin profili, surfaktant oqsillari (SP-A, SP-D) hamda KL-6 darajasining o‘zgarishi kasallik kechishini monitoring qilish tartibi ishlab chiqish orqali patsientlarning umumiy salomatlik holatini yaxshilash natijasida kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pkaning interstisial shikastlanishida molekulyar–hujayraviy buzilishlarni kompleks baholash va patogenetik korreksiyalash natijasida o‘pkaning turli tashxislangan kasalliklarni davolash uchun kuniga 522000-625000 so‘mni, bir kurs davolanish uchun 1 nafar bemor uchun 5220000 so‘mdan 6250000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: interstisial o‘pka shikastlanishi jarayonida va patogenetik ta’sirdan so‘ng sitokin profilining (IL-1β, IL-6) o‘ziga xos o‘zgarishlari aniqlanib, ularning yallig‘lanish va fibroz jarayonlar patogenezidagi yetakchi roli isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 mayda 05-28/570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy ko‘rsatkichlarni korreksiya qilishning yangi usullari» hamda 2025 yil 26 iyunda 06-570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy biomarkerlarni korreksiya qilish usullari: klinik qo‘llash uchun eksperimental asos» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.06.2025 yildagi 405-son va 405/Ka-son hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 19.07.2025 yildagi 90-son va 04.07.2025 yildagi 84-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: interstisial o‘pka shikastlanishi rivojlanishi jarayonida va patogenetik korreksiyadan keyin sitokin profili (IL-1β, IL-6) ning o‘ziga xos o‘zgarishlarini aniqlash, ularning yallig‘lanish va fibrotik jarayonlar rivojlanishidagi o‘rnini isbotlash orqali surunkali asoratlarni erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pkaning interstisial shikastlanishida molekulyar–hujayraviy buzilishlarni kompleks baholash va patogenetik korreksiyalash natijasida o‘pkaning turli tashxislangan kasalliklarni davolash uchun kuniga 522000-625000 so‘mni, bir kurs davolanish uchun 1 nafar bemor uchun 5220000 so‘mdan 6250000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: tajriba sharoitida interstisial o‘pka shikastlanishi dinamikasida hamda korreksiyadan keyin metalloproteinazalar (MMP-1, MMP-7, MMP-9) faolligining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlanib, ularning hujayralararo matriks remodellanishi va fibroz rivojlanishidagi ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 mayda 05-28/570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy ko‘rsatkichlarni korreksiya qilishning yangi usullari» hamda 2025 yil 26 iyunda 06-570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy biomarkerlarni korreksiya qilish usullari: klinik qo‘llash uchun eksperimental asos» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.06.2025 yildagi 405-son va 405/Ka-son hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 19.07.2025 yildagi 90-son va 04.07.2025 yildagi 84-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: hujayralararo matriks remodellanishining axborotli markyorlari — metalloproteinazalar (MMP-1, MMP-7 va MMP-9) va liziloksidazalar (LOXL1–4) faolligi aniqlanib, interstisial jarohatlanishi negizida o‘pka fibrozi rivojlanishini erta tashxislash va bashoratlashda samarali qo‘llanilishi tartibi asosida surunkali kasalliklar xavfi va shikoyatlar sonini kamaytirish, qonning klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, bemorlarning salomatligini yaxshilash, o‘pkaning surunkali kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pkaning interstisial shikastlanishida molekulyar–hujayraviy buzilishlarni kompleks baholash va patogenetik korreksiyalash natijasida o‘pkaning turli tashxislangan kasalliklarni davolash uchun kuniga 522000-625000 so‘mni, bir kurs davolanish uchun 1 nafar bemor uchun 5220000 so‘mdan 6250000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: interstisial o‘pka shikastlanishida liziloksidazalar (LOXL1, LOXL2, LOXL3, LOXL4) faolligining ortishi kollagen tuzilmalarining qayta qurilishi va fibrotik jarayonlar rivojlanishida hal qiluvchi omil ekani asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 mayda 05-28/570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy ko‘rsatkichlarni korreksiya qilishning yangi usullari» hamda 2025 yil 26 iyunda 06-570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy biomarkerlarni korreksiya qilish usullari: klinik qo‘llash uchun eksperimental asos» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.06.2025 yildagi 405-son va 405/Ka-son hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 19.07.2025 yildagi 90-son va 04.07.2025 yildagi 84-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: LOXL fermentlari faolligini baholash orqali interstisial o‘pka shikastlanishining og‘irlik darajasini erta aniqlash, kasallik rivojlanishini prognoz qilish va samarali davolash choralarini belgilash imkoniyati yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pkaning interstisial shikastlanishida molekulyar–hujayraviy buzilishlarni kompleks baholash va patogenetik korreksiyalash natijasida o‘pkaning turli tashxislangan kasalliklarni davolash uchun kuniga 522000-625000 so‘mni, bir kurs davolanish uchun 1 nafar bemor uchun 5220000 so‘mdan 6250000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: morfologik tadqiqotlar asosida interstisial o‘pka shikastlanishi rivojlanishidagi tuzilmaviy o‘zgarishlar kompleksi va patogenetik davolashdan keyingi morfologik tiklanish tamoyillari isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 mayda 05-28/570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy ko‘rsatkichlarni korreksiya qilishning yangi usullari» hamda 2025 yil 26 iyunda 06-570-t-son bilan tasdiqlangan «Interstisial pnevmoniyada biokimyoviy biomarkerlarni korreksiya qilish usullari: klinik qo‘llash uchun eksperimental asos» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.06.2025 yildagi 405-son va 405/Ka-son hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 19.07.2025 yildagi 90-son va 04.07.2025 yildagi 84-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka to‘qimasining morfologik tadqiqotlari natijasida interstisial shikastlanish rivojlanishidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarning xususiyatlari va patogenetik davolashdan keyingi morfologik jihatdan tiklanishi natijasida surunkali kasalliklar xavfi, shikoyatlar sonini kamaytirish, qonning klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlari yaxshilash orqali kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pkaning interstisial shikastlanishida molekulyar–hujayraviy buzilishlarni kompleks baholash va patogenetik korreksiyalash natijasida o‘pkaning turli tashxislangan kasalliklarni davolash uchun kuniga 522000-625000 so‘mni, bir kurs davolanish uchun 1 nafar bemor uchun 5220000 so‘mdan 6250000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.