Kistaubaev Savlabek Usmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs ekologik dunyoqarashini shakllantirishda milliy qadriyatlarning roli», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fal132.
Ilmiy rahbar: Mamashokirov Saidmurod, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Hukumov Abduhalim, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxs ekologik dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish tendensiyasini belgilaydigan ob’ektiv va sub’ektiv omillarning maqomini, funksional ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy-madaniy qadriyatlar tizimidagi tarixiy, gnesologik va ijtimoiy-amaliy manbalarning pedagogik asoslarini yaratilishi shaxs ekologik dunyoqarashida daxldorlik hissini shakllanishiga olib kelishi asoslangan;
shaxs ekologik dunyoqarashining ekologik idrok, tasavvur, tushuncha va tafakkur kabi sub’ektiv omillarini normativ-aksiologik reglamentlash nazariy-metodologik ahamiyatga egaligi asoslangan;
shaxs ekologik dunyoqarashi va milliy qadriyatlarning simbiozlashuvi jamiyat ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, o‘zaro umumiy va xususiy, rasmiy va norasmiy, an’anaviy va noan’anaviy institutlar tizimi orqali rivojlanib kelayotgani aniqlangan;
shaxs ekologik dunyoqarashini rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlar, ommaviy institutlar faoliyati nazariy-metodologik, gnoseologik-praksiologik, ma’muriy-huquqiy, tashkiliy-strukturaviy asoslarini yaratish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxs ekologik dunyoqarashini shakllantirishda milliy qadriyatlarning roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ma’naviy-madaniy qadriyatlar tizimidagi tarixiy, gnesologik va ijtimoiy-amaliy manbalarning yoshlar ekologik dunyoqarashda daxldorlik hissini shakllanishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashining 2017–2018 yillardagi foliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 1 noyabrdagi 04-13/5686-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ma’naviy-madaniy salohiyati ko‘tarilishiga hamda yoshlarda tabiatga oqilona ekologik ijtimoiy munosabatni, mas’ullik hissini tarbiyalashga xizmat qilgan;
shaxs ekologik dunyoqarashining ekologik idrok, tasavvur, tushuncha va tafakkur kabi sub’ektiv omillarini normativ-aksiologik reglamentlash nazariy-metodologiyasiga oid ilmiy dalillar va amaliy natijalaridan «Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi»ning 2018 yil uchun yillik rejasi II.17. bandida ko‘zda tutilgan «Ilmiy xodimlar tomonidan belgilangan mavzu bo‘yicha ilmiy maqolalar, katologlar, bukletlar, qo‘llanmalar, monografiyalar va boshqa nashrlarni tayyorlash»da foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 01-11-08-7729-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs ekologik dunyoqarashi shakllanishida milliy tajriba, milliy qadriyat va umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy merosning falsafiy ildizlari ularning universal xarakteri haqida ilmiy xodimlarda nazariy bilimlarining ortishiga samarali ta’sir qilgan;
shaxs ekologik dunyoqarashi va milliy qadriyatlarning simbiozlashuvi jamiyat ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, o‘zaro umumiy va xususiy, rasmiy va norasmiy, an’anaviy va noan’anaviy institutlar tizimi orqali rivojlanishiga oid nazariy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining I-2016-1-33 raqamli «Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish» mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «2018 yildagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi»ning bajarilishida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 29 dekabrdagi 02/09-1343-18-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy ekologik qadriyatlar bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy-nazariy g‘oyalar tadbirlarni saviyasini oshirishga, yoshlarda ekologiyaga doir aksiologik munosabatni shakllanishiga amaliy ko‘mak bergan.