Berdiev Jamshid Panjievichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XIX–XX asr boshlarida Qashqadaryo vohasi toponimikasi, aholi tarkibi va urbanizatsiya jarayonlari tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.3.DSc/Tar250
Ilmiy rahbar: Eshov Bahodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. 
DSc 03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, Qobulov Eshbolta Atamurodovich; tarix fanlari doktori, professor Xasanov Akram Mominovich; tarix fanlari doktori, professor Xudayqulov To‘lqin Do‘stboboevich
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: XIX–XX asr boshlarida Qashqadaryo vohasi toponimikasi, aholi tarkibi va urbanizatsiya jarayonlari tarixi tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
XX asr boshlariga oid manbalar tahliliga ko‘ra 1914-yilda Buxoro amirligi hududidagi aholi yashash joylari ma’muriy jihatdan uch asosiy atama bilan nomlanganligi: qishloq (turkiy), mavze (arabcha) va deha (tojikcha), ayrim amlokliklarda aholi manzillari to‘liq holda faqat shu atamalardan biri asosida atalganligi, rasmiy ro‘yxat hujjatlarida “Dehati viloyati Chiroqchi”, “Qishloqoni tumani shahri Yakkabog‘” yoki “Mavzexoi viloyati Karmana” kabi ifodalar uchrab, o‘sha davrdagi ma’muriy-toponimik tizimning o‘ziga xos ko‘rinishini namoyish etganligi dalillangan. 
Qashqadaryo vohasida o‘zbekcha toponimlar ko‘lamining ortib borishi ko‘proq so‘nggi o‘rta asrlarga xos bo‘lib shayboniylar, ashtarxoniylar va Buxoro amirligi xukumronligi davrida vohada asosan qipchoq lahjasida so‘zlashuvchi ko‘chmanchi o‘zbek urug‘larining soni oshganligi, bu holat vohaning Yuqori Qashqadaryo (Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ va Chiroqchi bekliklari) va Quyi Qashqadaryo (Qarshi, G‘uzor bekliklari) da o‘zbek urug‘lari nomlari bilan ataluvchi yuzlab qishloqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lganligi, Qarshi shahri va uning atroflarida mang‘it urug‘i bilan bog‘liq o‘nlab aholi maskanlari paydo bo‘lganligi asoslangan;
Qarshi shahri muhim savdo karvoni yo‘llari kesishgan joyda joylashgani sabab, Termiz, Balx, Marv, Urganch, Buxoro, Samarqand, G‘uzor, Shahrisabz kabi yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan kelgan yo‘llarni bog‘laganligi va vositachilik qilganligi, Qarshi shahri vohadagi tashqi savdoda muhim o‘rin egallaganligi, uning bozorlarida eroniy va turkman gilamlari, rus metall idishlari, fransuz sovunlari, turkman otlari, hind bo‘yoqlari, afg‘on matolari juda xaridorgir bo‘lganligi isbotlangan;
Qashqadaryo vohasida o‘z xususiyatlariga ko‘ra muayyan bir toponim bo‘lgan 153 ta joy nomlari aniqlanib, ushbu toponimlarning 85 foizini o‘zbek urug‘lari, 10 foizini turkman va tojik urug‘lari, 5 foizini arab, eroniy, afg‘on urug‘lari tashkil etganligi,(dissertasiyani 81-82 betlari) mazkur toponimlarning deyarli har biri muayyan bir urug‘ (burgutli, yilqichi, tayoqli, qaychili, qorabayir, chanoq va h.k.) nomiga aloqador bo‘lib, ularning katta bir qismi bir qator turkiy xalqlar tarkibida alohida bir urug‘ yoki biror urug‘ tarmog‘i sifatida uchrashi dalillangan;
Qashqadaryo vohasi shaharlari jamiyatning ma’muriy-siyosiy tizimi va davlat boshqaruvida yetakchi ahamiyat kasb etib, iqtisodiy funksiyalar – ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti muhim o‘rin tutganligi, ijtimoiy funksiyalar                 – shaharlar aholisi o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni tartibga solish va muvofiqlashtirish, munozarali bahslarni hal qilish, harbiy-siyosiy va hududiy funksiyalar – tashqi kuchlardan himoyalash, harbiy qo‘shinlarni tashkil etish, katta-kichik shaharlar va ma’muriy markazlar hududiy boshqaruvini tashkil etishda muhim bo‘lgan jihatlari isbotlandi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX–XX asr boshlaridagi Qashqadaryo vohasi toponimikasi, aholisining tarkibi, va urbanizatsiya jarayonlari tarixi (yozma manbalar va toponimik materiallar asosida) mavzusiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
XX asr boshlariga oid manbalar tahliliga ko‘ra 1914-yilda Buxoro amirligi hududidagi aholi yashash joylari ma’muriy jihatdan uch asosiy atama bilan nomlanganligi: qishloq (turkiy), mavze (arabcha) va deha (tojikcha), ayrim amlokliklarda aholi manzillari to‘liq holda faqat shu atamalardan biri asosida atalganligi, rasmiy ro‘yxat hujjatlarida “Dehati viloyati Chiroqchi”, “Qishloqoni tumani shahri Yakkabog‘” yoki “Mavzexoi viloyati Karmana” kabi ifodalar uchrab, o‘sha davrdagi ma’muriy-toponimik tizimning o‘ziga xos ko‘rinishini namoyish etganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022-yil 28-dekabrda efirga uzatilgan “Moziyga sayohat” ko‘rsatuvida tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi va mazkur materiallardan ko‘rsatuvlar senariylarini ishlab chiqishda foydalanildi (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 06-yanvardagi 6-30-26-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar Qashqadaryo vohasining XIX–XX asr boshlaridagi aholisi tarkibining o‘rganilishi tarixshunosligi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan;
Qashqadaryo vohasida o‘zbekcha toponimlar ko‘lamining ortishi ko‘proq so‘nggi o‘rta asrlarga to‘g‘ri kelib, ayniqsa Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Buxoro amirligi davrida Qashqadaryo vohasida ko‘pchiligi qipchoq lahjasida so‘zlashuvchi ko‘chmanchi o‘zbek urug‘larining miqdori oshganligi, bu holat vohaning Yuqori Qashqadaryo (Shahrisabiz, Kitob, Yakkabog‘ va Chiroqchi bekliklari) va Quyi Qashqadaryo (Qarshi, G‘uzor bekliklari) da o‘zbek urug‘lari nomlari bilan ataluvchi yuzlab qishloqlar paydo bo‘lishiga olib kelganligi, ayniqsa, Qarshi shahri va uning atroflarida mang‘it urug‘i bilan bog‘liq o‘nlab aholi maskanlari paydo bo‘lganligiga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022-yil 28-dekabrda efirga uzatilgan “Moziyga sayohat” ko‘rsatuvida tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi va mazkur materiallardan ko‘rsatuvlar senariylarini ishlab chiqishda foydalanildi (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 6-yanvardagi 06-30-26-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar shu davrda vohada kechgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar borasida olib borilgan tadqiqotlar, ularning bugungi kun uchun ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
O‘rganilayotgan davrda Qarshi shahri muhim savdo karvoni yo‘llari kesishgan joyda joylashgan bo‘lib, Termiz, Balx, Marv, Urganch, Buxoro, Samarqand, G‘uzor, Shahrisabz kabi yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan kelgan yo‘llarni bog‘laganligi va vositachilik qilganligi, Qarshi shahri vohadagi tashqi savdoda muhim hisoblanib, uning bozorlarida eroniy va turkman gilamlari, rus metall idishlari, fransuz sovunlari, turkman otlari, hind bo‘yoqlari, afg‘on matolari ayniqsa xaridorgir bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan ilmiy mulohazalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining kelgusidagi dasturlarini tuzishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 01-49/29 10.23-ma’lumotnomasi). Natijada aholi orasidagi targ‘ibot ishlarida Buxoro amirligi davrida Qarshi shahrining iqtisodiy va madaniy markazlardan biri sifatidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan;
Qashqadaryo vohasida o‘z xarakteriga ko‘ra muayyan bir toponim bo‘lgan 153 ta joy nomlari aniqlanib ushbu toponimlarning 85 foizini o‘zbek urug‘lari, 10 foizini turkman va tojik urug‘lari, 5 foizini arab, eroniy, afg‘on urug‘lari tashkil etganligi, mazkur toponimlarning deyarli har biri muayyan bir urug‘ (burgutli, yilqichi, tayoqli, qaychili, qorabayir, chanoq va h.k.) nomiga aloqador bo‘lib, ularning katta bir qismini bir qator turkiy xalqlar tarkibida alohida bir urug‘ yoki biror urug‘ tarmog‘i sifatida uchratish kabi ma’lumotlar va ilgari surilgan takliflardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini bajarishda foydalanilmoqda (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 01-49/29 10.23-ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy natijalarning qo‘llanilishi vohada kechgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy va toponimik jarayonlar tarixi bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Qashqadaryo vohasi shaharlari jamiyatning ma’muriy-siyosiy tizimi va davlat boshqaruvida yetakchi ahamiyat kasb etib, quyidagi funksiyalarni bajarganligi: iqtisodiy funksiyalar – bunda ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti muhim o‘rin tutganligi, ijtimoiy funksiyalar – bunda shaharlar aholisi o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni tartibga solish va muvofiqlashtirish, munozarali bahslarni hal qilish, harbiy-siyosiy va hududiy funksiyalar – bu funksiyalar tashqi kuchlardan himoyalash, harbiy qo‘shinlarni tashkil etish, katta-kichik shaharlar va ma’muriy markazlar hududiy boshqaruvini tashkil etishda muhim bo‘lgan yangiliklarning joriy etilishi haqidagi ilmiy xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024-yil 20-avgustda efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvida mavzu yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi va mazkur materiallardan ko‘rsatuvlar ssenariylarida foydalanildi (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 20-avgustdagi 01-44-173-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv orqali tadqiqotchining janubiy viloyatlardagi urbanizatsiya jarayonlari va shaharsozlik tarixi haqidagi ilmiy-nazariy fikr-xulosalari teletomoshabinlarga etkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish