Sanginova Iroda Ne’matullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda mahalla boshqaruvining ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy hayotdagi o‘rni va uning tarixiy tahlili (Surxondaryo viloyati misolida, 1991-2022-yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1460
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullayevish, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Xalikova Raxbarxon Ergashevna, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Boltaev Abdurasul, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991–2022-yillarda O‘zbekistonda mahalla boshqaruvining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotdagi o‘rni masalasini Surxondaryo viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalla tushunchasi ilk bor ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib, uning takomillashuvi va qonuniy ustuvorligini ta’minlash jarayonlari tizimli tahlil qilingan. Shu bilan birga, mahalla boshqaruv tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, boshqa mintaqalardagi tajribalar bilan farqli jihatlari aniqlanib, milliy o‘zlikni yuksaltirishdagi o‘rni aniqlangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida mahalla tizimini tiklash jarayonining huquqiy-me’yoriy asoslari, mahalla xodimlari faoliyati hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish masalalari tarixiy tahlil asosida o‘rganilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlar natijasida mahalla boshqaruv tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga oid amaliy natijalar ilmiy asosda dalillangan;
Surxondaryo viloyatida mahalla hududlarida yangi mulkdorlar, tadbirkorlar hamda norasmiy bandlik subektlarining iqtisodiy faoliyat turlari kengaygani, tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv kurslarining tashkil etilgani, kredit uyushmalari va kasanachilik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilgani va mehnat bandligi yaxshilangani ilmiy jihatdan asoslab dalillangan;
viloyatda mahalla boshqaruvi doirasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, zamonaviy sport inshootlarini barpo etish, aholining sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xodimlari malakasini oshirish choralari ko‘rilgani va natijada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ijobiy o‘zgarishlarga erishilganligi ilmiy asosda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda mahalla boshqaruvining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi o‘rni va uning tarixiy tahlili (Surxondaryo viloyati misolida 1991–2022-yy.) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
mahalla tushunchasi ilk bor ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib, uning takomillashuvi va qonuniy ustuvorligini ta’minlash jarayonlari tizimli tahlil qilingan. Shu bilan birga, mahalla boshqaruv tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, boshqa mintaqalardagi tajribalar bilan farqli jihatlari aniqlanib, milliy o‘zlikni yuksaltirishdagi o‘rni aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokanalidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Suronli yillar” nomli dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-noyabrdagi 01-44-390-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda mahalla boshqaruvining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi o‘rni va uning tarixiy tahlili bilan bog‘liq yangi ma’lumotlarga ega bo‘lindi;
mustaqillikning dastlabki yillarida mahalla tizimini tiklash jarayonining huquqiy-me’yoriy asoslari, mahalla xodimlari faoliyati hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish masalalari tarixiy tahlil asosida o‘rganilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlar natijasida mahalla boshqaruv tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga oid amaliy natijalarga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokanalidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Suronli yillar” nomli dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-noyabrdagi 01-44-390-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda mahalla tizimining huquqiy-me’yoriy asoslari, uning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotdagi o‘rni hamda tarixiy taraqqiyotiga oid yangi ma’lumotlarga ega bo‘lindi;
Surxondaryo viloyatida mahalla hududlarida yangi mulkdorlar, tadbirkorlar hamda norasmiy bandlik subektlarining iqtisodiy faoliyat turlari kengaygani, tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv kurslarining tashkil etilgani, kredit uyushmalari va kasanachilik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilgani va mehnat bandligi yaxshilangani ilmiy jihatdan asoslab dalillanganligiga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 20-bandi “Mahallalarda ma’naviy - ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimiz, halollik birdamlik kabi tuygularni kuchaytirish, aholida boqimandalik va jinoyatchilikka moyillikni oldini olish maqsadida “Obod mahalla – yangi ma’naviy makon” loyihasini amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-fevraldagi 10/62-son dalolatnomasi). Natijada Surxondaryo viloyati mahallalarida tadbirkorlik rivoji, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va aholi bandligining yaxshilanishiga oid ilmiy asoslangan ma’lumotlar shakllantirildi.
viloyatda mahalla boshqaruvi doirasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, zamonaviy sport inshootlarini barpo etish, aholining sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xodimlari malakasini oshirish choralari ko‘rilgani va natijada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ijobiy o‘zgarishlarga erishilganligiga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 20-bandi “Mahallalarda ma’naviy - ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimiz, halollik birdamlik kabi tuygularni kuchaytirish, aholida boqimandalik va jinoyatchilikka moyillikni oldini olish maqsadida “Obod mahalla – yangi ma’naviy makon” loyihasini amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-fevraldagi 10/62-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekistonda mahalla boshqaruvi tizimi doirasida yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish jarayonlarining tarixiy jihatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalarga erishildi.