Shirinova Shohsanam Sobir qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotda bank innovatsiyalarini joriy etishning uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt994.
Ilmiy maslahatchi: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Toshpulatov Davron Akromovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank innovatsiyalarini joriy etishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kreditlarning qadrsizlanishi bo‘yicha zaxiralarni optimallashtirish va kredit riskni baholash aniqligini 25 foizga oshirish maqsadida IFRS 9 asosida portfeli bo‘yicha kutilayotgan kredit zararlarini (ECL) hisoblash mexanizmini takomillashtirish taklif etilgan;
barqaror moliyalashtirish tamoyillarini kredit siyosatiga 20 foiz darajada integratsiya qilish maqsadida korporativ mijozlarni ESG mezonlari asosida baholash va skriningdan o‘tkazish jarayonida ekologik va ijtimoiy xavf va taʼsirlarni boshqarish tizimi (ESMS)dan foydalanish taklif etilgan;
investisiya portfelini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida “BRB Tech” raqamli tahlil platformasini investisiya qarorlarini qabul qilish jarayoniga integratsiya qilish orqali aktivlar daromadliligini 15 foizga oshirish taklif etilgan;
tijorat banklarida kreditlash jarayonini end-to-end asosida raqamli transformatsiya qilish hamda kredit konveerini takomillashtirish orqali muammoli kreditlar ulushini 12 foizga kamaytirish mumkinligi asoslangan;
yashil moliyalashtirishga xalqaro investisiya mablagʼlarini jalb qilish hajmini 30 foizga oshirish, shuningdek samaradorlik va hisobotlar shaffofligini taʼminlash maqsadida loyihalarni monitoring qilishning raqamli bank mahsulotini joriy etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyotda bank innovatsiyalarini joriy etishning uslubiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kreditlarning qadrsizlanishi bo‘yicha zaxiralarni optimallashtirish va kredit riskni baholash aniqligini 25 foizga oshirish maqsadida IFRS 9 asosida portfeli bo‘yicha kutilayotgan kredit zararlarini (ECL) hisoblash mexanizmini takomillashtirish taklifi «Asakabank» ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan, «Asakabank» ATBning 2025-yil 27 martdagi 19-14/324-son ma’lumotnomasi) Natijada, kreditlarning qadrsizlanishi bo‘yicha zaxiralar darajasi optimallashtirildi: yil boshiga nisbatan (647,8 mlrd. so‘m) 2024-yil III choragiga kelib zaxiralar 510,4 mlrd. so‘mga kamaydi, bunda kreditlar hajmi 1,5 trln. so‘mga oshgan;
barqaror moliyalashtirish tamoyillarini kredit siyosatiga 20 foiz darajada integratsiya qilish maqsadida korporativ mijozlarni ESG mezonlari asosida baholash va skriningdan o‘tkazish jarayonida ekologik va ijtimoiy xavf va taʼsirlarni boshqarish tizimi (ESMS)dan foydalanish taklifi «Asakabank» ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan («Asakabank» ATBning 2025-yil 27 martdagi 19-14/324-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024-yil III chorak yakuniga qadar 10 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan kreditlar bo‘yicha yangi korporativ arizalarning 100 foizi majburiy ESG-skriningdan o‘tkaziladi. Atrof-muhitga xavf solishi mumkin bo‘lgan 7 ta loyihani moliyalashtirish rad etilgan va kredit portfelidagi ekologik risklar 11 foizga kamaygan;
investisiya portfelini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida “BRB Tech” raqamli tahlil platformasini investisiya qarorlarini qabul qilish jarayoniga integratsiya qilish orqali aktivlar daromadliligini 15 foizga oshirish taklifi «Biznesni Rivojlantirish Banki» ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan («Biznesni Rivojlantirish Banki» ATBning 07.07.2025-yildagi 07-10/8509/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, aktivlarni tahlil qilishning o‘rtacha vaqtini 10 soatdan 6 soatgacha qisqartirish, bozor o‘zgarishlari prognozlarining aniqligini 70% dan 91% gacha oshirish, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni yanada batafsil aniqlash imkonini berdi. Natijada investisiya portfeli daromadliligi 8 foizdan 8,96 foizgacha oshgan, risk darajasi 12 foizdan 11,04 foizgacha pasaygan, investisiya qarorlarini qabul qilishning umumiy vaqti 20 daqiqadan 13 daqiqagacha qisqargan.
tijorat banklarida kreditlash jarayonini end-to-end asosida raqamli transformatsiya qilish hamda kredit konveerini takomillashtirish orqali muammoli kreditlar ulushini 12 foizga kamaytirish taklifi «Invest Finance Bank» AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan («Invest Finance Bank» AJning 20.02.2025-yildagi 09-10/1072-son ma’lumotnomasi). Natijada. arizalarni ko‘rib chiqish vaqtini 3 kundan 1 soatgacha qisqartirish, kreditga layoqatlilikni baholash aniqligini 25 foizga oshirish, kredit ajratish hajmini 18 foizga oshirish va qaytarilmaslik darajasini 12 foizga kamaytirish imkonini bergan;
yashil moliyalashtirishga xalqaro investisiya mablagʼlarini jalb qilish hajmini 30 foizga oshirish, shuningdek samaradorlik va hisobotlar shaffofligini taʼminlash maqsadida loyihalarni monitoring qilishning raqamli bank mahsulotini joriy etish taklif «Ipak yo‘li» ATIB tomonidan amaliyotga joriy qilingan («Ipak yo‘li» AITBning 24.03.2025-yildagi 06/2595-son ma’lumotnomasi). Natijada bank xalqaro kredit liniyalari orqali 47,98 million AQSh dollari jalb qildi, bu esa ekologik toza loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish imkonini bergan.