Ibodullaeva Ma’rifat To‘lqin qizining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining xo‘jalik yurituvchi subektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt582.
Ilmiy maslahatchi: Isakov Janabay Yakepbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Haydarov Nizomiddin Hamroevich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Qulliev Istam Yangimurodovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tijorat banklarining xo‘jalik yurituvchi subektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyalashtirish tizimini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ochiq hisobraqamlar boʼyicha hisoblashish toʼlov shartini, banklarning orderli cheklari va sof inkassoni banklar amaliyotiga joriy qilish hamda akkreditiv turlaridan kompleks foydalanish orqali kompaniyalarning importi boʼyicha toʼlovlar miqdorini 9,0 foizga oshirish taklif qilingan;
tijorat banklarining valyutaviy majburiyatlari va valyutaviy aktivlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, xususan xorijiy valyutadagi muddatsiz majburiyatlar bilan muddatsiz kassali aktivlar o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni muvofiqlashtirish hamda barqaror valyutaviy passivlar muddati bilan yuqori riskli aktivlar muddati o‘rtasida uyg‘unlikka erishish va banklarning valyutaviy likvidlilik darajasini 18 foizga oshirish, valyuta risklari darajasini esa 12 foizga kamaytirish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
aksiyalar emitentlarining moliyaviy barqarorligini va aksiyalar bozor baholari shakllanishini baholash aniqligini oshirish yo‘li bilan tashqi savdoni moliyalashtirishning hissali ishtirok shaklidan foydalanish ko‘lamini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
banklarning valyutaviy kreditlarining daromadliligi va riskliligi oʼrtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali valyutaviy kreditlarning daromadliligini 14 foizga oshirish, shuningdek resurslar etarliligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida barqaror passivlarning brutto passivlar hajmidagi salmogʼini 85 foizgacha etkazish zarurligi asoslab berilgan.
banklarning resurs bazasini mustahkamlash orqali valyutaviy kreditlarning valyutadagi aktivlar hajmidagi salmogʼini 57 foizga oshirish, tashqi savdoni moliyalashtirishda kontokorrent kreditlashni joriy etish va birinchi darajali regulyativ kapital etarliligini 85 foizgacha oshirish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining xo‘jalik yurituvchi subektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish orqali kompaniyalarning import to‘lovlari bo‘yicha amalga oshiriladigan to‘lovlarning miqdorini oshirish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining amaliyotiga joriy qilingan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 21 maydagi 02/1-3256/17-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zmilliybank" AJ tomonidan kompaniyalarning import to‘lovlari bo‘yicha ochilgan akkreditivlar summasi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 9,0 foizga oshgan;
tijorat banklarining valyutaviy majburiyatlari va valyutaviy aktivlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan ularning valyutaviy likvidlilik darajasini oshirish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining amaliyotiga joriy qilingan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 21 maydagi 02/1-3256/17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida TIF Milliy bankining valyutaviy aktivlari hajmida yuqori likvidli aktivlarning salmog‘i 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 1,2 foizli bandga oshgan;
tijorat banklarining hissali ishtirok shaklidagi moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish yo‘li bilan mijozlarning tashqi savdo faoliyatini banklarning investisiyalari hisobidan moliyalashtirish hajmini oshirish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining amaliyotiga joriy qilingan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 21 maydagi 02/1-3256/17-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida TIF Milliy bankida xorijiy valyutadagi hissali ishtirok shaklidagi moliyalashtirish hajmi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 9,9 foizga oshgan;
banklarning valyutaviy kreditlarning daromadliligi va riskliligi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan valyutaviy kreditlarning daromadliligini oshirish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining amaliyotiga joriy qilingan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 21 maydagi 02/1-3256/17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki kreditlarining daromadlilik darajasi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 1,4 foizli bandga oshgan.
banklarning resurs bazasini mustahkamlash yo‘li bilan valyutaviy kreditlarning valyutadagi aktivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining amaliyotiga joriy qilingan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2024 yil 21 maydagi 02/1-3256/17-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida TIF Milliy bankning xorijiy valyutadagi depozitlarining umumiy hajmida muddatli depozitlarning salmog‘i 21,2 foizli punktga oshgani holda, valyutaviy kreditlarning valyutaviy aktivlar hajmidagi salmog‘i 57,4 foizli punktni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish