Raxmonov Bekzod Sharibjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yashirin iqtisodiyotni ishsizlik darajasiga ta’sirining nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5314
Ilmiy rahbar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc03/2025.27.12.I.23.02
Rasmiy opponentlar: Mambetjanov Qaxramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Obilov Mirkomil Rashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Yashirin iqtisodiyotning ishsizlik darajasini pasaytiruvchi ta’siri mexanizmlarini takomillashtirish, ularni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish yuzasidan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “yashirin iqtisodiyot” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiyotning rasmiy tartibga solish qoidalarini qasddan yoki institutsional zaiflik natijasida cheklab o‘tadigan, makroiqtisodiy siyosat ta’sirini buzib ko‘rsatuvchi hamda raqamli platformalar, naqd pul aylanmasi va norasmiy tarmoqlar uyg‘unligida qayta shakllanuvchi ko‘p qirrali iqtisodiy munosabatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
inklyuziv rasmiy bandlikka asoslangan fiskal rag‘batlantirish modeliga ko‘ra, korxona tanlov funksiyasida faqat mehnat xarajati va soliq yuki emas, balki inklyuziv rasmiy bandlik koeffisientiga bog‘langan soliq imtiyozlarini ham endogenlashtirish orqali “inklyuziv rasmiy bandlik koeffisienti” (IFBK)ni joriy etish va uni korxonalar uchun soliq imtiyozlari bilan bog‘lash taklifi asoslangan;
kichik tadbirkorlik, institutsional iqtisodiyot va “yashirin kapital” konsepsiyalarini uyg‘unlashtirgan holda, migratsiyadan qaytgan shaxslar tomonidan to‘plangan inson kapitali va moliyaviy resurslarni norasmiy faoliyat emas, balki soddalashtirilgan soliq rejimi, alohida huquqiy maqom va “kompetensiya pasporti” orqali rasmiy mikrobiznes va kooperatsiya shakllariga konvertatsiya qilish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida ishsizlik darajasining yashirin iqtisodiyot darajasi ta’siri natijasida o‘zgarishi VAR ekonometrik modeli asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “yashirin iqtisodiyot” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiyotning rasmiy tartibga solish qoidalarini qasddan yoki institutsional zaiflik natijasida cheklab o‘tadigan, makroiqtisodiy siyosat ta’sirini buzib ko‘rsatuvchi hamda raqamli platformalar, naqd pul aylanmasi va norasmiy tarmoqlar uyg‘unligida qayta shakllanuvchi ko‘p qirrali iqtisodiy munosabatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi oliy o‘quv yurtlarining “Iqtisodiy nazariya” mutaxassisligi magistrlari uchun tavsiya etilgan “Global iqtisodiy rivojlanish” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 24 maydagi 150-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiyot nazariyasini ilmiy-nazariy jihatdan boyitishga hamda “Iqtisodiy nazariya” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrlar shuningdek, ilmiy tadqiqotchilarda “yashirin iqtisodiyot” kategoriyasining iqtisodiy mazmuniga oid bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishiga hissa qo‘shgan;
Inklyuziv rasmiy bandlikka asoslangan fiskal rag‘batlantirish modeliga ko‘ra, korxona tanlov funksiyasida faqat mehnat xarajati va soliq yuki emas, balki inklyuziv rasmiy bandlik koeffisientiga bog‘langan soliq imtiyozlarini ham endogenlashtirish orqali “inklyuziv rasmiy bandlik koeffisienti” (IFBK)ni joriy etish va uni korxonalar uchun soliq imtiyozlari bilan bog‘lash taklifi asoslangan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01/00-05/10-2243-sonli xati). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida respublikada inklyuziv rasmiy bandlik koeffisienti (IFBK)ni hisoblash va uni korxonalarga beriladigan soliq imtiyozlari bilan bog‘lash mexanizmi joriy etildi. Natijada rasmiy bandlikni, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bandligini kengaytirish korxonalar uchun iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirildi. Ushbu mexanizm norasmiy bandlikni qisqartirish, mehnat bozorida inklyuzivlikni oshirish hamda fiskal siyosatning manzilliligi va samaradorligini kuchaytirishga xizmat qildi;
Kichik tadbirkorlik, institutsional iqtisodiyot va “yashirin kapital” konsepsiyalarini uyg‘unlashtirgan holda, migratsiyadan qaytgan shaxslar tomonidan to‘plangan inson kapitali va moliyaviy resurslarni norasmiy faoliyat emas, balki soddalashtirilgan soliq rejimi, alohida huquqiy maqom va “kompetensiya pasporti” orqali rasmiy mikrobiznes va kooperatsiya shakllariga konvertatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 2023-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasi 95-bandida “Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan, ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish” orqali ishsizlikni kamayishi sababli uzoq muddatli dastur ishlab chiqish chora-tadbirini belgilashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01/00-05/10-2243-sonli xati). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, institutsional muhitni mustahkamlash va “yashirin kapital”ni rasmiy iqtisodiy aylanishga jalb etish o‘rtasida samarali integratsiyani ta’minlaydi. Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar tomonidan to‘plangan inson kapitali va moliyaviy resurslarni norasmiy faoliyatdan rasmiy mikrobiznes hamda kooperativ shakllarga yo‘naltirish imkoniyati kengayadi. Soddalashtirilgan soliq rejimi, alohida huquqiy maqom va “kompetensiya pasporti” mexanizmlarining joriy etilishi qaytgan migrantlarning iqtisodiy faolligini rasmiylashtirishga, institutsional to‘siqlarni kamaytirishga hamda hududiy bandlik va soliq bazasining kengayishiga xizmat qiladi;
Respublikada ishsizlik darajasining yashirin iqtisodiyot darajasi ta’siri natijasida o‘zgarishi VAR ekonometrik modeli asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01/00-05/10-2243-sonli xati). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uzoq muddatli istiqbolda yashiring iqtisodiyot natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ishsizlik holatlarini aniqlash siyosat va rivojlanish strategiyalarini optimallashtirish, shuningdek, past ishsizlik darajasini ta’minlovchi rasmiy iqtisodiy tizimlarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish