Buxarova Nigora Gazievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati uchun kadrlar tayyorlashning uzlyuksiz ta’lim jarayonidagi innovatsion yondashuvlar”, ixtisoslik shifri: 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2069 Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nazarova Ra’no Rustamovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD. 22/2025.27.12.I.02.01
Rasmiy opponentlar: Karimova Dildora Mirsabitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Xamidov Obidjon Xafizovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati uchun kadrlarni uzlyuksiz tayyorlash tizimida innovatsion yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “uzlyuksiz innovatsion ta’lim” tushunchasining mazmun-mohiyatiga doir ilmiy qarashlar, zamonaviy pedagogik usullar va global tendensiyalar tahlil qilinib, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzlyuksiz ta’lim jarayonida innovatsiyalarni samarali joriy etish nazariy-metodik jihatdan takomillashtirildi;
avtoregressiv taqsimlangan laglarga asoslangan ekonometrik model (ARDL) negizida 2030-yilgacha turizm sohasiga yo‘naltiriladigan investisiyalar hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular malakali bitiruvchilar oqimining tarmoqning investision jozibadorligi oshishiga uzoq muddatli ta’sirini miqdoriy baholash imkonini beradi;
turizm faoliyati uchun kadrlar tayyorlashning uzlyuksiz jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha muallif tavsiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular raqamli ta’lim texnologiyalari (VR/AR simulyasiyalari), dual ta’lim, loyiha asosida o‘qitish metodikasi (PBL) hamda analitik yondashuvlarni qo‘llashni nazarda tutadi;
turizm sohasida uzlyuksiz ta’limni samarali tartibga solish maqsadida boshqaruv organlari, akademik muhit hamda biznes tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan klaster yondashuvi shaklida innovatsion ta’lim komponenti taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi turizm sohasida kadrlar tayyorlashda uzlyuksiz ta’lim jarayonidagi innovatsion yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “uzlyuksiz ta’limdagi innovatsiyalar” tushunchasiga oid ilmiy qarashlar, usullar va zamonaviy tendensiyalar ta’lim muassasalari talabalari hamda bo‘lajak mutaxassislarning turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzlyuksiz ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirsh bo‘yicha nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tourism Product” darsligi tayyorlashda foydalanilgan (TDIU rektori tomonidan 2023-yil 23-iyulda tasdiqlangan № 228 - 81sonli Nashr guvohnomasi). Mazkur tushunchaning yangi mazmunda joriy etilishi ta’lim muassasalari talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarning turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzlyuksiz ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkoniyatini yaratadi;
ekonometrik modeli asosida 2030-yilgacha turizm sohasiga yo‘naltiriladigan investisiyalar hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (2025 yil 15 dekabrdagi №03-17/491-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Turizm sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda qo‘llanilib, turizmda kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladigan investisiyalar hajmining qisqa va uzoq muddatli dinamikasini aniqlash hamda kadrlar sonining investisiyalar hajmiga ta’sirini iqtisodiy jihatdan baholash imkonini yaratgan;
uzlyuksiz turizm ta’limiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan va ushbu takliflar asosida oliy ta’lim muassasalarida “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishida uch yillik ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash hamda o‘qitishning blok-modulli, dual shaklida turizm sohasi uchun mutahassislarni tayorlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-sonli “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-dekabrdagi №03-17/491-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida talabalarning kasbiy va malakaviy kompetensiyalarini oshirishga imkon yaratilgan va turizm sohaidagi kadrlar kamomadi muammosini bartaraf etish maqsadida joriy etilgan;
“boshqaruv organlari - akademik sektor (ilmiy va ta’lim muassasalari) - biznes tuzilmalari” jalb qilgan holda turizmda uzlyuksiz ta’limni tartibga solish uchun klaster yondashuvi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmonida nazarda tutilgan “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-dekabrdagi №03-17/491-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimi innovatsion, investision, ijtimoiy va xarajat omillari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bogʻliqligi ta’minlanib, turizm tashkilotlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish va ta’lim muassasalari bilan biznes tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkoniyati yaratilgan.