Xidirov Sherzod Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korxona raqobatbardoshligini oshirishda marketingning tovar strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1826.
Ilmiy rahbari: Akramov Toxir Abdiraxmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Tillaxodjaev Azizxon Aloxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Korxonalar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra marketingda “tovar strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’molchilarning maqsadli segmentlari uchun raqobatbardoshlikni oshirish, mahsulotning hayot siklini uzaytirishga qaratilgan innovatsiyalar, servis va barqarorlik elementlari bilan uygʻunlashtirilgan holda o‘ziga xos qiymat taklifini yaratish maqsadlarida amalga oshiriladigan xarakatlar majmui nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
mahalliy tikuv-trikotaj korxonalari uchun mahsulotlarni optimal assortiment portfelini iste’molchilarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondira oladigan ratsoonal, emotsional hamda ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladigan ergonomik xususiyatlarini maʼlum davr mobaynida saqlab qolishini nazarda tutgan xolda yaratish orqali raqobatbardoshligini oshirish asoslangan.
tikuv-trikotaj mahsulotlari raqobatbardosh ustunlikgini «sifat - xizmat - xususiyatlar - tashqi jozibadorlik» o‘lchovida mijozlar kutganiga javob beradigan tovar atributlarini yaratishga asoslangan assortimentni shakllantirish orqali oshirish asoslangan;
tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportida intensiv va ekstensiv marja qiymatlarini hisobga olgan holda diversifikatsiya darajasini intensiv va ekstensiv marja qiymatlarida “past” (0%≤Dp≤1%), “o‘rta” (2%≤Dp≤5%), “yuqori” (6%≤Dp≤10%), “diversifikatsiyalangan eksport (ekstensiv o‘sish)” (11%≤De) darajalarda baholash orqali srategik diversifikatsiyalash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxona raqobatbardoshligini oshirishda marketingning tovar strategiyasidan foydalanish boʼyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tovar strategiyasi” tushunchasining tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’molchilarning maqsadli segmentlari uchun raqobatbardoshlikni oshirish, mahsulotning hayot siklini uzaytirishga qaratilgan innovatsiyalar, servis va barqarorlik elementlari bilan uygʻunlashtirilgan holda o‘ziga xos qiymat taklifini yaratish maqsadlarida amalga oshiriladigan xarakatlar majmui jihatidan takomillashtirish yuzasidan nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Strategik marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rtyrojlantirish tadqiqotlari markazi ma’lumotnomasi (№01/01-01-38 sonli 2025-yil 05-sentyabrdagi)). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida talabalarda korxona raqobatbardoshligini ta’sir etuvchi marketing vositalari va strategik qarorlar tizimi jihatidan takomillashtirilgan “tovar strategiyasi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
mahalliy tikuv-trikotaj korxonalari uchun mahsulotlarni optimal assortiment portfelini iste’molchilarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondira oladigan ratsoonal, emotsional hamda ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladigan ergonomik xususiyatlarini maʼlum davr mobaynida saqlab qolishini nazarda tutgan xolda yaratish orqali raqobatbardoshligini oshirish yondashuv “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2774-son maʼlumotnomasi). Mazkur Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar faoliyatida CRM texnologiyasi joriy etilgan va mijozlar bilan ishlash samaradorligi 4,3 foizga oshgan;
tikuv-trikotaj mahsulotlari raqobatbardosh ustunlikgini “sifat - xizmat - xususiyatlar - tashqi jozibadorlik” o‘lchovida mijozlar kutganiga javob beradigan tovar atributlarini yaratishga asoslangan assortimentni shakllantirish orqali oshirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2774-son maʼlumotnomasi). Mazkur yangilik asosida O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarning biznes jarayonlarini, shu jumladan xaridlar, savdo maydonchalarini tashkil etish va mijozlar bilan aloqalarni boshqarishdagi sarf qilinayotgan xarajatlar 10,7 foizga kamaygan;
tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportida intensiv va ekstensiv marja qiymatlarini hisobga olgan holda diversifikatsiya darajasini intensiv va ekstensiv marja qiymatlarini hisobga olgan holda “past” (0%≤Dp≤1%), “o‘rta” (2%≤Dp≤5%), “yuqori” (6%≤Dp≤10%), “diversifikatsiyalangan eksport (ekstensiv o‘sish)” (11%≤De) darajalarda baholash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/06-2774-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida tikuv trikotaj korxonasining va 2024-yilda 2023-yilga nisbatan eksportni 14,5 foizga oshirishga hamda eksport geografiyasini kengaytirishga erishilgan.