Dusaliev Muysin Tura o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo xonliklari bilan o‘zaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tar2105
Ilmiy rahbar: Xudayqulov Tulqin Dustboboevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Qobulov Eshbolta Otamurodovich; tarix fanlari doktori, professor Xoliqova Rahbar Ergashevna.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo xonliklari bilan o‘zaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Qo‘qon xonligining Buxoro va Xiva xonliklari bilan o‘zaro siyosiy aloqalari tarixiy qo‘lyozmalar (xususan, Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi tarixiga bag‘ishlangan Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiyning “Tarixi jahonnamoyi”, Muhammad Hakimxonto‘raning “Muntaxab ut-tavorix” va Mirzo Olim Mahdum hojining “Tarixi Turkiston” kabi asarlar) va adabiyotlar, ekspedisiyalar va elchilik missiyalari materiallari hamda statistik to‘plamlardagi ma’lumotlar orqali tizimlashtirilib, xolisona va obektiv yondoshuv asosida  aniqlangan;
O‘rta Osiyo xonliklarining qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari qanchalik zarur va ahamiyatli bo‘lmasin, bu aloqalar ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda barqarorlik yo‘qligi tufayli tranzit savdo uchun yaxshi imkoniyatlar ochib bera olmaganligi, biroq shunday bo‘lsa-da, xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro savdo aloqalari davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlarda muhim rol o‘ynaganligi dalillangan;
XVIII – XIX asrlarda Qo‘qon xonligi ilmiy va madaniy markaz sifatida shakllanib, ayniqsa adabiyot, san’at va tarixnavislik sohalarida katta yutuqlarga erishganligi xonlikning O‘rta Osiyo xonliklari bilan madaniy aloqalari, jumladan, ilmiy va diniy markazlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarining kuchli ekanligi va madaniy almashinuvlarning ijtimoiy rivojlanish bilan birga diniy qarashlarning o‘zgarishiga ham sabab bo‘lganligi aniqlangan;
Qo‘qon xonligining, ayniqsa, Umarxon va Muhammadalixon davridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi rivojlanishi hamda xonlikning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalari ilmiy tahlil qilinganligi, xususan, uch xonlikning o‘zaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlari tarixini o‘rganishdagi yondashuvlarning XX asr tadqiqotlariga nisbatan mustaqillik yillari tadqiqotlarida, arxiv hujjatlari va manbalar asosida tarixiylik nuqtayi nazaridan aniqlik kiritilganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo xonliklari bilan o‘zaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini o‘rganish tarixini tadqiq etish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar asosida: 
Qo‘qon xonligining Buxoro va Xiva xonliklari bilan o‘zaro siyosiy aloqalari tarixiy qo‘lyozmalar (xususan, Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi tarixiga bag‘ishlangan Avaz Muhamad Attor Xo‘qandiyning “Tarixi jahonnamoyi”, Muhammad Hakimxonto‘raning “Muntaxab ut-tavorix” va Mirzo Olim Mahdum hojining “Tarixi Turkiston” kabi asarlar) va adabiyotlar, ekspedisiyalar va elchilik missiyalari materiallari hamda statistik to‘plamlardagi ma’lumotlar orqali tizimlashtirilib, xolisona va obektiv yondoshuv asosida aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 28-noyabrdagi 02-30-1227-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar keng xalq ommasining Qo‘qon xonligining mamlakatimiz tarixida davlatchiligimizning shakllanish jarayonida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi kabi nazariy-amaliy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi;
O‘rta Osiyo xonliklarining qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari qanchalik zarur va ahamiyatli bo‘lmasin, bu aloqalar ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda barqarorlik yo‘qligi tufayli tranzit savdo uchun yaxshi imkoniyatlar ochib bera olmaganligi, biroq shunday bo‘lsa-da, xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro savdo aloqalari davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlarda muhim rol o‘ynaganligi bo‘yicha ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradikanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 28-noyabrdagi 02-30-1227-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar Qo‘qon xonligining ijtimoiy-siyosiy tizimidagi ba’zi islohotlari bo‘yicha yangi ma’lumotlar olishga muvaffaq bo‘lishdi.  
XVIII – XIX asrlarda Qo‘qon xonligi ilmiy va madaniy markaz sifatida shakllanib, ayniqsa, adabiyot, san’at va tarixnavislik sohalarida katta yutuqlarga erishgan. Xonlikning O‘rta Osiyo xonliklari bilan madaniy aloqalari, jumladan, ilmiy va diniy markazlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarining kuchli ekanligi va madaniy almashinuvlarning ijtimoiy rivojlanish bilan birga diniy qarashlarning o‘zgarishiga ham sabab bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi faoliyatida qadimiy osori-atiqalar targ‘ibotida foydalanilmoqda (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024-yil 19-noyabrdagi № 01-47-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar ushbu xayriya jamoat fondi faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ularni rivojlantirishga xizmat qilgan.
Qo‘qon xonligining, ayniqsa, Umarxon va Muhammadalixon davridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi rivojlanishi hamda xonlikning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalari ilmiy tahlil qilingan. Xususan, uch xonlikning o‘zaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlari tarixini o‘rganishdagi yondashuvlarning XX asr tadqiqotlariga nisbatan mustaqillik yillari tadqiqotlarida, arxiv hujjatlari va manbalar asosida tarixiylik nuqtayi nazaridan aniqlik kiritilgan ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi faoliyatida qadimiy osori-atiqalar targ‘ibotida foydalanilmoqda (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024-yil 19-noyabrdagi № 01-47-son ma’lumotnomasi). Ushbu olingan natijalar xayriya jamoat fondi faoliyatining samaradorligini oshirish bilan birga undan davlat dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish