Primqulov Oybek Dilmurot o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Kvant hisoblash asosida ijtimoiy sektor faoliyati holatini baholashning mantiqiy-evristik model va algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6310
Ilmiy rahbar: Raximov Nodir Odilovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.03.
Rasmiy opponentlar: Akbaraliev Baxtiyorjon Bakirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’lumotlarni intellektual tahlillashning mantiqiy-evristik hamda kvant hisoblash yondashuvlariga asoslangan model va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tasodifiy qidiruv maydonini Monte Karlo usulidan foydalanib kambag‘allik darajasiga ta’sir etuvchi muhim xususiyatlar to‘plamini Grover algoritmi asosida tanlab olish algoritmi ishlab chiqilgan;
ko‘p o‘lchovli korrelyasiya tahlili yordamida xususiyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash hamda kvant tasodifiy o‘rmon usullari asosida kambag‘allik darajasini bashoratlash modeli ishlab chiqilgan;
Nystrom usulidan foydalanib  xususiyatlar fazosi yadro matrisasi o‘lchamini kamaytirish va kvant tasodifiy o‘rmon usuli asosida kambag‘allik darajasini bashoratlash algoritmi ishlab chiqilgan;
kvant hisoblash usuli bilan evristik qoidalarni integratsiyalash asosida qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi mantiqiy qoidalar to‘plamini shakllantirish  modeli  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan tadqiqot usullari va algoritmlari asosida tadiqiqot natijalari quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etilgan: 
Tadqiqotda ishlab chiqilgan kambag‘allik darajasiga ta’sir etuvchi informatsion xususiyatlar to‘plamini tanlab olish, kvant tasodifiy o‘rmon usuli asosida bashoratlash hamda kvant hisoblash tamoyillari bilan evristik qoidalardan foydalanib qaror qabul qilishga ko‘maklashishda mantiqiy qoidalar to‘plamini shakllantirish modellari, algoritmlari hamda dasturiy majmua asosida:
tasodifiy qidiruv maydonini kamaytirish yordamida samarali kombinatsiyalarni tanlashning Grover yondashuvi asosida informatsion xususiyatlar to‘plamini tanlab olishda ishlab chiqilgan algoritm Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi va Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 9-fevraldagi № 33-8/1107 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududga tegishli kambag‘allikka ta’sir etuvchi xususiyatlarni aniqlash jarayoni samaradorligini 11% ga oshirishga erishilgan;
yadro matrisasi o‘lchamini kamaytirishning Nystrom usuli va kvant tasodifiy o‘rmon asosida ishlab chiqilgan bashoratlash algoritmidan Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va Sharof Rashidov tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 9-fevraldagi № 33-8/1107 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy statistik usullar yordamida bashoratlar bilan  taqqoslanganda kambag‘allik darajasini bashoratlashda 11% ga yuqori aniqlik ko‘rsatgani qayd etildi.
qaror qabul qilishga ko‘maklashishda mantiqiy qoidalar to‘plamini shakllantirishning kvant hisoblash tamoyillari bilan evristik qoidalarga asoslangan holda ishlab chiqilgan model asosida Paxtakor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, Arnasoy  tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi va Baxmal tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 9-fevraldagi № 33-8/1107 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kambag‘allikni qisqartirishga yoʻnaltirilgan qarorlar samaradorligini 10% ga oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish