Eshonqulov Erali Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Multispektral sun’iy yo‘ldosh tasvirlarining fazoviy o‘lchamlarini oshirish algoritmlari”, 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5287.
Ilmiy rahbar: Radjabov Sobirjon Sattorovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.09.06 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Yakubov Sabir Xalmuradovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamaraufov Odil Abdixamitovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy yo‘ldosh qurilmalari orqali olingan multispektral tasvirlarga ishlov berish algoritmlari hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tasvirlarni keyingi tahlil qilishda ularning informativligini oshirishga qaratilgan, spektral komponentlarni almashtirish va YuV rang modelidan foydalanishga asoslangan multispektral tasvirlarning fazoviy o‘lchamini oshirish algoritmi ishlab chiqilgan;
qayta tiklangan va etalon ma’lumotlar o‘rtasidagi chetlanishlarni minimallashtirishga asoslangan, etalon tasvirlar mavjud bo‘lgan holatlar uchun multispektral tasvirlarning fazoviy o‘lchamini oshirish algoritmining parametrlarini optimallashtirish protsedurasi ishlab chiqilgan;
tasvir sifatini baholashning etalonsiz mezonlaridan foydalanishga asoslangan, etalon tasvirlar mavjud bo‘lmagan holatlar uchun multispektral tasvirlarning fazoviy o‘lchamini oshirish algoritmining parametrlarini optimallashtirish protsedurasi ishlab chiqilgan;
tasvirlarni keyingi tahlil qilishda ularning informativligini oshirishga qaratilgan, ma’lumotlarning spektral va fazoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda multispektral tasvirlardagi tumanni aniqlash va kamaytirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mavjud va taklif etilayotgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ishlov berish va tahlil qilish usullari hamda algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot negizida:
komponentlarni almashtirish va YuV rang modeli asosida multispektral tasvirlarning fazoviy o‘lchamini oshirish algoritmi, etalon tasvirlar mavjud yoki mavjud bo‘lmagan holatda multispektral tasvirlarning fazoviy o‘lchamini oshirish algoritmining parametrlarini optimallashtirish protseduralari, shuningdek, multispektral tasvirlarda tumanni aniqlash va olib tashlash algoritmidan foydalangan holda ishlab chiqilgan dasturiy majmua Erning masofadan zondlash ma’lumotlari asosida hududdagi o‘zgarishlarni monitoring qilish maqsadida O‘zdaverloyiha davlat ilmiy loyihalash institutining “Samvilerloyiha” Samarqand bo‘linmasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat hokimligining 2026-yil 4-martdagi 19-19/266-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish obektlar chegaralarini aniqlash xatoligini 0,16 metrga kamaytirishga imkon bergan;
komponentlarni almashtirish va YuV rang modeli asosida multispektral tasvirlarning fazoviy o‘lchamini oshirish algoritmi, etalon tasvirlar mavjud yoki mavjud bo‘lmagan holatda multispektral tasvirlarning fazoviy o‘lchamini oshirish algoritmining parametrlarini optimallashtirish protseduralari, shuningdek, multispektral tasvirlarda tumanni aniqlash va olib tashlash algoritmidan foydalangan holda ishlab chiqilgan dasturiy majmua qishloq xo‘jaligidagi ekin maydonlari konturlarini aniqlash maqsadida Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat hokimligining 2026-yil 4-martdagi 19-19/266-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish ekin maydonlari konturlarini aniqlashda noaniq chegaralarni aniqlash samaradorligini o‘rtacha 13%ga oshirish imkoniyatini bergan;
komponentlarni almashtirish va YuV rang modeli asosida multispektral tasvirlarning fazoviy o‘lchamini oshirish algoritmi, etalon tasvirlar mavjud yoki mavjud bo‘lmagan holatda multispektral tasvirlarning fazoviy o‘lchamini oshirish algoritmining parametrlarini optimallashtirish protseduralari, shuningdek, multispektral tasvirlarda tumanni aniqlash va olib tashlash algoritmidan foydalangan holda ishlab chiqilgan dasturiy majmua Samarqand viloyati chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat hokimligining 2026-yil 4-martdagi 19-19/266-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish hududdagi chiqindilarni aniqlash indeksini baholash aniqligini 10% ga oshirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish